JIN, SEHR VA FOLBINLAR
Yorqinjon qori hikoya qiladi:
Insonni adashtiruvchi kofir jin uch holatda uning ichiga kirib olishi mumkin ekan:
1. Gunohi kabira qilayotganda.
2. Qattiq xafa bo’lganda.
3. Qattiq xursand bo’lganda.
Gunohi kabira qilayotgan paytda kirib olgan kofir jin insonni o’sha gunoh bilan butkul zalolatga uchratishni reja qiladi. Inson o’zini bu gunohdan saqlashga urinsa-da, jin vasavasa qilib, o’sha gunohi kabirani qildiraveradi.
Inson qattiq xafa bo’lganda, taqdirdan malomat qilib, Allohni esdan chiqaradi. Qattiq xursand bo’lganda ham Allohni unutadi. Shu holatda insonga jin kirib olishi mumkin.
Jinning vasvasalaridan qutulish uchun Qur’on o’qib uni chiqarib yuborish o’rniga, odamlar darhol folbinga yuguradilar. Folbinning ham ichida jin borligi uchun, bemorning ichidagi jin bilan muloqot qiladi. Kofir jin esa insonni zalolat botqog’iga yana-da cho’ktirish maqsadida, uning nomiga qurbonlik so’ysa, o’sha odamdan chiqishini aytadi. Folbin esa jinning talabi bitta tovuq yoki qo’yni qurbon qilish ekanini yetkazadi. So’ng inson jinning nomini aytib qurbonlik qiladi. Tanasidan jin chiqib ketganidan yengillab, folbinga ixlosi oshadi. Bu bilan u ikkita gunohi kabira qilib, iymonidan ajraladi: birinchidan, folbinni tasdiqlagani uchun, ikkinchidan Allohdan o’zgaga atab qurbonlik so’ygani uchun.
Jin esa bundan so’ng ham tinch turmaydi. Folbinga borib, o’sha odamni o’ziga yana bog’lab berishini talab qiladi. Ixlosi tushgan "œbemor"ga folchi "œshu vazifani olmasangiz bo’lmaydi", deb uqtiradi. Natijada yana yangi folbin paydo bo’ladi.