
Mail.ru dan kim qanday foydalanyabdi (yohud atrofimizdagilar)
Bismillohir rahmonir rahiym. Rasulolloh s.a.v "Har bir erkak va ayol ilm olishi farzdir" degan ekanlar. Ilm Taraqqiyot negizidir. Zamonamizning taraqqiy topishida ilmning urni katta albatta. Albatta Islom taraqqiyotga qarshimas, agar undan tug'ri va oqilona foydalanilsa. XXI asrga kelib, ilm, fan va texnika rivoj topib hayotimizga hohlaymizmi yuqmi komputer, internet degan vositalar kirib kela boshladi. Biz bulardan qanday foydalanyabmizu, qanday uzimizga kerakli biror yahshi narsani urganyabmiz? Hammamizga ma'lum internet olamida "mail.ru", uzbekcha tarjima qilib aytadigan bulsak "milliy pochta hizmati" degan tarmoq bor. Bu tarmoqdan har kim turlicha foydalanadi, kimdir uziga kerakli narsa bilan mashg'ul bulsa kimdir qandaydir bemani narsalar bilan ovora!
Men "mail.ru"ga a'zo bulgan kezlarimda menga "znakomstva", "noch v klube", hullas shunga uhshash bir qator "soobshestva" larni "reklama" qilar edi... Hozir bulsa "Qiyomat", "Iymon", "Ohirat havo yullari", "Ibratli kelin fazilatlari", va shunga uhshash bir qator ajoyib loyihalarga "da'vat" qilmoqda! Hush, bu gaplarni aytishimdan maqsad nima? atrofimizda bitta shu tarmoqdan ham yahshi, ham yomon foydalanadigan odamlarning borligi! Bu kabi qiyomat, tarbiya va din haqidagi loyihalarni tashkil qilayotgan birodarlarimizdan yaratgan egam ALLOH rozi bulsin! Mana shunaqa bir biridan ajoyib, a'zo bulib, u yerdagi maqolalarni uqigan odamga ibrat buladigan soobshestvalarni kupaytirsak naqadar yahshi? Islom haqida ilmi bulmagan, tarbiya ostonasini hatlab utmagan, ertalabdan kechgacha ibodatga boy vaqtini internet cafelarda utkizadigan tengdoshlarimiz uzlariga loaqal bitta yahshi gapni olsa kerak?
Yaqinda mail.ru ni miri "dunyosi" ni aylanib bir tengdosh qizimizni a'zo bulgan soobshestvalari orasida "Shohruh-olis orzu" nomli loyiha borligini kurib avvaliga hayron buldim! Bu loyihaga tashrif buyursam u yerda shunday gaplar yozilgan edi: "Hurmatli uzbek rep qirolining fanat va fanatkalari kelinglar SHOX ga ovoz beramiz uni qullab quvatlimiz kuklarga kutaramiz ...va h.k" Beihtiyor qulog'im ostida Ulug'bek qori akamizning: "Micheal Jaksonni nechta xotini borligini bilasan, Payg'ambaring (s.a.v) haqida nega bilmisan?" degan gaplari jarang socha boshladi! Ushanda u kishining nega bunday "ko'cha" tilida gapirganiga hayron bulgan bulsam, hozir bu gaplar naqadar to'g'ri ekanligiga amin bulgan edim! Darhaqiqat Payg'ambarimiz (s.a.v.) haqida qanchalik bilamiz? Usha fanat va fanatkalarga uzlarini rap tili bilan etadigan bulsam:
Bidir bidir bidir, holiyam hozir
Nima kamchiliging bormi?
Shoxruhni tanishdan oldin,
Payg'ambaring haqida bilishing keremasmidi?
Asabimga tegma, hozir san bilan gaplashgani umuman holim yuq...
Olis "orzu"! Qiziq?! Qanchalik olis? Konsert berganda Istiqlol saroyiga boring ushetda kuras, bulmasa Tarona studiyasiga borsangiz ushetda ham bor! Rosa u taraflarga uta olmasangiz bitta telefon qilib menedjeri bilan gaplashingda, etgan pulini bering, uyingizga kelib ertalabdan kechgacha qushiq aytib raqsga tushib beradi! Naqadar olis-a?! 5km yoki undan ham yaqinroq! Usha sizlar tasavvur qilayotgan olis orzu (uni orzu deb atab bulmas) qanchalik yaqin, siz yaqin deb uylagan ibodat sizdan qanchalik olislashib ketayotganligini tasavvur qilyabsizmi? Ostidan anhorlar oqib turuvchi bog'lari bor, ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o'zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr-sharobli anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor Jannatni orzu qiling! Yaratgan egam ALLOHning nurli jamoliga nazar solmog'likni orzu qiling birodarlar!
Eng dahshatlisi va achinarlisi bu soobshestvani tashkilotchisi (sozdatel) "fanatka" ekanligida edi! Erta indin, qaysidir oilada kimningdir suyukli rafiqasi buladigan, qizlarimiz orasida bunday fanatkalardan ibratli kelin chiqishiga kim kafolat beradi? Nahot ular homiladorlik vaqtida, qornidagi tug'ilajak farzandiga Qur'oni Karim oyatlaridan tilovat qilib berish urniga Rap qushiqlardan hirgoyi qilib bersa?! Astg'firulloh! Ana unda tug'ilajak gudakni kelajakdagi hayotini tasavvur qilavering! Men bu gapim bilan kimningdir shahsiyatiga tegmoqchi emasman. Lekin oramizdagi qizlar ichida shunday "fanatkalar"ni kupayib ketayotganligi achchiq bulsa haqiqat! Hozirgi kunda tez-tez uchrayotgan yosh oilaladagi kelin bilan kuyovning ajralib ketishiga, oila deb atalmish muqaddas koshonaning parokandaga yuz tutishiga, tengdoshlarimizning manashunday notog'ri muhitda tarbiya topayotganligiyu, shunaqangi bemani soobshestvalarni kupayib ketayotganligi sabab bulmayabdimi? Bunday soobshestvalar bittamas kup! Nahot ular hayotni usha qushiqchilarni klipidaqa deb uylashsa? Ahir usha klipda ham qiz kimgadir hiyonat qilgan, yigit qizni tashlab ketganku? Ular bu kliplardan uzlariga qanday ibrat qidirishmoqda?
Donishmandlardan biri:
"Illat izlaganga, illatdur dunyo,
G'urbat izlaganga, g'urbatdur dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo.." degan ekan. Darhaqiqat biz hozirgi hayotimizda qanchlik hikmat, ibrat va hidoyat izlayapmiz va bu izlaganlarimizga qanchalik erishyabmiz? Erishganlarimiz yulida qanchalik amal qilyabmiz? Kelinglar, hayotga boshqacha, teran ko'z bilan boqaylik!
Hurmatli qalbida iymoni kuchli, mo'min birodarlar, dinimiz Islomni to'g'ri tushunadigan va shariat ilmlaridan habardor bulgan oka ukalar va opa singillar! Yuqorida nomlari tilga olingan diniy va tarbiyaviy ibrat buladigan soobshestvalarni kupaytirishda davom etaylik, yaratgan egam ALLOH uchun! Zero ALLOH Uzi yulida qilayotgan ishlarimizga va yahshi amallarimizga ko'pdan ko'p ajru savoblar ato etsin, va bu yulda bizlarni sobitqadam aylasin! Mehribon va Rahmdil ALLOHdan suraylikkim, bu loyihalarga a'zo buladigan birodarlarimiz qalblarini hidoyat nurlari bilan yoritsin!
Yaratgan egam ALLOHdan barchamizga kuchli iymon, qalblarimizni iymon va mehr-muhabbat nurlari bilan tuldirishligini, basirat ko'zlarimizni esa hidoyat nuri bilan ochishligini surab qolaman! Duolaringizda bizni ham qushib duo qiling. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu! Shohruh Mirzo.