Bugungi kun mulohazalari  ( 1405779 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 296 B


Arbuzchi  15 Noyabr 2009, 21:23:18

Bugun nikoh to'yimizga roppa rosa bir yil bo'ldi : )

15 chi noyabr' 2008....
Bugun bir manti qilin, forumda uzo qopketmasdan... ;D
Har holda bunaqa sanala yilda bir marta keladi... :1
Turk mantisini o'rniga o'zbeyni, shapalodey shapalodey mantisini qiganiz afzal. A to turk mantisi bizani chuchvaramizni chuchvarasidan ham kichkinadir. Yegandey bo'miydi odam... :D
Mantidan boshqa, kuyovbolani yoqtirgan taomini qiseyzam bo'luradu a tak. Glavniysi ulaga yoqsa bo'gani... :1

Qayd etilgan


Abu Muso  15 Noyabr 2009, 21:27:45

Bugun nikoh to'yimizga roppa rosa bir yil bo'ldi : )

15 chi noyabr' 2008....
:as:
Bu postni, "Birinchi marta yoki birinchi...." mavzusida
ham qoldirsa bo'lar ekan ...  : )

Qayd etilgan


Ansora  15 Noyabr 2009, 21:28:53

Ho'jayinim kecha navbatida....Bechoragina istamay-istamay ketdi...

Joni sog' bo'lsin, Allohga omonat....

Bizni ovqatlarni juda yaxshi ko'rishadi. Qurbonda ularga bir dunyo o'zimizni ovqatlardan qilaman inshalloh, deb kutib o'tiribman : )

Qayd etilgan


Arbuzchi  15 Noyabr 2009, 21:41:18

Ho'jayniz bahtizga sog' bo'sinla... Qo'shganlari bilan qo'sha qarib, uvali juvali bo'p ketsinla...
Shu diseyla mandayam bir tushuncha borde.
Qizlarimdan bittasini shu turklaga berish niyatim bor. Turkladey hotinini hurmat qiladigan, boshida olib yuradigan millatni hali ko'rganim yo'... :)
Tak chto erga tegmagan forum qizlariga nasihat.
Mabodo turkladan namozhon, topish tutishi yaxshi bo'gandan birisi, eshigiylani taqillatib kep qosa, bo'y basti, yuz tuzilishiga qaramasdan, teyib ketuvriyla. Hudo hohlasa adashmiysila.... :D

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Noyabr 2009, 21:56:11

Tabriklayman...

Manga ham shunday yozish nasib qilsin...

Omin!.........................................................   deb qo'shilganlarga ham :)

Omin!.........................................................    : )

Qayd etilgan


Nurzoda  15 Noyabr 2009, 23:51:32

Opajon ilohim qo'sha qarib baxtli bo'ling ilohim 50 yillik oltin to'ylani nishonlash nasib qisin umryo'ldoshiz b-n bir umrga birga bo'lishlikni Ollohimni o'zi nasib aylasin. =) ko'p farzandlani ota onasi b-n baxti kamolini ko'rish nasib qisin =)

Qayd etilgan


Ansora  15 Noyabr 2009, 23:55:17

Alloh barcha uylangan, turmushga chiqqan Mo'min-Musulmonlarni oilalariga, ularni qatorida bizlarga ham İslom yo'lidagi namunali oila bo'lib yashashni nasib qilsin insholloh.

Endi to'yi bo'ladigan barcha a'zolarimizga ham (eng kamida bizday) bizdan ham  baxtli bo'lishlarini Yaratgandan tilab qolaman.


Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2009, 14:32:29

Bugun ko'chani narigi betidagi faqat tuxum (optom) sotiladigan magazinga bordim. Odatda boshqa joydan olar edik, lekin katta marketda birdaniga tuxumni narhi ancha oshibdi. Balki yonimizdagi do'konda haliyam narh o'sha-o'hsadir, deb ataylab u yerga bordim. Ular ham narhni ortirishibdi : ) Lekin marktedagiday emas. Sababi esa qish kelgani emish. Hammasi bahona, hamma narsani narhi oshdi, tuxumchilar ham darrov ortirishdi tabiiy holda : )
Nonni esa qo'shni binoning 1 chi qavatidagi do'kondan oldim. Buni ham qaynotamdan o'rgandim. U kishi yaqinimdagi do'konda bor narsani (agar narhi ko'p farq qilmasa) uzoqdan olgani or qilaman, derdilar. Sababi, do'kon sohibi ko'rib qolsa hafa bo'ladi....Nonni narhi asosan bir hil.

Qo'limda 1 korobka (30 dona) tuxumni ko'rib do'kon egasi darrov "uzr qanchaga oldingiz", deb so'radi. Men ham narhini aytdim. U bo'lsa darrov, "siz qanday marka olganingizni bilasizmi", dedi. Men ham "ha bilaman, bu markani 3-4 yildan beri bilaman", dedim. Sohiblari dindor insonlar ekanligini eshitgandim chunki. Agar men tanimayman, desam yana ham yomonlashga tayyor edi...
Do'kon sohibi esa,  javobimdan mamnun qolmadi, chunki o'zi ham boshqa markaning tuxumini sotar ekan. "Sizga bu tuxumdan 2 dona olib ishlatib ko'rishingizni tavsiya qilaman", dedi. Uning narhi yana ham baland edi.
Bu tur tijoratchilarni hech tushunmayman. O'zini molini sotish uchun illo boshqa molni yomonlaydiganlarni!

Meni ham odatim shu, agar mol sotmoqchi bo'lgan odam raqibini molini yomonlay boshladimi, agar olgan molim sifatsiz bo'lsa ham uning moliga qayrilib qaramayman.


Shu o'rinda ma'ruzalardan birida eshitgan bir voqea esimga tushib ketdi.
Bir do'kon sohibi, qarshisidagi do'kon sohibi ertalabdan beri hech narsa sotmadi, deb haridorni uning do'koniga jo'natadi.....

Bunday halol tijoratda barakat ham bo'ladi albatta....

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Noyabr 2009, 18:26:04

 :as:

Bugun bir xabar eshitdim. Rosti ancha oldin eshitgandim bu xabarni, Alloh saqlasin degandim.
Bundan bir oy oldin, bizga fizikadan dars bergan ustozimizni vafot etganini eshitdim. U kishi juda qattiqqo'l ustoz va ota edilar. Qattiqqo'llik bilan farzandlariga juda go'zal tarbiya bergandila. 6-7ta farzandlari ichida hech biri yomon degan nom olmagandi. Lekin u kishini juda qattiqqo'l, qo'pol inson sifatida gapirishardi. Shu kishini vafotlari haqida onam yig'lab gapirdila:"Andijonga kursdoshlar yig'ilishiga borgan ekanla. O'sha yerda tahoratxonada yiqilib tushib, jonlari uzilibdi. Ehhh, kimga ajal qayerda kelishini bilmaysanda..." dedila.
Alloh rahmat qilsin va Alloh saqlasin dedim.
Bugun esa bu voqeani haqiqatini eshitganimdan keyin esa Alloh hammamizga ham nasib qilsin dedim.
Xullas, bu ustozimiz Andijonga borib, tahoratxonada yiqilib tuhibdila. U kishini bir oyoqlari yo'q edi. Shunga qiynalagn bo'lsalar kerak. Yiqilib tushganlaridan keyin og'aynilari, doktor chaqiraylikmi, deyishsa, yo'q men yaxshiman debdilada, peshin namozi uchun o'sha joydagi masjidga chqiishibdi. Hamma og'aynilari bilan. Masjidda esa, namozni oxiriga yaqinlashganda, sajdaga borganlarida ustozimiz omonatlarini topshiribdila. SubhanaAlloh!!!
Buni eshitib ko'zimdan yosh chiqib ketdi.
Alloh rahmat qilsin va hammamizga ham nasib qilsin, shunday go'zal o'lim, dedim....

Qayd etilgan


Abu Muso  21 Noyabr 2009, 18:37:34

 :as:

 :ms:  :ms:  :ms:
Hammamizga ham shunaqa oqibat nasib qilsin! Amiyn.

Qayd etilgan