Bugungi kun mulohazalari  ( 1482047 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 296 B


Hadija  24 Noyabr 2009, 14:23:29

:as:

 :ms:  :ms:  :ms:
Hammamizga ham shunaqa oqibat nasib qilsin! Amiyn.
:amn:

Ayrim insonlarga hayron qolaman, huddi bugungi kuni uchun yahsayotgandek, hech o'lmaydigandek, ular uchun qiyomat bo'lmaydigandek gapirishadi va shu gaplarida amal qilishadi...
O'ylab qolaman, o'tayotgan har bir daqiqalari qaytarilmas va o'limga yetaklayotganlarini sezisharmikin...

Bir muslima birodarimizning onalari ehh qizim, hijob hijob diysan, yosh bo'lsang yasha, o'yna kul, tengdoshlaring qatori yasha nima bu yoshliging sanga yana qaytadimi, ulgurasanda o'sha kampircha kiyimningga... Hali shunday afsus qilasan hijob deb gapirayotganingga lekin unda san uchun kech bo'lishi mumkin...
Dugonam javoban, ha onajon umr soatlarim qachon boshlanib tugashi sizga ayon bo'lganmidi bunchalik ulgurishim haqida gapiryapsiz...

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 17:45:26

Bugun kunim negadir boshqacha boshlandi juda ham juda ham ko`p uxladim - 12 soat - daxshat. darsga borib qaytishda bir tashkilot bilan shartnoma tuzdim va yurtga ketish uchun payshanba kuniga bilet oldim, lekin negadir unchalik kayfiyatim yo`q, do`stim xayolimdan ketmayapti (Olloh rahmatiga olsin).

Qayd etilgan


Abu Muso  24 Noyabr 2009, 20:44:02

 :as:
Inna lillahi va inna ilayhi roji'uvn.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Noyabr 2009, 15:38:12

:as:
  Bir kuni ishxonadan chiqib uyga avtobusda ketgim kelmadi. Og'ir ish kuni va charchaganim uchun bir oz ko'chada aylangim keldi. Uyga yaqin va to'ppa-to'g'ri yo'ldan ketsam ham bo'lardi-ku, negadir uzoq yo'ldan yurgim keldi. Toshkent chiroyli shahar. Ayniqsa tunda chiroqlar shulasi bilan yanada chiroyli bo'lib ketadi. Toza havo va chiroyli manzaralar kayfiyatimni ko'tardi.
  Lekin bu kayfiyat uzoqqa cho'zilmadi. Yo'limdan sevishganlar chiqa boshladi. To'g'ri yursayam mayli edi, kamida qo'l ushlashvogan. Kayfiyat manfiy tomonga o'zgara boshladi. Avvaliga har 100 metrda uchratsam keyin bu masofa 50 metr, 20 metr qisqardi. Oxiri fig'onim falakka chiqa boshladi. O'zimcha qizni basharasiga qarab qo'yaman kelajakda adashmaslik uchun [Allohni o'zi adashtirmasin].

Qayd etilgan


imlaah  26 Noyabr 2009, 15:50:55

Bu kun Iyd al Adhaga tayyorgarlik. Birodarimni oilasidagi ibratli voqea meni tasirlantirdi sizlarga ham baham ko'rishni istadim:
"Kichkintoylarni hursand qilish maqsadi bilan turmush o'rtog'im bilan kichik syurpriz qilmoqchi bo'ldik :) Allahni inoyati bilan bir necha marta kuzatganimiz bolalar uchun hayitlik tuhfasiga ajratilgan mablag'imiz Ramazon hayitidagidan ko'ra Qurbon hayitida kamroq bo'ladi.Ayni holat bu gal ham takrorlandi.:) Biz bolalarga,  Qurbonlik so'ysak sizlarga juda kam hayitlik pul ajratar ekanmiz.Ammo bizni holatimizda so'ymasak malomat qilinmaymiz.Mablag'imizni boriga qurbonlik uchun qo'y olib sizlarga arzimagan hayitlik beraylikmi yoki qurbonlik so'ymay sizlarga hayitlikni ramazon hayitidagi kabi chiroyli o'tab qo'yaylikmi deb savol berdik.Alhamdulillah,farzandlarim hayitlikka ko'p pul berishlik sunnatdan emas.Qurbonlik so'yishlik asl sunnatdan.Qurbonlik so'yamiz deb aytishdi.Juda hursandman"
Dugonamning so'zlarini eshitib bolajonlarni nafslarini tiya olganlaridan mashaallahdan boshqa gapga tilim aylanmadi.
Ayd al Adha barchamizga muborak bo'lsin aziz birodarlar.Allah bu kundagi ibodatlarimizni bizlardan qabul qilsin.

Qayd etilgan


Robiya  26 Noyabr 2009, 15:58:01

BILINMAS

Maxtumquli

Dardim bordir diyorimdan, davrimdan,
Xayr qaysi-yu, ehson qaysi bilinmas.
Zolimlarning jafosidan, jabridan,
Islom qaysi, imon qaysi bilinmas.

Suhbatlarda Haq kalomin aytar yo’q,
Majlisida bir nasihat qilar yo’q,
Halol qaysi, harom qaysi, bilar yo’q,
Foyda qaysi,ziyon qaysi, bilinmas!

Xaloyiqda ibrat ham yo’q, ko’rim yo’q,
Boylarida saxovat yo’q, berim yo’q,
Ayolida or, qizida sharm yo’q,
Odob qaysi, arkon qaysi bilinmas!

Kishining moliga ko’zin ildirar,
Tassubda dilga gina to’ldirar,
Bir — birini nohaq yerda o’ldirar,
Najot qaysi, omon qaysi, bilinmas!

Maxtumquli, jon mehmondir, tana — losh, (jonsiz tana)
Yaxshiga do’st ko’pu yomon beqardosh,
Bu ayyomda bosh oyoqdir, oyoq — bosh,
Yaxshi qaysi, yomon qaysi, bilinmas!


Qayd etilgan


Ansora  04 Dekabr 2009, 13:12:17

Kecha kechki ovqat bahonasi bilan qaynotam va qaynonamlarni ziyorat etdik. Dasturxon to’planar ekan, qaynonam "œDadangni bir o’quvchisi Arafa kuni vafot etibdi", deb qoldilar. Yuragim shuv etib ketdi. Qaynotam bu yil 1 chi sinflarni oldilar, boshlang’ich sinflarga dars beradilar. Qaynotamga qaradim shoshib-pishib, dadamning ko’zlari yoshga to’ldi"¦"Haa, dedilar, eng yaxshi ko’rgan o’quvchilarimdan biri edi Gulnido".
Ma’lum bo’lishicha, Gulnidoni buva-buvilari xozirgi uylaridan 2-3 soat uzoqda o’tirishar ekan. Arafa kuni oila a’zolari: Dadasi, onasi, opasi (3 chi sinfda o’qir ekan), Gulnido va 4 yoshli ukasi qarindoshlarini yoniga Bayramni o’tkazishga boraylik, deyishibdi. Taksi gaplashishibdi. Yo’lda ketishar ekan, taksist uhlab qolibdi, yo’lovchilar uni ogohlantirishibdi lekin qarshi tarafdagi yo’lga kirib bo’lgani uchun Gulnidolarning minibusi qarshidan kelayotgan Kamazning tagida qolibdi"¦
Avtohalokatda Gulnido, endigina 30 yoshda bo’lgan onasi vafot etishibdi. Dadasi qattiq jarohatlanibdi. Ukasi va opasining qo’llari va yelkalari qattiq lat yebdi"¦
Qaynotam Gulnidolarni uylariga ko’ngil so’ragani borib, yuraklari ezilib qaytibdilar. Endigina 4 yoshda bo’lgan ukasi hech narsadan xabarsiz uyda o’ynab yurgan ekan. Gulnidoga juda o’hshar ekan, deb yana ko’zlariga yosh olibdilar"¦
Gulnido dedilar, O’qituvchilar kunida menga atirgul sovg’a qilgan qizlarimdan biri edi. 24 Noyabr Turkiyada "œO’qituvchilar Bayrami". Qaynotamga o’quvchilari mittigina yuraklari bilan, qo’lchalari bilan turli hil sovg’alar tayyorlabdilar. Gulnido ham (Alloh rahmat aylasin) biri qizil, biri pushti 2 dona atirgulni bir-biriga bog’labdi chiroyli rangli ip bilan va yozgan she’rini gulga bog’labdi... Ma’nosi quyidagicha:

"œMuallimim, men bir gulman,
Meni shafqatingiz-muhabbatingiz bilan sug’oring""¦.

Qaynotam men gullarni juda yaxshi ko’raman, deb ularga hadiya etilgan butun atirgullarni "œsen ol qizim bularni", deb menga bergandilar"¦
Uyga kelgach, Gulnidoni bergan atirgullariga qarashga kuchim yetmadi"¦

Bu Ulug’-ayyom kunda Allohning huzuriga qovushgan mitti farishta Gulnido va onasi uchun duo qilishlaringizni iltimos qilaman azizlar"¦

Rabbim barcha Mo’min-Musulmonlar qatorida hammamizni panohida asrasin inshalloh"¦

Qayd etilgan


registan  04 Dekabr 2009, 14:10:06

Amiyn!

Inna Lillahi va Inna Ilayhi Rojiun.

Yoshligida vafot etgan bolalarga qiyomatda "Jannatga kiringlar!" deb nido qilinganda, "Biz ota-onamizsiz hech qayoqqa bormaymiz." deyisharkan.

Gulnidoning yaqinlariga bizning ham taziyamizni yetkazib qo'ying.

Qayd etilgan


ORIF  08 Dekabr 2009, 20:48:54

Assalomu Alaykum barchaga.

Kecha boshqa bir forumdagi forumdoshimiz "Dunyodagi eng katta krest arab dunyosida"ligi haqida gapirib qoldi. Va buni INETdan izlab topdim.
Va, shu dindagilarning hamma amallarida o`zlarining idealogiyalari yashirin bo`lishligiga yana ham amin bo`ldim.



http://www.zimaa.com/zimaa/burjularab.htm
http://www.sudanesethinker.com/2007/02/08/burj-al-arab-the-biggest-christian-cross-in-the-muslim-world/

Ps: Agar bu haqdagi ma'lumot forumda takrorlanayatgan bo`lsa uzr.

Qayd etilgan


lolo  10 Dekabr 2009, 08:26:30

Bu krest emas menimcha. Tasodifan shunga o'xshab qolgan. Hamma narsani yomonlikka yo'yvurmaslik kerak. Odatda mehmonxonalar tomi vertalet uchun mo'ljallanadi. Bu bino loyihasida tomi tekist bo'lmaganligi bois uning yuqorisiga gorizontal tekislik o'rnatilishi rejalashtirilgan. Yuqoriga ketgan vertikal chiziq esa hamma katta binolarga zarurligi kabi bunga ham zarur.

Qayd etilgan