Bugungi kun mulohazalari  ( 1483647 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 296 B


Abdumuhaymin  10 Dekabr 2009, 09:25:19

Bu krest emas menimcha. Tasodifan shunga o'xshab qolgan. Hamma narsani yomonlikka yo'yvurmaslik kerak. Odatda mehmonxonalar tomi vertalet uchun mo'ljallanadi. Bu bino loyihasida tomi tekist bo'lmaganligi bois uning yuqorisiga gorizontal tekislik o'rnatilishi rejalashtirilgan. Yuqoriga ketgan vertikal chiziq esa hamma katta binolarga zarurligi kabi bunga ham zarur.
Albatta fitna odamlani palit tomoni, aqli javop hammasidan ustun...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Dekabr 2009, 09:33:13

Bugungi kun. Biz bugungi kunni juda boshqacha bo'lishini xohlardik. Yoshlarimiz juda bilimli, har bir sohada o'zini ko'rsata oladigan va men har doim birinchi bo'lishim kerak (ilm olishda) deydigan yosh yigit va qizlarni ko'rishni xohlardik. Afsuski bunday yoshlarimiz juda ham kam. Ba'zida kelajak yoshler qo'lida degan gaplar bo'ladi bu gaplar qanchalik o'z tasdig'ini toparkana deb o'ylab qolasan kishi...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Dekabr 2009, 13:39:14

Darhaqiqat, biz bugunni juda boshqacha bölishini istardik. Yangi toliblar ustozlar izidan yurgan, mujtahid ulamolar qolib, kecha diynni örganishni boshlaganni etagidan tutmaydigan. Xaqqa yetishishga oson yöl mazhab turganda, uni inkor qilib, köp gapirmaydigan yoshlarga muhtojmiz... Ayni shu va shunga öxshash mulohazalarni bir-ikki birodarlar bilan fikr almashib, kichkinagina ish boshlamoqchimiz. Birodarlar duo qilib turinglar, inshaAlloh tez orada "mazhab uzi nima", "unga ergashish nima degani", "bemazhablik-chi" kabi savollarga javob topamiz. InshaAlloh mazhabboshi imomlarning hayot faoliyatlari, tarjimai hollari bilan tanishamiz.   

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 13:41:41

8 chi dekabrda Turkiyaning Tokat viloyatida joylashgan askariy birlikdan odatdagiday boshqa birlikka qarab ketayotgan askar mashinasiga terroristlar tarafidan hujum uyushtirildi va natijada 7 askar shahid etildi....3 askar esa og'ir yaralangan.

Bu voqea butun Turkiya xalqini motamga bo'g'di....

Kecha askarlardan birining uyini ko'rsatishdi. Juda faqirlar. Yashayotgan uylarida hech bir tayinli buyum yo'q, hamma yoq betondan iborat edi.

Askar o'g'illari esa askarda ularga kamchiliklari uchun berilgan 100 Lira, (70 dollar atrofida) pulni bir tiyiniga ham tegmay faqir oilasiga jo'natayotgan ekan...

U askar endi shahid...

Shahidlarimizga Allohdan rahmat, Oilalariga esa sabr tilayman....

Qayd etilgan


Shokir63  13 Dekabr 2009, 03:11:38

Bugungi kun. Biz bugungi kunni juda boshqacha bo'lishini xohlardik. Yoshlarimiz juda bilimli, har bir sohada o'zini ko'rsata oladigan va men har doim birinchi bo'lishim kerak (ilm olishda) deydigan yosh yigit va qizlarni ko'rishni xohlardik. Afsuski bunday yoshlarimiz juda ham kam. Ba'zida kelajak yoshler qo'lida degan gaplar bo'ladi bu gaplar qanchalik o'z tasdig'ini toparkana deb o'ylab qolasan kishi...

Koshki yoshlar siz aytgandek ilmga intilishsa, millitimizga ega chiqib, uning kelajagi uchun qayg'ursa, duolar qilsa, qo'lidan kelguncha mehnat qilsa.

Keajak yoshlar qo'lida, bu haq gap. Yoshlar ilmli bo'lsada ilmsiz bo'lsada kelajak ularniki, uning sifati hozir shakllanyapti.

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 17:59:18

Bugun dugonamdan kelgan mail menga juda ma’noli keldi. Sizlar bilan baham ko’rmoqchi bo’ldim"¦.





Bir paytlar litseyni tugatib, Universitetga kirish uchun "œo’lar edim".
So’ngra esa o’qish tugab, ishga tushay, deb" ‘oldim".
Der ekanman, turmush quray, farzandlarim bo’lsin, deb "œo’la boshladim".
Farzandlarım bo’ldi, ular uchun "œo’laman", deb o’ylay boshladim.
Ulg’aysinlar, yaxshi inson bo’lib yetishsinlar, deya "œo’lib qolay" deb, ishladim.
Shunday on keldi ki, "œo’laman", do’stim nafaqador bo’lish uchun, dedim o’zimga-o’zim.
Mana endi rostdaniga o’lyabman. Va birdaniga farq etdim ki,
Yashashni unutibman!
Sendan iltimos, sen o’z-o’zingga bunday qilma!
Yashayotgan har daqiqangning qadrini bil!
Har kuningni yahshi yasha!
Hoy, do’stim!
Pul topish uchun sog’lig’imizdan ajralamiz"¦"¦
So’ngra esa sog’lig’imizni qaytib olish uchun pulimizdan ajralamiz"¦

Hech o’lmaydiganday yashab,
Hech yashamaganday o’lyabmiz"¦..

Qayd etilgan


Mr.Twister  16 Dekabr 2009, 17:38:21

Bugungi kunim juda yaxshi boshlangandi, ayniqsda masn yoqtyirga qor ostida yurib o`qishga borganim... Toshkent vokzaliga o`tib bilet oldim, uyga qaytish uchun. lekin kun oxirida uydagilar bilan bir tushunmovchilik sabab ozgina tortishib qoldik. Ularning ham, mening ham asablarim taranglashib qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Dekabr 2009, 08:31:49

TELEFONINGIZ YO'QOLDIMI?

Telefoningizni yo'qotib qo'ydingizmi? Endi umidni uzsangiz ham bo'ladi.
Birinchi kelgan xayol o'z raqamingizga qo'ng'iroq qilish bo'ladi. Zudlik bilan raqamingizni terasiz. Uyoqdan javob keladi: "Abonent apparati o'chirilgan". Shu onda bechora sim-kartangiz qaysidir ovloq joyda changga belanib yotgan bo'ladi. Telefon apparatingiz... u avvaliga yashiriladi, so'ng ovloqroq joyda kavlanadi. Unda nimalar borligiga qiziqiladi. So'ng bho beriladi, narxi chiqariladi. To'g'ri, bozornikidan arzonroq. Bir-ikki kundan keyin esa bu bechora apparat o'zining uchinchi egasini topadi...

Biz bu holatga o'rganib ham qoldik. Statistikaga ko'ra, hozirda eng ko'p yo'qoladigan buyum telefon apparatlari ekan.

Bugun erta tongda yumush bilan mashrut "Damas"ga chiqdim. Oldinda o'tirgan yo'lovchi sarosimada (10-15 minutcha avval telefonini qayerdadir tushirgan ekan) haydovchining telefonini oldi-da, o'z raqamiga tera boshladi. Xaytovur, biz o'ylagandek bo'lmadi. Go'zal salom-alik, muomaladan so'ng manzil tushuntirildi. Bordik.
Ko'rinishidan namozxon, halol bola, novvoychilik bilan shug'ullanarkan. Menimcha bomdoddan so'ng, tiriokchilik uchun ketayotib, yo'lda telefon topib oladi. Kutadi. Hatto savatdagi noni qolib ketadi. Bozorga shoshadi, lekin birovning moli; yo'qotgan joyiga kelar deya kutadi. Hech bo'lmasa telefon qilib qolar. Va nihoyat kerakli qo'ng'iroq. Mol egasiga qaytarildi...
Telefon egasi va novvoy bola eski tanishlardek so'rashdilar va birgalikda piyoda bozor tomon yo'l oldilar...

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 14:30:03

Telefonni hoxlasa Davlat organlari topishi mumkin....

AbdulAzizni yozgan holatlariga koshki O'zbekistonda ham chora topilsa. Turkiyada 2 yil oldin tashqaridan olib kelingan telefonlarni ishlatish ta'qiqlandi. Har bir sotib olingan telefon bojxonada qayit qilinib, har bir telefonga bir nomer berila boshladi.
Boshda ko'pchilik norozi bo'lgandi, chunki birov Germaniyadan, boshqasi Rossiyadan telefon buyurtma qilib olib kelgan lekin ishlamaydi.

Bunday alohida nomer berilishini sababi agar siz telefoningizni yo'qotsangiz, hoxlasangiz telefoningizni sizga berilgan nomeridan tamoman o'chirtirishingiz mumkin yani, birov topib olsa ham ishlata olmaydi. Chunki, tanishlaringizni nomeri boshqalarni qo'liga tushsa sizga va ularga havf tug'dirishi mumkin. Agar topilishini hoxlasangiz kimdir topib o'z sim-kartini taqib ishlatguncha kutishingiz mumkin.

Siz "telefonim yo'qoldi", deb davlatning bu ish bilan shug'ullanadigan tashkilotiga xabar berganingizdan keyin siz bergan nomer ta'qibga olinadi. Telefonni topib olgan kishi yaxshi niyatli bo'lmasa (yani qaytib bermasa) siz bergan telefon nomeri yona boshlaydi, u kishining qayerda ekanligi shu tahlit aniqlanadi.

O'tgan yillarda bu yo'l bilan juda katta jinoyat ochildi. İtaliyadan dunyo turiga kelin ko'ynak bilan chiqqan aktrisa ayol Turkiyaning İzmit viloyatida o'ldirilgan edi.
Jinoyatchi ayolni so'nggi model telefonini qo'lga kiritib, darrov o'z sim-kartini taqqan va qo'lga tushgan edi....

Ha texnologiya yaxshi tarafga rivojlanyabdi....lekin insonlar esa....

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Dekabr 2009, 08:13:34

MTS ning asosiy filialiga nomer olgani borgandik...
Muomilani eng zo'ri ana o'sha eyrda ekan.
Huddi siz ulardan 1000000 qarz olgansizu... qaytarib bermagansiz...
Yo'li... ishi tushganlar bilar...

Bu xolat nafaqat u yerda...balki banklarda, viza olaman dib hujjatlardan charchagan insonlarga pasportniy stolda ham, umuman deyarli barcha klientlar bn ishlaydigan davlat muassasalarida bo'lmoqda...
 
Bundan 3-4 yil oldin ham o'qib ham ishlab yurgan vaqtimda ko'pincha 89 avtobus bilan uyga qaytardim...
Shu avtobusni konduktorini hamisha yaxshilik bilan eslayman...
Ayniqsa qo'pol, odamni odam o'rnida ko'rmaydigan konduktorlarni ko'rganimda...

Shu konduktor ayol kim avtobusga chiqsa ham avvalo so'rashardi (o'zi rus millatiga mansub ayol edi), yana go'zal tabassum bilan...
Keyin sekin yo'l haqqini olishga borib homush o'tirgan odamni albatta kuldirib, hursand qilib avtobusdan tushgunicha yaxshi kayfiyatda kuzatardi...
Ajoyib holat... u konduktor boshqa bir insonni hursand qilardiyu, avtobusda deyarli hamma ko'tarinki kayfiyatda bo'lardi, yani bu yaxshi kayfiyat hammaga ta'sir qilardi...

Man esa har doim shu konduktorga o'xshagan insonlar safimizda ko'proq bo'lishini ichimda Allohdan so'rab haqqiga duo qilib avtobusdan tushardim.

O'zi shundoq ham (biz uchun) muammolari ko'p dunyoda muomilasi bilanmi, go'zal ahloqi bilanmi hayotni go'zal taraflama ko'rsatayotgan insonlardan Alloh rozi bo'lsin!


Qayd etilgan