Bugun tv kanallaridan birida Mustafa Akkadning (Moustapha Akkad) hayoti va ijodi haqida ko'rsatuv bor edi. Bu kinematograf esga olinganda menimcha birinchi bo'lib, "Da'vat-The Messaj" va "Risola" filmlari esimizga kelsa kerak. Asli Suriyaning Halep shahrida dunyoga kelgan kinematografning asosiy umri o'qish va ishi tufayli Amerikada o'tadi. Lekin hayotiga İordaniya, Ammonda 2005 chi yilda nuqta qo'yiladi. 11 Noyabr kuni Mustafa Akkad va qizi qolgan otelni Al-Qoida terrorist guruhi bombalaydi...Ma'lum bo'lishicha Al-Qoida o'lganlar ichida Mustafa Akkadning ham borligini eshitgandan keyin dunyodan uzr so'raydi! Huddi Mustafa Akkad inson, boshqalar inson emasday!
Mustafa Akkad İslom dinini tanitish uchun o'ta zahmatli bo'lgan "The Messaj" va "Er-Risale" filmlarini suratga olishga kirishadi. Ham moddiy ham ma'naviy juda ko'p qiyinchiklarga ushrashiga qaramay bu ikki film Dunyoda juda katta qiziqish bilan izlanadi. İkkala film aslida ayni stenariydan olingan bir hil film, faqat birida Gollivudning mashhur aktyor va aktrisalari, ikkinchisida esa Arab aktyor-aktrisalar o'ynaganlar.
Bu filmning musiqasini yozish uchun Fransiyalik mashhur muzikant Maurice-Alexis Jarrega murojaat qilinadi. Muzikant esa, "Men filmni ruhini his ilishim uchun hech kim bo'lmagan joyda, cho'lda qolishim kerak" deydi va 2 oy tek boshiga cho'lda qoladi....Va o'rtaga takrorlanmas musiqalar chiqadi. Har safar bu musiqalarni eshitganimda etlarim jimirlab ketadi.
Marhamat siz ham eshiting:
http://www.dailymotion.com/video/x5bb39_the-message-cayry-film-muziyi-entry_musicBir tarafdan esa "Er-risola" flmini suratga tushirishda Mustafa Akkad o'zi qolgan oteldagi elektrik ishlariga qaraydigan bir odamni Haz.Vahshiy roli uchun taklif qiladi. Rol juda qisqa bo'lganlgi, ijrochidan o'ta muhim iste'dod talab qilinmagani uchun Salim (Haz. Vahshiy rolidagi odam) ham qabul qiladi.Askarlar orasidan chiqib Haz. Hamzani o'ldirishi kerak bo'lgan joyda askarlar Haz. Vahshiy rolidagi odamga o'ldirishi uchun hech ruhsat berishmaydi, 4 marta suratga olishda ham Haz. Vahshiy askarlarni orasidan qutilib chiqa olmaydi. Ohiri Mustafa Akkadi, 5 chi marta urinishdagina bu holatni suratga ola oladi.
Kino olinganidan 1 yil o'tib, butun dunyoda ko'rsatila boshlaydi. Bir kuni Mustafa Akkadni telefoni jiringalaydi.
---Aloo- deydi, Mustafa Akkad.
---Men Haz. Vahshiy rolida o'ynagan Selim.
---Ooo qalaysan, debdi Akkad.
Salim bo'lsa birdan jahl bilan:
---sening dastingdan men ishsiz qoldim, "Haz. Vahshiyni nimaga o'ldirding", deb hamma mendan yuz o'girdi.....!!! İshimdan haydaldim, hech kim ish bermayabadi menga:(
"The Messaj" va "Er-risola" filmlari 1976 yilidan boshlab bir yil davomida Turkiyadagi kinoxona v tv kanallarida to'htovsiz ko'rsatilgan ekan....
Bu filmning Turk tilidagi nushasini to'liq holda
http://video.google.com/videoplay?docid=7594997196094983941# adresidan tomosha qilishingiz mumkin.