Bugungi kun mulohazalari  ( 1483988 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 296 B

Nоdirbek  17 Iyun 2010, 21:03:20

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un
Albatta biz Allohnikimiz va albatta unga qaytguvchimiz.
 Bugun yana bir sinfdosh do’stim, birodarimdan ayrildim, Alloh rahmatiga olsin, juda ham ajoyib yigit edilar. Maktabda doim birga yurardik, darsdan keyin qo’shimcha mashg’ulotlarga ham birga borardik, fan olimpiyadasiga sinfimizdan ikki kishi qatnashardik, maktabni bitirgach men akademik litseyga o’qishga kirdim, do’stim ham oq’ishga kirmoqchi edilar, lekin oilada to’ng’ich o’g’il bo’lganliklari uchun va oilada moddiy tomondan sharoitlari og’irroq bo’lgani uchun ishlashga majbur edilar.
Bundan sal kam 3 yil oldin Jum’a namozni  birga o’qib, men bilan xayrlashib, Rossiyaga ishga ketgandilar.
Yaqinda telefonda gaplashgandik, endi kelarsiz, desam inshaAlloh boramiz, degandilar"¦
Alloh do’stimiz oila a’zolariga chiroyli sabr bersin.
Alloh rahmatiga olsin, qabrlarini jannat bog’chalaridan bir bog’cha qilsin, va jannatda birga bo’lishlikni nasib aylasin"¦

Qayd etilgan

Abdulhafiz  18 Iyun 2010, 01:38:01

:amn:
Inna lillahi va innaa ilayhi roji'un.
Alloh :jl: oila a'zolari, yaqinlariga sabr bersin.

Qayd etilgan

Muhseena  18 Iyun 2010, 03:17:25

Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun...
Allohim oxiratlarini obod qilsin,yaqinlariga sabr bersin 

Qayd etilgan

Sadulla  18 Iyun 2010, 11:30:32

 :amn:
Inna lillahi va innaa ilayhi roji'un.
Alloh  :jl: joylarini jannatdan qilsin,yaqinlariga sabr bersin.

Qayd etilgan

BilmasOY  18 Iyun 2010, 13:25:46

 :amn:
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Robbim O'z rahmatiga olgan bo'lsin, Joylarini shohistai Jannatdan qilsin. Yaqinlariga sabr bersin...

Qayd etilgan

Robiya  18 Iyun 2010, 21:22:24

Assalamu alaykum!

Bugun O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Buxoroga rasmiy safar bilan bo'ldilar. B. Naqshbanddan boshlangan manzil, Buxoro viloyati tuman hududlarida davom etdi. Shu safar jarayonida Qirg'iziston masalasida ham fikr bildirildi:

"Qirg'izistondagi voqealar o'zbek va qirg'iz millati o'rtasidagi urush emas. Balki,bu tashqari kuchlarning uyushtirgan aksiyasi. O'zbekona aytganda bir qo'poruvchilik harakati. Bu O'zbekistonni ham bunga qo'shishga harakat. Lekin biz bunday qilmaymiz. O'zbekiston qo'poruvchilikni yoqlamaydi. Biz bunday o'yinlarga kirmaymiz.. Biz o'zimiz Qirg'iziston bilan muammoni hal qilamiz, o'zimiz kelisha olamiz, bunga aqlimiz yetadi.."

Alhamdulillah... Alhamdulillah... Alhamdulillah... Bu gaplarni eshitgach,bizga shunday rahbarni bergan Allohga shukrlar aytdim. Ilohim, Prezidentimizning sihatlari salomat bo'lsin! Alloh panohida saqlasin!

Qayd etilgan

HMF  18 Iyun 2010, 22:45:37

Ha bugun ko'rdim telvizorda ko'rsatti,oddiy halq bilan utirib suhbat qipti. bunaqa suhbatni ancha bo'ludi kormaganimga...

Qayd etilgan

Habib  23 Iyun 2010, 15:26:10

Bugun emasku, kecha ishxonamiz oldidagi institutda diplom himoyasi bo'lgan ekan.O'tayotib ko'zim tushdi. Ko'chada talabalar bir-biriga suv sepib hursandchilik qilishyapti. Bir-biriga FANTA sepib tabriklashmoqda oddiy suv uyoqda tursin...
Genotsidga uchragan qochqin millatdoshlarimiz bo'lsa sarhadlarda, maxsus lagerlarda suvga muhtojdurlar balki...
Teskari dunyo...
G'irt teskari...

Qayd etilgan

JaviK  23 Iyun 2010, 15:38:10

Inson zoti juda qiziq. Har kim yo`q narsasiga olsam qadrlayman deydi, Erishganidan keyin esa erishishdan oldin avaylayman, qadrlayman degan narsasiga beetibor bo`la boshlaydi.

Qayd etilgan

Musliha  23 Iyun 2010, 23:32:19

Bugun emasku, kecha ishxonamiz oldidagi institutda diplom himoyasi bo'lgan ekan.O'tayotib ko'zim tushdi. Ko'chada talabalar bir-biriga suv sepib hursandchilik qilishyapti. Bir-biriga FANTA sepib tabriklashmoqda oddiy suv uyoqda tursin...
Genotsidga uchragan qochqin millatdoshlarimiz bo'lsa sarhadlarda, maxsus lagerlarda suvga muhtojdurlar balki...
Teskari dunyo...
G'irt teskari...

Xa judayam achinarli holat.Man guvohi bo'lgan voqea esa odamni g'ashini keltiradi va judayam afsus chekishga majbur qiladi shunday kishilar bilan bir Vatanda yashavotganimizadan.
Siz guvohi bo'gan voqeada suv,fanta sepishayotgan ekan bizani instni yonida bir bolaning ustidan bir litr yog'ni quyishdi!Astag'firullah uvoli uradiku ahir dedim!Bu narsa haqida o'ylashga ularning vaqti yo'q o'zlaricha maza qilishvotti qilgan ishlaridan.Yana mayli tuxum ham otish bunisiga chidash qiyin . Qanchalik isrofgarchilik . Usha bitta ovqatga yetadigan 10 tomchi yog'ga muhtojlar qancha bular esa bu haqda hatto hayollariga ham keltirishayotgani yo'q edi.
1 daqiqani ichida 5000 sum pulni yo'q qilishdi yer bilan bir qilishdi. Undan ko'ra sadaqa qilsa bo'lmaydimi shu pullarni.
Ho'rligim kelib ketti.Yig'latadigan voqea bo'ldi.Borib shu ishdan qaytara olmasligimdan o'zimni o'zim yomon ko'rib kettim.
Undaylarga Alloh hidoyat bersin!!!

Qayd etilgan