Bugungi kun mulohazalari  ( 1484151 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 296 B


Shoxruh Mirzo  24 Iyun 2010, 09:34:59

Hozirgina ahli kitob bulgan hamkasbim onasining vafot etganligini aytib ishdan uyiga ketti...
 Garchi u g'ayridin bo'lsada, musofir yurtda bo'lganim uchunmi... qalbimni allaqanday g'ashlik chulg'ab oldi... Chuqur o'yga toldim...ALLOHim barchamizni O'zbekistonga borib ota-onalarimizni xizmatini qilishlikni nasib qilsin!

Qayd etilgan


Habib  24 Iyun 2010, 09:46:02

Qochqinlarga yordam berish tashabbusi boshlangan kuni bir ikki hamkasblarga yordam qilamizmi, ozgina u bu narsa olib, tashlab kelish kerak ekan falon maktabga-desam, biz nega yordam beramiz, ular bizga yordam bersin deyishdi kulib..
Agar qochqinlar shunday holida ularga yordam berishini istashayotgan bo'lsa, ahvollari juda og'ir ekan-dedi do'stim buni eshitib.
Yetti muchasi sog', uyi-joyi bor, puli bor, ammo qalbi, iymoni nogironlardan asrasin!

Qayd etilgan


shirin_a  24 Iyun 2010, 10:07:55

Qolimizdan kelganicha yordam berishimiz lozim, va lek agar chet davlatlada bo`lsak duo qilishdan boshqa ilojimiz yo`qdur, inshaalloh duodamiz doum :3

Qayd etilgan


Habib  24 Iyun 2010, 11:17:01

Yulduz Usmonovaning "Gado" degan qo'shig'i ancha yillar avval aytilgan bo'lsa ham, mazmun jihatdan juda kuchli ekaniga guvoh bo'ldim.

Dunyo armon dunyodir, bilmam tushmi, ro'yodur,
Mehmonlari bir-birin ko'zlarini o'yodur.

Dunyo yolg'on dunyodir, qo'llarida tosh ko'rdim,
Halollikning, poklikning ko'zlarida yosh ko'rdim.

Qayd etilgan


Billur  24 Iyun 2010, 13:26:55

Qornim juda ochib ketti. Ishxonada bugun kechroq chiqdik obedga, aksiga olib nonushta qimagandim.....

Bir burda nonga, suvga  zor bo'lib dunyodan o'tayotgan go'daklar,odamlar qancha :-[

Va nihoyat tushlikka ham chiqdik. Oppoqqina dasturhon  ustida turli taom, noz ne'matlar. Hammamiz eganimizcha edik. Kimdir uyalganidan qorni hali to'ymasa ham ovqatini surib qo'ydi. Tannozroq hamkasb qiz "o'zini kam ovqat eydigandek" ko'rsatmoqchi bo'lib u ham dasturhondan qo'lini tortdi. Ofitsianka qiz esa hammadan qolgan non bo'laklari va mazali taomlarni ahlatga tashladi.

...Kimlardir esa usha ahlatga tashlangan, deyarli eyilmagan ovqatlarga zor....

Qayd etilgan


Muzayyana  24 Iyun 2010, 14:03:03

 :as:
Ishxonaga komissiya keladi deyishdi...bu komissiya degan balolardan hamma qo'rqadi, buni bilamiz. Vah-vah shunaqangi tipirchilab qolishadiki, ko'rib na kulishingni, na yig'lashiyni bilmiy qolasan kishi. 2-3 oylab qilinmagan ishlar 2-3 soatni ichida tayyorlab qo'yiladi.Sababi komissiya yomonde, oyligidan qirqadi, yoki judda o'tib ketsa ishdan ketadi, yoinki kattagina jarima, yoinki hayfsan e'lon qilinadi...
Shunda o'ylanib qolalasan kishi....
...Nauzubillah, ertaga qiyomat, o'lasan, imtihon qilinasan, o'qimagan namozing, tutmagan ro'zang va bermagan zakoting uchun so'roq qilinasan...deyishsa, mana shunday hamma ishlarni huddi komissiyadan qo'rqib ish qilganday qilisharmikin a?! o'ylanib qolasan...bu juda qiyin masaladek tuyulib ketadiya...Yanayam Robbimiz rahmlilarni rahmlisi, bo'lmasa holimizga voy....

Qayd etilgan


Muzayyana  24 Iyun 2010, 14:10:06

Mana bu she'r ham bugungi kundagi ayrim insonlar uchun ko'zguning o'zginasi...


www.she'rlar.uz
O'zbekona sharm-hayo qani

Ushbu she'r BA'ZI BIR QIZLARGA taalluqli. Hammaga ham emas.

Kiyib uzun poshna,torgina yupkasidan,
Yugurasiz siz doim zamonning orqasidan.
Yuzingizga chaplaysiz qölga tushgan narsani,
O'zbekona sharm-hayo,iffat,zebolik qani?
Sözlarida ma'no yöq,gap otadi ötganga,
Hatto sökib qöyadi,qiyo boqmay ketganga.
Kalta yupka,tor kofta,yarmi ochiqdir tani,
O'zbekona sharm-hayo,iffat,zebolik qani?
Hozirgi "krutoy" qizlar yigitlardan qolishmas,
"-Menga hech kim gap otmas" deya aslo nolishmas.
Tanishaylik der yana,qani bunda bir mani,
O'zbekona sharm-hayo,iffat,zebolik qani?
Bu ishlardan ne foyda,topgaymisiz yo savob,
Axir siz u dunyoda berasiz bunga javob.
Jannat nasimlaridan hidlamoq bölsin niyat,
Allohga yetsa nola,amalga oshsa shoyat.


Qayd etilgan


Ansora  24 Iyun 2010, 18:19:21

Assalomu-alaykum. Rabbim butun insonlar qatorida O'zbek Musulmonlariga ham huzur, osoyishtalik nasib etsin inshalloh...
Menday g'urbatdagi insonlarni yuraklari pora-pora bo'ldi, afsus, bu ne jaholat, bu ne ko'rgilik, bu ne ko'rnamaklik!!!

Xabarlarga kasal odamday tikilishdan boshqa choram qolmadi, ishoning farzandimni sevinchini ham to'ya-to'ya yashay olmadim, qanday sevinay, bechora bolalar mendan uzoqlarda o'ldirilayotgan, qonga bulanayotgan bo'lsa:((((

Ko'z yoshlarimni ichimga oqizdim, yonimdagilar onalik baxtidan, dedilar....Mayli shunday bilsinlar, chunki Qirg'izim O'zbegimni o'ldiryabdi, deyishdan OR QİLDİM, OR!!!

Menga bildirilgan har bir ta'ziya ichimni poraladi....

Duo qilishdan o'zga choram qolmadi...

Qirg'iz O'zbekka buni ravo ko'rsa:

Yahudiy albatta Falastinlini bemalol o'ldiradi....
vayoki Amerikalik qush ovlaganday İroqda Musulmonni ovlaydi yoki Afg'onistonda....

1 oydan beri Turkiyada  har kuni shahid berilyabdi, kuni kecha askariy servis mashinasiga uzoqdan portlaydigan bomba joylashtirilgandi, 5 kishi shahid, 14 yarador....

Qancha ayol ersiz, qancha bola otasiz qoldi....

Yo Rabbim, bu ishni terroristlar qoni buzuqlar qilyabdi, oti ustida TERRORİST, dushman aniq, lekin Qirg'izistondagi fojeaga, qatliomga nima deb, kimni aybdor qilishni ham bilmay qoldim.....

Duolarimiz O'zbek qardoshlarimiz bilan, ko'z yoshlarimiz ular uchun....



Qayd etilgan


BelleQizcha  25 Iyun 2010, 05:02:15

Bir kun kelib hammasi joyga tushib ketishini.. hech narsa bo'lmagandey yashashni, orqada qolib ketgan gaplarni yoddan chiqarishni hamma hohlaydi...
Har kuni Odamlar uyqidan turib, telvizor yokiy kamputiri yoqishga shoshilamiza.. derazalarni ochib nohotkiy tepamizda turgan bejiz, guzaligiga hech narsa yetolmaydigan osmonga boqib ham qaramaymiz...
Toba qildim.. odamlaga hayronsan..

Qayd etilgan


shirin_a  25 Iyun 2010, 05:30:23

 :as:
aziz dindosh, do`st tanlashda adashmen hech qachon. Bugun man do`stim digan odam mani orqamdan gapirayotganiga guvoh  bo`ldim. Astahfirulloh sizlar ham do1st topishdan adashmen iltimos. Alloh barcha narsaga guvohdur, dilimiz bn tilimiz doim bir bo`lsin, aks holda ikkiyuzlamachilik bo`ladi Alloh asrasin. :as:

Qayd etilgan