Bugungi kun mulohazalari  ( 1484325 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 ... 296 B


Margiloniy  12 Iyul 2010, 09:13:05

Yaxshilikni bilmaydiganlar...

Kimlar uchun yugurdim yeldim,
Tovonimga to’ldi tikanlar.
Bu dunyoda ko’p ekan bildim,
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Olib chiqsang daryodan omon,
Nish urarmish yelkanga chayon.
Chayondan ham bo’larkan yomon,
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Boringni hech ko’rolmas ekan,
Yo’g’ingni ham berolmas ekan.
G’iybatlarsiz turolmas ekan,
Yaxshilikni bilmaydiganlar

Qo’yni bersang gar ehsonga,
Qarzsan derkan endi arqonga.
Rosti, tegib ketarkan jonga
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Otashiy kuyma buncha bas,
Yaxshilik qil, qilsang beg’araz.
Alloh bilsin, bilmasa bilmas
Yaxshilikni bilmaydiganlar"¦.

Qayd etilgan


Abu Muso  12 Iyul 2010, 10:40:53

 :as:

InshaAlloh bugun Sha'bon oyi kiradi.

А асулуллос› соллаллос›у алайс›и ва саллам рамазон ойи келиши билан
сйраб кетар сдилар. А ажаб ойи кириши биланосœ: «Аллос›им, биз учун
ражаб ва шаъбон ойларида баракалар ато ст ва бизни рамазонга етказ!
»
— деб дуо сœилар сдилар (Баззор «Муснад» 6494; Ибн Асокир «Мсъжам» 309).


Barchangizga Sha'bon oyi barakali kelsin!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  12 Iyul 2010, 16:34:32

Bismillohir rohmair rohim!

Bugungi kun mulohazasi

Hayotni janggohga o'xshatdim. Shaxsan qirg'inbarot janglarda qatnashmagan bo'lsamda,(Xudo ko'rsatmasin, Ilohim) bolalik chog'imda tarixiy kitoblarda tasvirlangan urushlarni ko'z oldimga keltirib, tasavvurimga sig'tiraolmasdim. Shu kunlarda men shuni angladimki, hayotimiz guyoki bir janggoh ekan, ammo bu janggohda biz qurolsiz urushar ekanmiz. Albatta urushni qurolsiz tasavvur qila olmaymiz! Bu jangda bizning qurolimiz - so'z ekan, so'zlardan gap yasab, bo'hton to'qir ekanmiz va dushman tomon uloqtirar ekanmiz. Bu jangda hech kim jismoniy yaralanmas ekan, zotan ma'naviy talofotlar butun bir halqni to'g'ri yo'ldan chiqarib yuborar ekan.
Jangning qoidasi shunaqaki, u yerda biz hattoki o'z istaklarimizga ham qarshi chiqar ekanmiz. Jang avjiga chiqqan paytlarda esa kim kimni halok qilyapti bilmas ekanmiz.
Ilohim, hamisha tinchlik bo'lsin! Yurtimiz bundanda gullab yashnasin!

Qayd etilgan


UzMuslim  13 Iyul 2010, 19:58:56

Alloh Taoloni Irodasi Ila yana Bir Kun ortda Qoldi Albatta Har Bir kUn Biz Uchun Bir sinovdir Har bir kunnni O'z Hikmati bor.Bugun Ertalabda Bomdod Namozini O'qidim,Keyin Odatdagidek Allohdan Rizqimizni Halollab Berishini<Savdoga Harom Aralashmasligini So'rab Savdoga Chiqib ketdim.Saot 9lar Chamasi Oldimga Bir Yoshi Katta Aka Keldilarda,Salomlashib Bir Narsani Narxini So'rashdi .Man Uni Narxini Aytdim Va U Hitoyniki enalkligini Buni Olishlarini Tavsiya qilmasligimi Aytdim,Lekin U Inson Ajablandi NImaga Hammasi Bir Hil Narsaku Originali bilan Nima farqi Bor deb So'radi Man Etdim,Bozorda Hozir Originali Yo'q Ayana Mana shu Xitoynikini original deb sotishyapti dedim.Nimaga San Unda Uni Unaqa demadin Agar Original deganinda Man HAm Buni Olib ketavergan o'lardimku dedilar.Keyin Man .Amaki Bu Dunyoga Aldanib oxiratda Azoblanishdan qo'rqaman,Rizqimi Ertalab Allohdan Halollab Berishini Duo qilib Chiqganman,Haromdan Qo'rqaman..Shundey u Inson Alloh Sandan Rozi Bo'lsin Deyishdiyu Asta kelgan yo'llariga Qaytib Ketishdi..

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  14 Iyul 2010, 02:52:30

Bismillohir rohmnair rohim!

Bugungi kun mulohazasi!

Hissiyotlarning  yaxshisi, yoki eng yaxshi his bu — meningcha o’zingni hamisha gunohkor, muhtoj, ojiz, savodsiz, kamchiliklarga to’la va kambag’al his etish bo'lsa kerak. Olloh sevgan amallarni ado etib ham o’zingni hamisha gunohkor his etishing hislaringning eng ulug’i bo’lsa kerak.

To’g’ri yo’l "¦ yo'lingiz bo'lsin,Ilohim!

Qayd etilgan


Billur  15 Iyul 2010, 16:34:05

Necha yillardan beri chet el Vakolathonasida faoliyat yuritaman. Anchadan beri o'ylayman.Nima uchun O'zbekistonga kelgan chet elliklar o'zbek tilini emas rus tilini o'rganishadi? To'g'ri poytahtimizdagilar deyarli rusiyzabon bo'lib ketishgan. Lekin bu bohona bo'la olmaydi mani fikrimcha. Ular bizni davlatimizga kelib ko'p kuzatishadi odamlani. Ishga olish bohonasida, uchrashuvlarda rus,o'zbeklar bilan muloqot natijasida. Qizlarku mayli lekin ayrim o'zbek yigitlarini haddan tashqari tobe bo'lib qilishlari jahlimni chiqaradi.
Haddan tashqari uyatchanglik,g'urursizlik erkak kishiga umuman yarashmas ekan. Kimdandir gap eshitib indamay yana birga qanday qilib ovqatlanish mumkin. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan chet elliklarni qo'lida ishlaganiga yarasha O'zbekligini ko'rsatib, mag'rur yurib, ishini qoyillatib bajarsa balik chet elliklar ham rus tilini o'rganavermasdan o'zbek tilini o'rganishar, o'zbeklarni ko'proq hurmat qilisharmidi...

Qayd etilgan


UzMuslim  15 Iyul 2010, 21:43:51

Bugungi Kunim Mana O'tib Bormoqda Bugun qiladigan oxirgi ishim Huftonni O'qish Qoldi Inshalloh.
Bugun ertalabda Onajonimi Mazzalari Bo'lmadim Obedlarga Borib ahvollari Og'irlashib qoldi Va Tez Yordam Chaqirishga To'gri Keldi.Shu Bilan Kunim Qanaqa Qilib O'tib ketganini ham Bilmey qoldim.
Alloh Taolo O'zi Shifo Bersin Onajonimga....

Qayd etilgan


Abu Muso  17 Iyul 2010, 00:31:35

 :as:

Bugun 10 yashar o'glim akasi bilan birga ketayotib, ko'chadan 1300 so'm pul topib olibti.

13 yashar akasi bilan ikalasi maslahatlashib, hech ikkilanmasdan yo'l ustidagi masjidning

"Ehson qutisi"ga olib borib tashlashibti. Uyga qaytgach, bu voqeani menga aytib berishdi...

Bu yoshdagi bugungi kunning bolalari, pulga tuzoq qo'yib yurgan bo'lishadi "Game club"ga

borish ilinjida. Shu haqda so'rasam, "u topib olingan pul, klubga bormoqchi bo'lsak, sizdan

pul olamiz", deyishdi. Allohga hamdlar bo'lsimkim, duolarimiz havoda muallaq qolib ketmabdi...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Iyul 2010, 17:56:19

Bismillohir rohmanir rohim!

Dunyoda bo'layotgan har voqeyotu hodisotda Ollohning hikmati bor, shak shubhasiz.
Kunlik xabarlarni kuzatib boraman. Dunyomizda kuzatilayotgan tabiiy ofatlarni ko'rib dahshatga tushmay iloj yuq. Aqlli kishilarni bu holatlar bezovta qilmay qolmaydi, albatta. Shunday hollarda o'ylab qolaman. Ba'zilar shunday paytlarda, ofat dunyoning narigi chetidaligiga qaramasdan, Ollohga tavba qilib, faqat o'zidangina mag'firat so'rab, iltijo qilishadi. Ba'zilar esa burnini tagida bo'layotgan ofatlarga parvo ham qilmaydi. Kishi hayron qoladi shunday paytlarda. Hattoki o'ylab ham ko'rmaydi, bu ofat men yashayotgan joyda ham sodir bo'lishi mumkinku deb, o'sha balo mening oilmani barbod qilishi mumkinku deb...
Xo'p, bandasi ertangi kunni bilmaydi. Bizni nima yoki nimalar kutayotganligini bilmaydi, ammo biz ogohlantirganmiz. Shu yetmasmikin!
Shu ogohlantirish yetmaydigan bandalar uchun dunyodagi ofatlar misol bo'lolmasmikin-a? Bir ofatda necha minglab kishi o'lib ketyapti, necha ming kishilar uy-joysiz qolib ketishyapti. Bu dunyoni tark etganlarni Ollohning o'zi kechirsin,Ilohim!



Qayd etilgan


Chustiy  23 Iyul 2010, 19:17:08

Imtihondan 3 kun oldin



Imtihondan 1 kun oldin



Imtihondan oldingi tun



Imtihon payti



Imtihon zalidan chiqib ketish



Imtihondan so'ng



boshqa forumdan oldim :)

Qayd etilgan