Bugungi kun mulohazalari  ( 1484314 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 ... 296 B


Kinjo  11 Avgust 2010, 05:50:02

Assalomu alaykum aka-uka va opa-singil iymon egalari, barchamizga Ramazon muborak bo`lsin, bu oyning fazilatlarini to`liq va to`liq xis qilib mazmunli o`tkazishimizni Alloh nasib etsin.
Marhabo!, marhabo, ey shaxri Razazon!!!

Qayd etilgan


Zamiraxon  11 Avgust 2010, 06:11:20

Ke4a uyquga yotar 4og'imda budilnikni 3ga tög'irladim, duolar qilib uxladim. Ertalab 3da budilnik ovozidan uyg'onib, könglimda qandaydir hotirjamlikni his qildim. Ramazon oyi haqidagi bar4a oyatlaru hadislar yodimga kela bowladi. Waytonlar zanjirband qilingan oy bilan bar4a dindowlarimni tabriklayin, duolarini olayin, deb forumga kirdim. Allohning bergan ne'matlari bilan saharlik qilib og'zimni yopdim. Wu payt hayolimdan "Hozir qan4adan qan4a musulmon oilalarida haqiqiy bayram, saharlik 4og'i! Meni  Musulmon qilib yaratgan Tangriga wukr" degan fikr ötdi. Bugun bomdod namozini ham özga4a bir ruhda öqidim. Subhanalloh!!!
Alhamdulilloh!!! Allohu Akbar!!!

Qayd etilgan


siddiqa  11 Avgust 2010, 08:24:42

kechagi kunni bir qadrdon insonni hafa qilishdan boshlagandim ,o'zimga uch martta bu ishim uchun odammassan dipqo'ydim ))

Ramazon kirmasidan avval kechirim so'riyman didimu hech bo'lmadi ,bugun astoyidil kechirim so'ramaoqchiman ,ramazon hurmati ,ro'zadorlik hurmati ...........

Aziz ramazon seni juda kutgan edik ,1 yil shippillab o'tib ketdi ,lekin bu gal seni osonlikcha qo'yib yubormaymiz ,o'tgan galgi qila olmagan ibodatlar lazzatini sendan olamiz .

Allohim ,bizga ramazonni barokatli ,hayirli qil.Barcha forumdoshlarga ,ularning yoru birodarlariga ,ahli oilasiga ,istig'for aytuvchi bandalaringga ,sening rahmating va swkiynatingni so'rab qolamiz (omin)

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Avgust 2010, 11:23:30

Assalamu Aleykum Qadrli Dindosh Brodarlar.Barchangizga Mohi Ramazon Muborak Bo'lsin...

Kecha  BU Yilgi Birinchi Taroveh Namoziga Chiqdim,Albatta BU Namozdan Oldin Mana Shu(Yani Yangi Chorsu Masjiti Imomi Oldiga) Borib BIr Ikta Savolim Bor edi O'shanga Javob Oldim.Keyin Taroveh Namozi O'qildi,Ozgina Ma'ruza Ham Bo'ldi.
Soat 23.30da uyga KEldim,To'risi Namozdan Shunaqa Yengil Bo'lib Chiqdimki..UYga KElib Tahorat Oldim Va Qo'limga Hadis Va HAyot Kitobini Oldim,Shu Tariqa KItob O'qib O'tirib Soatga Qarasam 2 Bo'lib Qolibdi Keyin yana Yarim soat Kitob O'qib,Saharlikga Tayyorgarlik Ko'ra boshladim,Buning ichida Hamma Do'stlarimga Tel qilib Ularni Uyg'tib Ramozon Oyi Bilan Tabriklarb Chiqdim,LEkiN Bir Inssonni Uyg'otolmadim LekiN O'zi Turganini Bildim.Shundey Qilib Saharlik ham Qilib Bo'lindi,Bomdodni Vaqti Kirishini Kutib Yana Kitob O'qishga Kirishdim,Allohga Hamdlar bo'lsinki Bomdodni O'qib Yana Hadis Va Hayotni O'qidim Keyingina Ozgina Uyqum Keldi ,Soat 6da uyquga Yotdim..

Allohning Rahmati Yog'ilgan Ramazon  Kirib Keldi,BIr Yil Kutgan Kunlar kirib Keldi,Har Kun Biz Kutgan Kun Ramazon Kirib Keldi,Alloh Barchamizni Ro'zamizni Mukkamal Tutishlikni Nasib Etsin,Bemorlarga O'zi Shifo BErsin.
Amin..


Qayd etilgan


As-Samarqandiy  11 Avgust 2010, 15:38:49

Bismillohir rohmanir rohim!

Mana azizlar, Shahri Ramazon ham hammaning kunglini shod aylab, har bir qalbni poklab kirib keldi. Hamma qatori Olloh irodasi ila men ham bugun tong sahar saharlikka turib ro'za tutdim. To'g'risini aytsam ushbu forum menga xuddi masjidday bo'lib qolibdi, bomdodni o'qib bo'lishim bilan, forumga shoshildim. Bu yerdagi butun iymon egalari bilan birga ekanligimdan ancha yengil tortdim. Mendagi bugungi eng yaxshi yangilik, forum.islom.uz saytiga yaxshi niyatlar bilan a'zo bo'ldim. Avvaldan islom.uz saytini ziyorat qilib yurardim, ammo forumga tashrif buyurish mana shu kunga nasib qilgan ekan. Ilohim, oqibati xayrli bo'lsin!

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Avgust 2010, 07:17:52

Mana 2010yilning Ramazon kuni Iftorligini Khozirgina qilib bo'ldik.Hammaga Nasib qisin. kengi Ramazonlarda shunaqa chiroyli Ro'za kunlarni o'tqazish

Qayd etilgan


Billur  12 Avgust 2010, 08:54:53

Bugun ertalab soat 5:24 da Toshkentda saaalgina er qimirladi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Avgust 2010, 09:23:14

Assalomu alaykum wr wb.
Kunlar judayam issiq böliwiga qaramay, Allohga tavakkal qilib, 4anqoqlarni yengib ötiw oson iw emasdek körinadi. Lekin iwoning dindowim ke4agi rözam U Zotning qudrati ila judayam oson ötdi!!! Subhanalloh!

Qayd etilgan


BelleQizcha  14 Avgust 2010, 06:29:27

A.a
Bugun, oyimla Umra safaridan qaytib keldila. ro'zani 2 kunini tutib o'z uylariga qaytib keladila.
hali beri unaqa hursand ko'rmagandim. Qucholariga olganlarida Qanaqadur muqqadas joyni hidi kelyotgandi.Agar bunaqa hursand bo'lishlarini bilganimda oldinroq harakat qilardu visaga.. NIma bo'lsa ham MAkkani Shunday maqtadilarki quyurasila..
bizagayam nasib qisin

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  14 Avgust 2010, 11:21:41

Bismillohir rohmanir rohiym!

Kun mulohazasi.

Bunday e'tibor berilsa, juda ko'p narsalarda o'xshashlik bor, balkim bu men uchun  shundaydir.

Tasavvur qilinglar! Tun. Tong. Quyosh chiqib dunyomizni yoritib yuboradi, nurafshon aylaydi. Bu payt shunchalar fayzliki, kishi ruhan o'zini yengil, beg'ubor, gunohsizdek his qiladi. Bu his quyoshning iliqligidan jaziramaga aylanishi bilan o'zgaradi. Kishi o'zini og'ir his qila boshlaydi. Tush. Kishi lohas bo'ladi. Kun og'a boshlashi bilan kishi shalvirab qoladi, yursammikin yurmasammikin deb oyoqlarini sudrab tashlaydi. Kech. O'zini tappa tashlaydi. Uyqu. Keyingi uyg'onishgacha, ya'ni ertalabgacha  qilt etmay uxlaydi ...

Endi bu holat, ya'niki kishining bir kuni, kishining umriga o'xshab ketmaydimi?
Tun. Zulmat.  Odamning tug'ilmasidan oldingi holati, payti
Tong.  Odamning ona qornidalik payti
Quyoshning chiqishi.  Beg'ubor, murg'ak qalbning dunyoga kelishi
Quyoshning iliqlikdan jaziramaga aylanishi.  Beg'ubor bolalik o'z o'rnini balog'atga almashishi
Tush.   Balog'atdan qarilik sari qadam qo'yish
Kunning og'ishi.  Beldan kuch-quvvatning, ko'zdan nurnin ketishi ...
Kech.  Qarilik.
Uyqu.  O'lim.  Olloh irodasi ila, qiyomatgacha mangu uyquga ketadi.

Mana sizga yana va yana qiyomat kunini eslatib turadigan kunimiz.

Ertalab turib tushgacha yetmaganlar bor, ertalab turib iliqlikdan bahramand bo'lmaganlar bor, ertalab turaolmayotganlar qancha ...
Kechga yetib, xayr qilmaganlar bor, kechga yetib o'zini, o'zligini anglab yetmaganlar bor, kechini kutib zor qaqshab yotganlar qancha ...

Olloh kuningizni xayrli qilsin, Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan