Bugungi kun mulohazalari  ( 1484338 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 296 B

Robiya  14 Avgust 2010, 11:42:46

Assalamu alaykum!

MashaAllah, forumdosh qiyosingiz juda ajoyib..

Yuqoridagi fikrlarni o'qiy turib, bugungi xabar esimga tushdi.. Ertalab qishloqdan qo'ng'iroq bo'ldi, bir qarindoshimiz vafot etibdilar.. Samarqandiyning ta'birlari bilan aytganda, quyoshlari botib, to qiyomatgacha uyquga ketdilar. Alloh rahmatiga olgan bo'lsin..

P/s. Har gal aza xabaridan ko'nglim g'ash bo'lardi, bu safar qanaqadir ushbu holatdan sevindim. Axir hozir do'zaxlar qulflanib, Jannat eshiklari ochiq bo'lgan muborak Ramazon oyi... SubhanAlloh..

Bizga ham shunday muborak kunlarda Rab huzuriga yo'l olish nasib qilsin!

Qayd etilgan

Ansora  14 Avgust 2010, 12:15:22

 :as:

Azizlar, Ziyouzga a'zo bo'lganimga roppa-rosa 1 yil to'libdi... : )

Bu 1 yil mobaynida hayotimda ancha o'zgarishlar bo'ldi, eng asosiysi farzandim dunyoga keldi:)

Bundan keyin ham Ziyouzda sizlar bilan birga foydali vaqt o'tkazaman, deb umid qilaman.

Ro'zalar bilan charchamadilarmi ishqilib, Rabbim kuch-quvvat bersin iloyim...

Qayd etilgan

AbdulAziz  16 Avgust 2010, 17:59:26

BIRODARLARIMNI SOG'INDIM

Allohga hamdlar bo'lsin. Alhamdulillah.
O'tgan yili boshlaganim "Saodat asri qissalari" kitobining audiokitobini tayyorlash rejam, bundan 5 daqiqa oldin o'z itmomiga yetdi. To'rttala kitob ham audiotarixga muhrlandi.

Men juda xursandman. Hech bo'lmasa, 3-4 kishi bo'lsa-da, buni eshitib, fikrlarini bildirishdi. "Keyingilarini qachon tayyorlaysiz?" degan savollardan ham o'z vaqtida rosa xursand bo'ldim.

Bugun yana bir bor butun olamlarning eng buyuk insoni - hazrati Muhammad s.a.v. hayotlarini o'qib ibratlandim. Qalbim tozarib, ming yillarcha masofadan u zot va sahobalariga muhabbatimni ko'nglimga tugib qo'ydim.

Bir kuni Rasululloh s.a.v. bir sahobiydan so'radilar:
- Qiyomat kuniga qanday amallar qilib tayyorgarlik ko'rding?
- Hech qanday amalim yo'q. Lekin Alloh va Rasuliga sevgim bor.
Rasululloh s.a.v.ning o'shanda bergan javoblari qalblarimizni yayratadi, har qanday musulmon orzu qilajak mavqelarga umidlantiradi.
Shunda Rasululloh s.a.v. javob berdilar:
- Sen sevganing bilan birga bo'lasan...

Yana «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram s.a.v. va buni eshitgan sahobalar «Biz sening birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar...

Allohim, bizni sevganlarimiz bilan birga qilgin! Allohim, biz g'ariblar Rasululloh s.a.v.ni ko'rmadik, u zotning sahobalarini ko'rmadik. Asri saodatni o'qirkanmiz, ko'zlarda yosh, qalblarda umid bilan, qaniydi biz ham o'sh paytda tug'ilganimizda degan armon qildik. Allohim, bizlarni ular bilan birga qilgin!

Sizga ham tavsiya etaman. Yaqinlaringizga bu kitobni o'qittiring. O'qishga erinishsa, ushbu audiosini eshittiring. Bu kitob muhabbat bilan yozilgan. Uni siz ham muhabbat bilan mutolaa qilasiz. Buyuk Payg'ambarning hatto tuyasigacha oshiq bo'lib qolasiz...

Qayd etilgan

Zamiraxon  16 Avgust 2010, 18:22:27

Assalamu alaykum.
MashaAlloh, juda chiroyli post bölibdi, Alloh rozi bölsin. Yana qayta öqib chiqaman inshaAlloh...

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  16 Avgust 2010, 18:35:36

Bismillohir rohmanir rohiym!

Yuqorida birodarimiz tomonidan yozilgan hurfikrlar har bir qalbni titratib yubormasdan hech ham iloji yo'q. Menga juda ham ta'sir qilgan joyi shu bo'ldiki, bu paytda men ushbu kitobni audio shaklini ko'chirish bilan ovora edim: "2-kitob. 22-Ilk juma namozi".

Saqlab olish bilan bir paytda, eshitib ham boryapman. Bu jarayonda, kitobni audio shakliga keltirgan yaxshi insonlarga ich-ichimdan minnatdor bo'lib, haqlariga duo qildim. Shunday xayrli ishga qo'l o'rgan yaqinlarimizga Ollohning rahmati bo'lsin,Ilohim.

InshoOlloh, ushbu audiokitobdan o'rin olgan har bir kalomni oila a'zolarimga, yaqin birodarlarimga, ziyo deb talpinuvchi insonlarga yetkazishga va'da beraman. Payg'ambarimiz hayot yo'llarini har bir mo'min bilishi kerak. Ushbu saytga tashrif buyurmagunimcha bu ulug' zot haqida qariyb hech narsa bilmas ekanman. Shu forum va sayt orqali juda ham ko'p narsa o'qib o'rgandim. Olloh bu sayt dunyo yuzini ko'rishiga sababchi bo'lgan kishidan, uni boyitishga beminnat xizmat qilayotgan a'zolaridan, har bir tashrifi bilan forumni va saytni fayzga to'ldirayotgan mehmonlardan rozi bo'lsin,Ilohim!

Olloh o'zingdan boshqaga muhtoj qilma!

Qayd etilgan

Nоdirbek  16 Avgust 2010, 18:39:36

Audiokitob haqiqatda zo'r chiqqan. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo'lsin, eshitib mazza qildik...

Qayd etilgan

Foniy  16 Avgust 2010, 19:09:57

Tahsinga loyiq. Haqiqatan ham juda chiroyli uslubda yozilgan, sodda qilib tushuntirilgan, takror-takror o`qiging kelaveradi...
"U zotni (s.a.v.) tanigandan keyin tashlanadigan ikkinchi odim boshqalarga ham tanitmakdir." - deydi muallif Ahmad Lutfiy Qozonchi. Bu yo`lda ter to`kib xizmat qilgan asar muallifi, tarjimonlar hamda uni o`quvchilarga yanada oson bo`lishi uchun elektron-audio ko`rinishlarda joylagan insonlardan Olloh rozi bo`lsin!

Qayd etilgan

Ansora  17 Avgust 2010, 14:49:29

AbdulAziz, Alloh rozi bo'lsin. Juda yaxshi ish qilibsiz. Rabbim mukofotingizni bersin...

Xozirgi kunda faqat pul uchun suratga olingan Turk seriallarini ko'rib, Turklar Musulmon emas, degan hulosaga kelganlarga Ahmat Lutfi Qozonchi domlani kitoblarini o'qishlarini tavsiya etardim...

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  17 Avgust 2010, 17:06:45

Bismillohir rohmanir rohiym!

Kecha do'stim O'zbekistondan keldi...

Onajonim bolam ramazonda yesin deb, mayiz, bodom, pista, tandirda yopilgan patirlardan bervoribdilar.

Sumkani bushatib tursam do'stim:
-Shoxruh, bozordan 1kg pista 1kg yong'oqni chaqilgan mag'zini olgandim, qancha dedi bilasanmi?
-Qancha?
-51000 desa buladimi?
-Yo'g'e?
-Pista 28000, yong'oqni mag'zi 23000 ekan...
-Ehhe, O'zbekistonga borib pista sotish kerak ekanda...Men kelayotganimda 7000 lar atrofida edi...dedim

Bugun shu haqida o'ylasam Yorqinjon qori akamizni:

Ayrimlarni to'yiga qo'yilayotgan pista bodomni harajatiga bitta kambag'alni to'yini o'tkizsa bo'ladi...degan gaplari naqadar haq ekanligini yana bir bor angladim...

ALLOHim barchamizni isrofgarchilikdan asrasin!

Qayd etilgan

Foniy  17 Avgust 2010, 17:35:46

Ahmat Lutfi Qozonchi domlani kitoblarini o'qishlarini tavsiya etardim...
Saodat asri qissalarining turkchasini to`liq qayerdan topish mumkin?

Qayd etilgan