Bugungi kun mulohazalari  ( 1481156 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 296 B


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:47:05

Assalamu alaykum.
Juma muborak kun.
Bu muborak kun bilan barcha birodarlarimizni qutlayman.
Yana sizlardan bir o'tinchim bor.
Islom dinini haqqiga, hususan Livan musulmonlar, Falastin va Iroq musulmonlari haqqiga holis, chin yurkdan, najot tilab duo qilinglar.
Alloh ularga najot bersin.
Islom dinini yuksaklarga ko'tarsin.

Qayd etilgan


Laylo  28 Iyul 2006, 14:48:39

Assalamu alaykum!
barchamizga ushbu muborak jum'a kuni qutlug' bo'lsin!

Qayd etilgan


maknuna  01 Avgust 2006, 08:53:05

Assalomu alaykum!
Bugun juda ko'p yoshlarimiz uchun hayajonli kun: IMTIHON!

Barcha imtihon topshirayotgan va o'qishga kirmoqchi bo'lgan birodarlarimizga omad tilab qolaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Avgust 2006, 15:43:41

Assalomu alaykum!
Bugun juda ko'p yoshlarimiz uchun hayajonli kun: IMTIHON!

Barcha imtihon topshirayotgan va o'qishga kirmoqchi bo'lgan birodarlarimizga omad tilab qolaman.

Assalamu alaykum.
Men ham Maknunahonni gaplariga qo'shilaman.
Hamma mo'min va mo'mina uka-singillarimizga
 Allohni o'zi madadkor bo'lsin.

Qayd etilgan


forumnnb  02 Avgust 2006, 19:57:54

Assalomu alaykum!

Mana imtihon ham tugadi  :)!

Endi 10 kun kutish qoldi, o`qishga topshirganlarga sabr!

Qayd etilgan


maknuna  03 Avgust 2006, 08:33:45

Eshitishimcha, imtihon haqqoniy bo'lmabdi.
Abiturientlarga uyali aloqa va shpargalkalardan foydalanishga ruxsat berishibdi...
Bechora 1 yil ter to'kib tayyorlanganlarga jabr bo'ladi bu...

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Avgust 2006, 09:07:57

Assalamau alaykum, Maknuna.
O'zi biror marta imtihon haqqoniy bo'lganmikan?
Bir tanishim o'g'li o'qishga kirish uchun rosa tayyorgarlik qilgandi.
Onasidan 500.000 so'rashibdi. Shumi imtihon?
Bu imtihonlar ilmliklarnikimi yoki puli ko'plarnikimi?
Qaysini aniqlashar ekan bu imtihonlarda?

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Avgust 2006, 14:00:24

Ko'pincha shu siz aytgan holat takrorlanadi. Kimdir ter to'kib o'qib xizmat qiladi, yana kimdir "kimgadir" , "nimagadir" tayanib imtihondan o'tadi.

Shuning uchun ham Oliy o'quv yurtlarining saviyasi tushib ketgan...

Qayd etilgan


Abdusalom  05 Avgust 2006, 11:54:36

Ertalab Yunusobod bekatidan metroga chiqdik. Hamma kundalik ish, ro‘zg‘or yumushlari bilan band. Vagon o‘rtasida tik turib olgan uch dugona qizg‘in suhbat qurmoqda. Ular xuddi yon-atrofida hech kim yo‘qdek bemalol, bor ovozda gaplashishardi. Vagondagilarning g‘ashi kelib, qizlarga tez-tez norizo qarab qo‘yishar, ammo hech kim ularga botinib gapirolmasdi. Qizlar esa suhbatni avj oldirishardi.
— Oybekni nima qilding?
— O‘lsin, orqamdan itdek ergashib yuribdi. Oxiri qarasam, bo‘lmaydigan, hoy so‘tak, ovora bo‘lma, men Shohruhni sevaman, yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, sevishimni unga borib ayt, dedim.
Uchinchi dugona «bechora Oybekni armonda qoldiribsan-da», deb kulib yubordi. Majnunni devona qilgan, Farhodni buyuk ishlarga chorlagan, Tohirni suvga oqizgan muhabbatning qadri shunchalar pasayib ketdimi? Bu qanday gap bo‘ldiki, qiz o‘zini sevgan yigitga o‘zgani sevishi haqida oshkora aytib, yana undan o‘rtada vositachi bo‘lishni iltimos qilsa?
Dugonalarning andishasizlarcha suhbatiga o‘rindiqda o‘tirgan o‘rta yoshli ayol chiday olmadi shekilli, o‘rnidan shahd turib gapirdi:
— Qanaqa behayo qizsizlar? Yuzingda ko‘zing bormi demay, shuncha odamning oldida uyalmay-netmay muhabbatni bozorga solib, shang‘illab gaplashasizlar-a?
— Nima ishingiz bor sizning?
— Onang tengi odamman, gapirayotgan gapingni qara. He o‘sha muhabbatingga o‘t tushsin, senlarning, — dedi ayol va dugonalarning javobi og‘zida qoldi. Ayol shu bekatda tushib qoldi. Qizlarning shundan keyingi suhbati o‘sha ayol haqida bo‘ldi.
— O‘zining davri o‘tgan-da.
— Alam qilsin.
— Shunaqa qaynonaga tushib qolsang bormi...
— Bo‘g‘ib qo‘yardim.
Ana xolos! Qizlar hali yo‘q qaynonaga ham «kafan bichishdi».
Men ham manzilimga yetgach, tushib qoldim. Ammo bu qizlar yuragimga solgan og‘riqli o‘ylar menga tinchlik bermasdi.

Eldorbek AKRAMOV,
TATU talabasi

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 07:09:46

Assalomu alaykum barcha musulmon ahliga!
Bugungi jum'a tomgi barchanhgizga muborak bo'lsin!
Ibodatlaringizni Allohim qabul qilsin!

Qayd etilgan