"O'zimiz aybdormiz o'zimiz"
Kecha kochaga oynadan qarab kuzim, beihtiyor odamlarga tushdi. Qulogimga esa odamlarning tinimsiz Dunyo ustidan qaygurish sadolari yoqimsiz bir jirkanch kuy kabi jaranglar edi. Qizziq ozimiz uchun 2 soat ajratib kino koramiz, sayrga chiqamiz, mazza qilib ozimiz yoqtirgan kuyni eshitamiz. Yashash uchun 8 soat ishlaymiz, xaftada 6kun 8 soatdan 48 soatni ajratar ekanmiz ozimiz uchun. Dostlarimiz yohud sevgilim uchun ham bir necha soatlarni kanda qilmaymiz. Oxooo, shuncha soatlarni sarflar ekanmizku, lekin 10 uzogi 20 daqiqaga boradigan ibodatga minutimizni ayaymiz. Yaratgan uchun vaqtimiz yoq"¦
Bazida nima uchun ozi hayotga kelganimizni unutib qoyar ekanmiz. Qalbimiz hovlisidagi iymon eshigiga qulf osilganiga ancha bolgandir balki. Shu honaga kirib bir saramjon qilib chiqay deb eshikka yaqinlashganimiz zahoti, yana nimadir ishimiz chiqib qoladi. Xa aytganday, ja bolmasa Juma kunlari kirib turamiz va imkon qadar tez tez yurib chiqib ketishga harakat qilamiz. Agar taroziga qoysak boqiy palladan foniy palla sal ogirroq kelsa uni ustiga bira tolasiga otirib olamiz. Bu ozi inson harakteriga xos odat.Chiroylik liboslarni, mazzali taomlarni, shirin suhbatlarni, gozal joylarni hammamiz yoqtiramiz, shunga talpinamiz, intilamiz, harakat qilamiz. Qancha shunga erishganimiz sari Iymon honamiz garibona bir korinishga kelib borayotganini esa sezmay qolamiz. Yoq, aniqrogi kormay qolamiz. Extimol Ziyo nurini tosib qoygan qora koz oynakda yaxshi korinmayotgandir. Qachon bizni salobatli qilib korsatayotgan mana shu kozoynakni yechib, Dunyoga oddiy koz bilan qaraymiz. Qachon Dunyoga oddiygina otkinchi mehmondek, mana shu haybatli omonat koshonani tashlab ketuvchi koz bilan qaraymiz"¦? Ishimizni, hamyondagi pulimizni, otirishlaru, dostimiz tugilgan kunini bir soniya, uzoq emas, kop emas 1 soniyagina holos unutib atrofga nazar tashlab koraylik"¦Mana shu 1 soniyani ozi yetarli qulflangan Iymon eshigini buzishga. Mana shu 1 soaniyani ozi yetarli Hayot degan tushunchani tahlil qilishga. Oynadan hamon kochaga qarar ekanman, beihtiyor ozim istamagan holda "Ex,"¦" degim keldi. Agar menda imkon bolib VAQT bolganimda, mana shu 1 soniya bolar edim. Mana shu qalb oromi, iymon tugyoni, ziyo aksi kongil hovlisini toldirgan usha vaqt — peshona sajdaga tegkan, Rabbimiz oldida tiz chokkan eng eng lazzatli soniyalar"¦