Bugungi kun mulohazalari  ( 1481859 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 296 B


Munavvara  06 Sentyabr 2009, 18:57:46

Assalamu alaykum!

4-sentabr Jum'a kuni o'qishdan uyga kelsam uyda hech kim yo'q nima qilishni bilmay ko'chada o'tirgandim bir payt yonimga ukam kelib qoldi bilsam unda ham kalit yo'q ekan birga o'tiribmiz ko'chadagi odamlarga nazar solib tursam birini qo'lida Nestle suvi birini qo'lida sigaret yana birlari esa ko'chada ro'zadorlar ham borku demay qo'lidagi yegulikni paqqos tushirib ketayapti. Bir oz vaqt o'tgandan so'ng masjid tarafdan do'ppilik kishilar o'tib ketayotganini ko'rib qoldim haa Jum'a tugabtida deb ichimda ibodatlaringizni Allohim qabul qilsin deya duo qilib qo'ydim. Ukamga qarab Jum'a tugabti odamlarni to'p-to'p bo'lib kelishini qara ko'zing quvonadiya desam ukam to'g'rimizda turgan mashinaga qarab turgan ekan, opa anavi mashinaga qarang Jum'a o'qilayotganda u mazza qilib uyqini urayotgandi Jum'a namozi tugashi bilanoq turib ketti Tavba deb qo'ydi. Bu gapidan jahlim chiqib O'zing ham Jum'ani o'qishing mumkin ediku lekin o'qimading nimaga endi o'zing o'qimay turib birovni g'iybat qilasan desam sukut saqlab qoldi...

Ha ba'zan o'zimiz bir farz amalini bajarmaymizda yana tanqid ham qilib qo'yamiz...

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Sentyabr 2009, 06:43:18

Mana Ramazonning yarmidan ko'prog'i o'tib ketayabdi.
Ramazondan oldin o'zimga qancha va'dalar berdim?
Ularga ulgurayabmanmi?
Va'dani kimga va nima uchun berdim?
Bu va'dani berib, uni amalga oshirsam kimga foyda?
Hatmi Qur'onga ulgurayabmanmi?
Taroveh, nafllarda qoim bo'layabmanmi?
Yoki yilda atiga 1 marotaba keladigan bu muborak oyni har doimgidek beparvo o'tkazayabmanmi?

SAVOLLARNI ADOG'I YO'Q.
JAVOBCHI?
ERTANGI JAVOBCHI..................................?


Qayd etilgan


Foniy  08 Sentyabr 2009, 15:14:53

 :as:
Hatmi Qur'onga ulgurayabmanmi?
Taroveh, nafllarda qoim bo'layabmanmi?
Yoki yilda atiga 1 marotaba keladigan bu muborak oyni har doimgidek beparvo o'tkazayabmanmi?
Rasululloh  :sw: (s.a.v.) dedilar: "Imom namozini tugatib, qaytib ketguniga qadar birga qoim bo`lgan kishiga kechasi bilan ibodat qilganlik ajri yoziladi."

Rasululloh  :sw: (s.a.v.) dedilar: "Ramazon kechalarini iymon va savob umidida namoz o`qib, bedor o`tkazgan kishining gunohlari kechiriladi."

Rasululloh  :sw: (s.a.v.) dedilar: "Ramazon ro`zasini iymon bilan, va savob umidida tutgan odamning o`tgan gunohlari kechiriladi."

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Sentyabr 2009, 23:20:09

Alhamdulillah...
Yaqin orada birovni ko'rib xursand bo'ganimdan ko'zimga yosh kemagandi. Bugun biz tomonlarga shayx hazratlari tashrif buyurdilar. U kishini ko'rganimdayoq ko'zimdan beixtiyor yosh chiqib ketti, chunki doimo ovozlarini eshitib, videodasturlarda ko'rganmiz, kitoblaridan Alloh nasib etgancha o'qiganmiz, lekin yonlarida o'tirib suhbatlarida bo'lish boshqacha bo'larkan. Bugun ajoyib kun bo'ldi, butun umr yodimdan chiqmasa kerak. Shayx hazrat har kuni ham biz tomonlarga kelavermaydilarda...

Qayd etilgan


Muhseena  08 Sentyabr 2009, 23:32:26

Alhamdulillah...
Yaqin orada birovni ko'rib xursand bo'ganimdan ko'zimga yosh kemagandi. Bugun biz tomonlarga shayx hazratlari tashrif buyurdilar. U kishini ko'rganimdayoq ko'zimdan beixtiyor yosh chiqib ketti, chunki doimo ovozlarini eshitib, videodasturlarda ko'rganmiz, kitoblaridan Alloh nasib etgancha o'qiganmiz, lekin yonlarida o'tirib suhbatlarida bo'lish boshqacha bo'larkan. Bugun ajoyib kun bo'ldi, butun umr yodimdan chiqmasa kerak. Shayx hazrat har kuni ham biz tomonlarga kelavermaydilarda...
:ms: hazrat mening tushlarimga kiradilar,xolos.Men ham ular bilan hamsuhbat bo'lishni orzu qilaman.InshaAlloh nasib etsa,jurnalist sifatida ulardan intervyu olsam forumga joylar edim...

Qayd etilgan


Foniy  09 Sentyabr 2009, 10:05:23

Bugungi kunimizdagi alamli bir holat haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pchilik tomonidan «Nega o‘zimizni qiynayapmiz? To‘y-hashamlarni odmiroq, oddiyroq o‘tkazishning iloji bor-ku?! Birov bizni majburlamayapti-ku! Nega, nega, nega?» degan javobi topilmas savollar kelaveradi. Ushbuga javobni topish-ku oson, biroq bu javobni hayotga tadbiq etish borasida biroz xijolatbozlik bordek chamamda...

...Shularni qilmasa, uni odamlar malomat qilishadi, u haqda yomon gaplarni aytishadi, asosiysi, unga nisbatan «urf-odatlarimiz»ni mensimayapti» degan ta’rif ishlatishadi...

...Bir kuni menga 27 yoshga kirgan yigit boshidan o‘tgan voqeani hikoya qilib bermoqda: «Ota-onam zo‘rg‘a oylikka yashaydigan insonlar. Lekin orzulari haddan tashqari baland. Qavmu — qarindoshim ichida nima degan odam bo‘laman, deb, meni qurbon qilishyapti. Ularga «oddiy, kichkinagina to‘y qilib beraveringlar», desam, faryodlari ko‘kni tutadi. Orzulariga esa yeta olmasliklarini bilishadi. «Top pulni, faqat o‘shanaqa to‘y bo‘ladi», deb baqirishadi»...

...shu ishlarni ham yaxshilab surishtirsangiz, URF-ODAT deb qilishmoqda odamlar. Ota-bobosi «uchta kallaqand» evaziga to‘yini o‘tkazishganini ular unutishgan go‘yo...

Agarchi balandu-pastdamiz, ey do`st,
Baribir bir yo`ldan qaytamiz, ey do`st.
Senga kulba bermas, menga koshona
Oqibat tuproqmiz, maysamiz, ey do`st...

Birodarimiz yuborgan edi,

Qayd etilgan


Huseyn  09 Sentyabr 2009, 18:17:31

Bugungi kunimizdagi alamli bir holat haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pchilik tomonidan «Nega o‘zimizni qiynayapmiz? To‘y-hashamlarni odmiroq, oddiyroq o‘tkazishning iloji bor-ku?! Birov bizni majburlamayapti-ku! Nega, nega, nega?» degan javobi topilmas savollar kelaveradi.

Ҳар ким ислоҳни аввало сзидан бошлаши керак. Масалан, камина сқинда уйланспман. Ота-онам, оила аъзоларим ва бслажак завжамиз билан келишиб, ЗАГС деган маросимни умуман стказмайдиган бслдик. Чунки, тсйдан 2-3 соат олдин стказиладиган ушбу кичкинагина дебоча тсйчани стказишда бирон мантиқ ксрмаспман. Аасиб стса, форумнинг "Бухоро вилости" бслимида барчани тсйга таклиф қиламан, иншооллоҳ!

Qayd etilgan


Huseyn  09 Sentyabr 2009, 18:39:48

Alhamdulillah...
Yaqin orada birovni ko'rib xursand bo'ganimdan ko'zimga yosh kemagandi. Bugun biz tomonlarga shayx hazratlari tashrif buyurdilar. U kishini ko'rganimdayoq ko'zimdan beixtiyor yosh chiqib ketti, chunki doimo ovozlarini eshitib, videodasturlarda ko'rganmiz, kitoblaridan Alloh nasib etgancha o'qiganmiz, lekin yonlarida o'tirib suhbatlarida bo'lish boshqacha bo'larkan. Bugun ajoyib kun bo'ldi, butun umr yodimdan chiqmasa kerak. Shayx hazrat har kuni ham biz tomonlarga kelavermaydilarda...

Ҳазрат билан нафақат ксришиш, балки бирга суратга тушиш ҳам насиб стгани учун Яратганга беҳисоб шукроналар айтаман. 2007 йил Тошкент шаҳрининг Ислом маданисти пойтахти деб сълон қилиниши муносабати билан Интерконтинентал меҳмонхонасида ҳалқаро конференяис бслиб стган сди. Унда Шайх ҳазратлари ҳам сзларининг маърузалари билан иштирок стган сдилар.
Форумга суратлар жойлаштириш билан боғлиқ қоидаларни ҳали билмайман. Агар қандайдир таъқиқлар бслса ва қоидаларга мувофиқ келмаса модераторлардан счириб ташлашларини илтимос қилардим.








Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 17:43:08

Bugungi kun mulohazasi: Umar  :ra: dek adolat qilguvchilarga zormiz...

UMAR ROZIYALLOHU ANHU AYTDILAR:
"KO'P DO'STLARNI UCHRATDIM, LEKIN TILNI TIYISHDAN AFZALROQ DO'STNI KO'RMADIM.
KO'P LIBOSLARNI KO'RDIM , AMMO TAQVODAN AFZALROQ LIBOSNI UCHRATMADIM.
KO'P MOLNI KO'RDIM , BIROQ QANOATDAN AFZALROQ MOLNI KO'RMADIM.
KO'P YAXSHILIKLARNI KO'RDIM, LEKIN NASIHATDAN AFZALROQ YAXSHILIKNI BILMADIM.
KO'P TAOMLARNI KO'RDIM, AMMO SABRDAN AFZALROQ, LAZZATLIROQ TAOMNI UCHRATMADIM.


Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2009, 22:12:38

Kecha bir hodisani eshitdim eshitib, buguni shuni ta'sirida yurdim. Allohga ko'zda yosh bilan duo qildim. Alloh barcha muslima mazlumalarimizga yordam bersin!!!
Namanganda men o'qigan maktab bor. Shu maktabda atiga 5-6tagina ro'molda yuradigan qizlar bor edi. Bu yilgi o'quv yilini boshidan qattiq kurash boshlanagani sabab, maktabni barcha o'quvchilarini bir joyga yig'ib, tekshiruvchilar bilan birgalikda, bu qizlardan ro'mollarini yechishni talab qilishibdi. Bitta qizdan boshqa hamma qizlar ro'mollarini yechisibdi. Bitta qiz qolibdi yechmagan. Undan ham talab qilishibdi, u bo'lsa ro'molimni yechmayman deb turib olibdi. Alhamdulillah. Alloh bu singlimizdan rozi bo'lsin. Shunda o'rtaga jismoniy tarbiyasi o'qituvchisi, o'zi barzangidek keladigan bir erkak chiqib, qizni oldiga kelib, yech deb baqiribdi. U qiz yechmayman, debdi. Shunda haligi o'qituvchi, qizni boshidan ro'molini yulib olib, oyoqlari ostiga tashlabdi ezg'ilabdi. Haligi qiz hech narsa demasdan yosh to'la ko'zlarini katta-katta ochganicha o'qituvchiga qarab, maktabdan yugurib chiqib ketganicha, qaytib kelmabdi. Bu hodisa menga juda yomon ta'sir qildi.
BAlki bu ishni qilgan "ERKAK" o'zini kuchliligidan hozirda faxrlanayotgandir. Bunga tomoshabin bo'lgan erkagu ayoldan birortasi bundan hafa bo'lib tunni uxlamay o'tkazgandir.
Lekin men bu qizni tanimasamda, unga hamdardman, unga ko'nglim achidi. Buguni bilan ko'zimni yoshi tingani yo'q. Alam qildi, juda alam qildi. Ilojsizligimdan, hech qanday yordam bera olmasligimdan bunday muslimalarga, erkaklar shunday ishni qilayotganidan, tomoshabin bo'lib turishganidan, shu qizni oilasidagilar bu narsaga jim ketishganidan, juda kuydim. Alam qildi. Ularni haqqiga duo qildim. Muslimalar haqqiga duo qildim.
Erkak degan nomga sazovar bo'lgan, Alloh tomonidan ilmda, aqlda, kuch quvvatda ustun qilingan erkaklarni ahvoliga achindim...

Qayd etilgan