Bugungi kun mulohazalari  ( 1482017 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 296 B

Muslima.bgm  16 Sentyabr 2009, 10:58:21

Alloh rozi bo'lsin sizdan, Juda ibratli, ta'sirli gaplar ekan...

Qayd etilgan

ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 11:23:33

Xullas, dunyo millatlari hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning barchasi o‘z millatining nomini tilga olganda, albatta va albatta, yaxshi ma’noda yodga oladi. Biroq, bizda negadir boshqacha. Garchi millatimizda ijobiy jihatlar boshqa millatlarga bo‘lib bergudek qadar ko‘p bo‘lsa-da, negadir O’ZBYeK degan nomni asosan "qovun tushirganimiz"da yodga olamiz. Ishonmasangiz, boshingizdan o‘tgan so‘nggi ishlarni eslang. Bir odamga lafzsizlik qilib qo‘yganingizda, eng yaxshi "bahona" emasmi millatimizning nomini aytib qutulib ketish? "O’zbekchilik-da, aka, uzr" deb qo‘yiladi.
Yoki ayollarning tashvishga ko‘milgan sarpolari xususida suhbat qilishayotganini eslang. «Namuncha endi, sarpo suruqni ozgina kamaytiring, tog‘oralar sonini 50 tadan 20 taga tushiring, xonim», deb maslahat berilsa, darhol javob olasiz: "O’zbekchilik bu, aralashmang, dadasi!"
Bir odam aytilgan vaqtiga yetib kelmasa, "ha, o‘zbeksan-a" deb sha’ma qilayotgan ham o‘zbek millatiga mansub kimsa ekanligi alam qiladi. Ajib, boshqa millat vakillari faxr o‘laroq yodga oladigan MILLAT nomini biz nuqul ishimizni bitira olmaganimizda, berilgan va’daga xilof qilganimizda, yoki bid’at, xurofot ishlar tepasida turganimizda aytamiz

Qayd etilgan

ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 11:24:48

Insonga har bir ish ibrat ekan. Allohning irodasi ila kasalxonaga tushgandim. Oyog‘im jarohatlangandi. Yaraga malham qo‘yish paytida deyarli har kuni viloyatdan kelgan yosh yigitlarning alam bilan qo‘lini soldirayotganini, chiqqan oyog‘iga gips qo‘ydirayotganini kuzatdim. Jurnalistligim qo‘zib, do‘xtirimdan so‘radim: "Har kuni yangi yigitlarni ko‘ryapman. Bunaqa holat oldin ham bormidi?" Vrach esa javob beradi: "Har kuni bir mardikor yigitni olib kelishadi. Bugungisi tom bo‘yayotgan ekan tushib ketibdi. Ishlatgani olib ketgan "boyvachcha" esa yo‘q". Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi "zamonaviy o‘zbeklar" mardikorni ishga yollashayotganida u bilan "agar yiqilib ketsang, seni davolamayman" deb kelishishayotgan ekan. Jahlim chiqib ketdi. "Nega unaqa, axir, ishlatgani olib borgach, oxirigacha turib bermaydimi? Axir, u bola ham ataylab qo‘lim sinsin deb tomdan sakramaydi-ku!" desam, do‘xtir ushbu holatni oddiygina qilib izohladi: "O’ZBYeKChILIK-DA, nimayam derdingiz!"

Qayd etilgan

ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 11:26:40

Biz o‘zimiz haqida shunday fikrda bo‘lsak, birov bizni hurmat qilmaydi. O’tmishimiz juda ham go‘zal, kelajagimiz go‘zal bo‘lishiga ham insha Alloh asoslar yetarli. Faqat ozgina o‘zimizni hurmat qilaylik. Boshqa millat vakillari singari millatimiz nomini buyuk ishlarni amalga oshirganimizdan so‘ng aytishga odatlanaylik. Buni avvalambor o‘zimizda, oilamizda va yaqinlarimiz ichida har birimiz tadbiq etsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Xijolatli holatga tushganda "o‘zbek bunaqa qilmaydi" deyishga kirishaylik, farzandlarimizning kundaligida navbatdagi "besh"ni ko‘rsak, "mana bu o‘zbekchilik bo‘libdi, o‘g‘lim", deb tarbiya qilayik. Ehtimol, shundagina uzoq o‘lkalarda bizni eslashganda, "haligi o‘zbekmi so‘zida turadigan, yursa qadamidan chaqmoq chiqadigan" deb yodga olishar?!

Qayd etilgan

Ansora  17 Sentyabr 2009, 07:05:41

A.alaykum Ziyouz a'zolari. İnsholloh Qadr kechasida ko'p ko'p duo qilgandirsizlar. Rabbim duolaringizni qabul bo'lsin.
 
Bugun yarim kecha xabarlarini eshitib, Ollohga hamdu-sanolar aytdim. Chunki bundan 7 oy oldin, 3 chi Martda İstambulda vahshiylarcha o'ldirilgan (boshi tanasidan kesilib, ahlat konteyneriga tashlangan edi, yaxshiyamki ahlatdan karton qidirib yurgan kishi topib, militsiyaga habar bergandi) 17 yoshli Munavvar Qorabulut'ni o'ldirishda shubhalangan shahs 18 yoshli Jem Garipog'lu (hatto ayni litseyda o'qishar ekan) ushlanib, İchki ishlarga advokati tarafidan taslim edilibdi.
7 oydan beri Turkiyaning eng dahshat voqeasi bo'lib hisoblanayotgan bu jinoyatda ayblangan kishining bu Ramazon kunlarida topilishida ham bir hikmat bor.
Rabbim hech kimga avlod dardi bermasin ekan. Ota-onaning faryodlari kechalari uyqularimizni qochirayotgan edi. Jinoyatchi topildi, lekin Munavvar qaytib kelmaydi. Faqat bu voqea asosan qiz farzandi bo'lganlarga katta dars bersa ajab emas.
Bizlar ham farzandlarimizga ko'z-quloq bo'laylik. Olloh bunday nohush habarlardan saqlasin. Omin...
Pastda Munavvarning rasmi. Olloh uning gunohlarini affetsin...

Qayd etilgan

ЖАМШИДЖОН  17 Sentyabr 2009, 07:58:13

KIM "QASHQIRLAR MAKONI" QACHON BOSHLASHINI BILSA BIR MA'LUMOT BERVORSALARIN YAXSHI BO'LARDI 25 SENTYABRDA DEGAN YANA BILMADIMDA

Qayd etilgan

Ansora  17 Sentyabr 2009, 08:08:48

Kecha siz so'ragandan keyin ho'jayinimdan so'radim, yangisi boshladimi, deb. O'zbekistonda qaysi birini tomosha qilishyabdi ekan, so'ra dedilar. Chunki Turkiyada "Kurtlar vadisi- Pusu," yani "Qashqirlar vodiysi-Tuzoq" yangi qismi boshlanibdi tv kanallaridan birida. Men hech ko'rmadim, shuning uchun ta'qib etmayman, uzr.

Qayd etilgan

Ansora  17 Sentyabr 2009, 08:19:54

http://www.kurtlarvadisigladio.com/

Gladio qismi 20 noyabrda kinolarda deyabdi.

http://www.vidivodo.com/282050/kurtlar-vadisi-gladio-geliyor

Shunchalik jiddiy narsa bo'mey qosineyy :)

Arzimiydi.

Qayd etilgan

AbdulAziz  17 Sentyabr 2009, 10:34:54

SAVIYA

Mashinada ketayotib, radio tinglab ketishga to'g'ri keldi. Qaysidir kanaldan "intellektual o'yin" bo'layotgan ekan.
Boshlovchi:
- Hurmatli tinglovchilar, intellektual o'yinimizda berilgan savollarga javob bergan tinglovchi yaqinlariga salom va tabriklarini yo'llash imkoniga ega bo'ladi. Shoshiling. Telefon raqamlarimiz 8181.
Tezda qo'ng'iroq bo'ldi. Tanishuvdan so'ng boshlovchi savolini berdi:
- Norvegiyaning poytaxti qayer?
- Variantlar bormi?
- Variantlar yo'q. Yordam: 4 harfdan iborat.
- Eron. (DT: :'()
- Axir Eron alohida respublika-ku, keyingi ishtirokchining qo'ng'irog'ini qabul qilamiz.
2-ishtirokchiga ham shu savol berildi. Uning javobi:
- Shotlandiya (DT:  :-[)
Xunob bo'lgan boshlovchi 3-ishtirokchini ulab, unga ham savolning javobi 4 harfdan iboratligini tushuntirdi. Kollej o'quvchisi bo'lgan ishtirokchining javobi hammasidan o'tib tushdi:
- Rim (DT:  :o)

* * *

Mahalliy telekanallardan birida intellektual o'yin bo'lyapti. Boshlovchi "Humoyunnoma" asarining muallifi kim? deb savol berdi. To'g'ri javoblar bo'lavermadi. Shunda boshlovchi "yordam"larni bera boshladi:
- Humoyun buyuk vatandoshimiz, g'azal mulkining sultoni ( :-[), bir qancha g'azal, hikoyalar ( ???) muallifi Boburmirzoning o'g'li bo'ladi.
Aftidan, g'azal mulkiniung sultoni Bobur emas, Alisher Navoiy ekanligini, o'zbek adabiyotiga hikoya janri, 20-asrning boshlaridagina kirib kelganini anglamagan boshlovchi "Humoyunnoma" muallifi Gulbadanbegim haqida ham ma'lumotga ega emas ekan. Shuning uchun ham bog'dan-tog'dan kelayotgan ekan...

Qayd etilgan

Hadija  17 Sentyabr 2009, 14:13:27

Haaa, moboda kechagi O'yla, Izla, Top! ko'rsatuvi emas-mi? Ochig'i ko'rib hayron qoldim, juda ilmliklarni chiqazib qo'yib o'yin o'ynatishishdi  ::)

Qayd etilgan