Bugungi kun mulohazalari  ( 1481994 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 ... 296 B

Muhammad Amin  23 Oktyabr 2009, 06:59:26

Yaqinda pedagogika fanidan amaliyot darsi edi. Tarbiya haqida gap ketdi. Shunda bir narsaga amin bo'ldimki hozirgi zamon yoshlari qalbi ham o'zi ham qotib bo'lgan. Ularga ming Hadisdan gapiring, Qur'ondan gapiring afsuski hammasi befoyda. Bitta o'zim rosa tortishdim. Lekin foydasi bo'lmadi. Lekin domlamiz men taraf bo'ldi. qizlarni kiyinishi haqida gap ketdi. Bitta kursdoshim "nima o'ranib yurish kerakimi" deb menga zarda bilan gapirdi. Indamay qo'ya qoldim. Gapirganim bilan befoyda ekanligini bildim.

O'sha kun domlamiz darsdan keyin ataylab qolib men bilan ancha suhbatlashdi. Domlamiz o'zi ham Islom qoidalariga amal qilishini lekin kiyinish borasida ba'zi bir muammolar borligini aytdi. Kim biladi qanday muammo bo'lishi mumkin Alloh bilguchi . . .

Qayd etilgan

Robiya  23 Oktyabr 2009, 07:10:39

:as:

Muhammad Amin, bu doimiy bahsga sabab bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladigan mavzu. Kiyinish...

Yaqinda bir militsiya xodimi aytgandi: san yalang'och yursang indamaydi, saal o'ransang,yopiq kiyinsang opkelib so'roq qiladi deb... Shunaqaa, hamma bir xilmas, bunday bo'lishi mumkin ham emas. ALLOH istamasa, iymon halovati, To'g'ri Yo'l hidoyati birovga nasib qilmaydi.
Bizning faqat kuyinganimiz qoladi, ammo zimmamizga yuklangan vazifani ado qilishimiz lozim: NAHIY MUNKAR!. Qolgani... Allohdan. Siz qarzni ado qilgansiz, bo'ldi..

Qayd etilgan

Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 09:00:30

Bugun ertalab turishim bilan xayolimga mana shu narsalar keldi:

Maktabda o'qib yirganimizda biologiya, zoologiya, odam anatomiyasi fanlarida kiradigan o'qtuvchimiz tush haqida shunaqa degandi:

"Tush - siz kun bo'yi o'ylagan, yoki sizga qattiq ta'sir qilgan narsalar, xodisalar tufayli sizda sodir bo'ladigan jarayon. Ya'ni odam nimani ko'p o'ylasa tushida o'shani ko'radi" derdilar.

... Tushlar alg'ov-dalg'ov...
O'ylar alg'ov-dalg'ov...
... ilk tushlar o'zgacha edi... Ularni eslasam...

Nimaga Qur'on o'qiyotganimni tushumda ko'rmayabman?...
Nimaga Ka'bani ko'rmayabman?...
Nimaga musulmonlar davrasida ko'rmayman o'zimni?...
Nimaga namozda qoim ekanligimni ko'rmayabman?
Nimaga sizni ko'rmayman Yo Rasululloh!?. . .

Savol ham javob ham o'zimizda!!!

ALLOHIM O'ZING ISLOH QILGIN...

Qayd etilgan

Muslimа  23 Oktyabr 2009, 23:25:26

 :as:

     O’qishdan qaytayotgandim. 9-qavatdagi qo’shni pastda o’ynab yurgan 5-6 yoshlardagi o’g’liga baqirayotgan ekan. Bola baribir bolada, ko’chaga chiqib do’stlariga qiziqib otasi buyurgan ish ham esidan chiqqan shekilli. Otasi o’g’liga baqirdi:
-   Aziz, o’o’o’ nima qivossan?
-   Hozi ada, ketvomman.
-   Qachonidi sani chiqarvorganim, nimala qivossan o’zi? Bo’l tez SIGARET opke! Sanga ettimu tez kegin dib, bo’l tez!!!
Bolakay yugurib ketti. Birdan hayollarim shu bolakay bilan birga ketti. Ya Alloh bu murg’ak, hali g’ubor tegmagan bolakayni hozirdan bu kabi nopok ishlarga buyurayotgan otani qo’lida katta bo’layotgan bu o’g’lonni holi kelajakda qanday kecharkin? Alloh O’zing insof ber, isloh qil dib o’ylab qoldim. Ahir ota-ku farzandga, ayniqsa, o’g’il farzandga yaxshi yomonni ajratishga yordam beradigan! Aslida, "œSigaret yomon narsa, dinimizda ham meditsinada ham taqiq qilingan narsalarning biri. Inson sog’ligi uchun zarar!" digan gaplarni aytishi kerak bo’lgan ota esa "œbo’l SIGARET olib kel!" deb tursa. O’zi bu iflos ishni qilgani yetmaganday, hali yaxshi yomonni farqlay olmaydigan farzandini ham bu nopok yo’lga boshlasa.
   Albatta Allah taologa hamd aytdim. Bizni va barcha Alloh yo’lida holis yurgan birodarlarimizni hech birining oilasida bu kabi xolatlar bo’lmasligini, ahli oilamiz ham, farzandlarimiz ham pok holda, hayoti dunyodagi sinovli umrni faqat va faqat Alloh subhanahu va taoloning rizoligiga erishish uchun sarf qilishini so’radim. Adashganlarga insof bersin, O’zining rahmati tufayli Haq yo’lini topganlarni Sirotal Mustaqiymda bardavom qilsin! Amin!

Qayd etilgan

Ansora  23 Oktyabr 2009, 23:33:40

Bugun men ham qo'shnilarimdan birining "Hoji Bakir, men senga aytdim...." , yana boshqasining ham "Esma (Allohning go'zal ismlari) Alloh seni shunday-bunday qilsin", deb baqirishiga hayron qoldim va hafa bo'ldim.

Bolaga chiroyli ism qo'yish yaxshi lekin unga murojaat qilarkanmiz, tilimizga qanchalik ehtiyot bo'lishimiz kerakligini o'ylab qoldim...

Qayd etilgan

Ansora  25 Oktyabr 2009, 12:37:19

Assalomu-alaykum. Barchaga yaxshi dam olishlar tilayman.

Turkiyada  kechasi 04.00da soatlar 1 soat orqaga olindi. Yani xozir soat 09.31.
Yani O'zbekiston bilan oramizda 3 soat farq bor.
Ertalab qo'l soati, devor soati va telefonlarni soatlarini 1 soat orqaga oldim.
Birgina kompyuter avtomatik tarzda 1 soat orqaga surilibdi. Shunga har safarida hayron bo'laman. Qanday qilib soat yo oldinga yo orqaga o'tib qoladi.

O'tkir Hoshimov: "Hamma narsadan hayratlangan bola-shoir, hech narsadan hayratlanmagan bola esa-olim bo'ladi", degan ekanlar.

Men hamma narsadan hayratlanaveraman, lekin shoir bo'lmadim : )

Qayd etilgan

registan  25 Oktyabr 2009, 12:58:26

Manam bugun uchlarda uyg'onib vaqtga qarasam soat 02:00 bo'lgan ekan. :D

Kompyuter internetga ulanganligi uchun avtomatik tarzda o'zgaradi. :)

Qayd etilgan

Shuhrat_88  25 Oktyabr 2009, 13:10:13

Аимага мани комп-им ҳар сафар интернетга улаганимда 2 соат орқага қолади. Шуни сабабабини билолмасбман. Мабодо сизлар билмайсизларми???

Qayd etilgan

Abu Muso  25 Oktyabr 2009, 15:41:15

Аимага мани комп-им ҳар сафар интернетга улаганимда 2 соат орқага қолади.
Шуни сабабабини билолмасбман. Мабодо сизлар билмайсизларми???
:as:
Ekranning o'ng burchagidagi soatni ikki marta bosing, Времс
интернета  degan joydan, вс‹полнсть синхронизаяию
degan joydan ptichkani olib tashlang.

Qayd etilgan

siddiqa  26 Oktyabr 2009, 02:57:44

Assalomu-alaykum. Barchaga yaxshi dam olishlar tilayman.

Turkiyada  kechasi 04.00da soatlar 1 soat orqaga olindi. Yani xozir soat 09.31.
Yani O'zbekiston bilan oramizda 3 soat farq bor.
Ertalab qo'l soati, devor soati va telefonlarni soatlarini 1 soat orqaga oldim.
Birgina kompyuter avtomatik tarzda 1 soat orqaga surilibdi. Shunga har safarida hayron bo'laman. Qanday qilib soat yo oldinga yo orqaga o'tib qoladi.

O'tkir Hoshimov: "Hamma narsadan hayratlangan bola-shoir, hech narsadan hayratlanmagan bola esa-olim bo'ladi", degan ekanlar.

Men hamma narsadan hayratlanaveraman, lekin shoir bo'lmadim : )

Uzbeklarda ko'p bunaqa hayratlanuvchi shahslar  ;)
opa shoir bo'lmabsizkuya lekin hayratlanib yashamoqdasiz ....
hech narsadan hayratlanmay olim ham bo'lishmadi ,to'g'ri yo'l shundoq peshanasidan chiqb tursa ham insonlar beparvogina o'tib ketishdi ,o'tib ketmoqdamiz.

Qayd etilgan