
O’qishdan qaytayotgandim. 9-qavatdagi qo’shni pastda o’ynab yurgan 5-6 yoshlardagi o’g’liga baqirayotgan ekan. Bola baribir bolada, ko’chaga chiqib do’stlariga qiziqib otasi buyurgan ish ham esidan chiqqan shekilli. Otasi o’g’liga baqirdi:
- Aziz, o’o’o’ nima qivossan?
- Hozi ada, ketvomman.
- Qachonidi sani chiqarvorganim, nimala qivossan o’zi? Bo’l tez SIGARET opke! Sanga ettimu tez kegin dib, bo’l tez!!!
Bolakay yugurib ketti. Birdan hayollarim shu bolakay bilan birga ketti. Ya Alloh bu murg’ak, hali g’ubor tegmagan bolakayni hozirdan bu kabi nopok ishlarga buyurayotgan otani qo’lida katta bo’layotgan bu o’g’lonni holi kelajakda qanday kecharkin? Alloh O’zing insof ber, isloh qil dib o’ylab qoldim. Ahir ota-ku farzandga, ayniqsa, o’g’il farzandga yaxshi yomonni ajratishga yordam beradigan! Aslida, "œSigaret yomon narsa, dinimizda ham meditsinada ham taqiq qilingan narsalarning biri. Inson sog’ligi uchun zarar!" digan gaplarni aytishi kerak bo’lgan ota esa "œbo’l SIGARET olib kel!" deb tursa. O’zi bu iflos ishni qilgani yetmaganday, hali yaxshi yomonni farqlay olmaydigan farzandini ham bu nopok yo’lga boshlasa.
Albatta Allah taologa hamd aytdim. Bizni va barcha Alloh yo’lida holis yurgan birodarlarimizni hech birining oilasida bu kabi xolatlar bo’lmasligini, ahli oilamiz ham, farzandlarimiz ham pok holda, hayoti dunyodagi sinovli umrni faqat va faqat Alloh subhanahu va taoloning rizoligiga erishish uchun sarf qilishini so’radim. Adashganlarga insof bersin, O’zining rahmati tufayli Haq yo’lini topganlarni Sirotal Mustaqiymda bardavom qilsin! Amin!