Bugungi kun mulohazalari  ( 1482006 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 ... 296 B


saltanat  30 Oktyabr 2009, 14:06:15

Bugun Turkiyada Jumhuriyat Bayrami. Jumhuriyat qurilishining 86 yilligi qutlanmoqda. Butun mamlakatda va Shimoliy Kiprda rasmiy tatil.
Shu o'rinda Turkiya Jumhuriyatining quruvchisi Mustafo Kamol Otaturkni rahmat bilan eslayman. Otaturkning hayoti bilan bog'liq juda ko'p voqelar bor.
Menga eng ta'sir qilganini sizlar bilan baham ko'rmoqchiman...

İngliz Qiroli VIII chi Edward İstambulga kelganida Otaturk Qirolning sharafiga mehmonlarga ziyofat beribdi. Ziyofatdan oldin esa, "İnglizlarda oqshom ziyofati qanday beriladi, buni bilgan insonni topinglar, yohud oshpaz topinglar", debdi Otaturk.
 
Va nihoyat bu ishni biladigan bir zotni topishibdi, dasturxonni ham taomiliga ko'ra bezabdilar. Qirol oqshom dasturxonida o'zini saroyida o'tirganday his qilib rosa xursand bo'libdi. Otaturkka qarab: "Sizni qutlayman, o'zimni Buyuk Britaniyadagidek his qildim", deb tashakkur bildiribdi. Mehmonlarga esa faqat Turk ofitsantlar xizmat qilayotgan ekan. Bulardan biri hayajonlanib, qo'lidagi ovqat to'la tovoqni yerga tushirib yuboribdi. Ovqat hamma tarafga sochilib ketibdi....
Mehmonxonadagi hamma uyalganidan, ofitsantlar esa qo'rquvlaridan qotib qolibdilar. Shu payt Otaturk go'yat sokin shaklda Qirolga qarab:
 
"Bu Millatga hamma narsani o'rgatdim, lekin xizmatkorlikni o'rgata olmadim", degan ekan.

Dasturxonda o'tirganlar Otaturkni gaplaridan keyin yengil nafas olib, mamnun bo'libdilar.
Otaturk ofitsantga qarab kulimsirabdi va "Sen ishingni davom ettir" degan ekan....

Menimcha bir lider o'z xalqini kamida shunday qo'rishi kerak....


Otaturkning bu vaziyatdagi muomalasi o'ta go'zal bo'lgan ekan, qadimgilarni  "xavas qilsang etkizadi.." degan so'zlari bor, xavas qilaveraylik bizga ham shuningday liderlardan etkazsin.

Ataturkning qanday o'tganligini bilmay turib bunaqa deyish yaxshi emas. To'g'ri u yaxshi boshliq bo'lgan, juda ko'p ishlar qilgan, Turkiya uchun faqat Turkiya uchun....

Otaturkning qanday banda bo'lganligini man emas Allohim baxolaydi, jazoyu-mukofot yaratganning inon-ixtiyoridadur,faqat u kishi lider sifatida xalqi oldidagi burchini xis qila olgan deb bilaman. sizning keyingi postingizdagi ma'lumotlar islom diniga zarar keltiradigan ishlar bolganini aytib turibdi, man bu ma'lumotlarni xaqiqatan ham bilmasdim, biroq shu ma'lumotlar haqiqat yoki uydirma ham bo'lishi mumkin, nima bo'lganda ham xalqi uchun, millati ravnaqi yo'lida ko'plab ishlar qila olgan lider deb bilaman, barchamiz Alloh qo'lidagi bandalarmiz avval aytganimdek jazoyu-mukofot Allohimning qo'lidadur banda HAQ YO"LIda yurib yashaganmi yoki adashganligi uchun Yaratganni oldida o'zi javob beradi, Otaturk boradigan joyiga borib bo'lgan,biroq xalqining ravnaqi millatining kelajagi uchun  qo'lidan kelgancha Alloh qodir qilgancha yaxshi ishlar poydevorini terib ketgan deb bilaman.

Qayd etilgan


Ansora  30 Oktyabr 2009, 15:23:13

Ehhh shu oraga tushmay deb o'tib ketmoqchi edim  ma'zur tutasizlar  iloji bo'lmadi  :)

Iqtibos
Kunimizda İslom Dinini yashayotgan va sunnatni davom ettirayotgan barmoq bilan sanarli o'lkalardan biri Turkiya, bu esa Jumhuriyatning hozirgi kundagi bergan mevasi va natijasidir!

E'tirozim faqatgina shu jumlaga nisbatan halos.Kapalak hondan uzrlarim yuqoridagi jumlani biroz bo'rttirib yuboribdilar.Sunnatga amal qilib  davlat boshqarayotgan hukumat hozirda yer yuzida yoq.Davlat va hukumatni insonlar o'ylab topgan nizom bilan boshqarilar ekan bunda hech qanday sunnatga amal bo'lmaydi.Endi sunnat so'zini  yol deb lug'aviy mazmuniga baho berilsa to'g'ri kimnidir mayli Ataturk mayli boshqasini yo'li ekani aniq.Ammo islom sunnati emas bu davlatni boshqaruv uslubi.Demak bunda islomiy boshqaruv yoq bu diyorda....

A.alaykum. Barchamizga Juma muborak, duolarimiz qabul bo'lsin insholloh.

İmlaah opa, men "İslom Dini yashayotgan va Sunnatni davom ettirayotgan" deganimda Turkiya Jumhuriyati Davlatini qasd etmadim. Men Turkiya Xalqini nazarda tutgandim.
Agar Registonbekni aytganlariday, Otaturk o'z go'yasini majburan qabullantirib,
1-2 deb sanab o'tgan fikrlarni rostdan ham zug'um o'tkazganda Turkiya ham eski Sovetlar Birligiday bo'lardi! Yani ateistlik hokim bo'lgan bo'lardi. Lekin Turkiyaga kelib ko'rgan, yashagan insonlarning asosiysi Turkiyada Din masalalarida (bazilari horij, masalan ro'mol masalasi) asosan erkinlik berib qo'yilganligini o'z ko'zlari bilan ko'rishi mumkin.
Menga eng ta'sir qilgan narsalardan biri nima bilasizmi: Masalan Juma kuni xabalarlarida: "Turkiya Bosh Ministri  Rejep Tayyip Erdog'an Juma namozini shu Jomeda o'qigandan keyin, jurnalistlarning savollarini Jome chiqishida javobladi"....
Yoki "bu Xayit namozini muholif partiya boshqaruvchilari Deniz Baykal shu Jomeda, Devlet Bahcheli bu Jomeda o'qidi"....degan xabarlarni eshitganimda ich-ichimdan quvonaman....

"Sunnatni davom ettirayotgan", deganimda yana Xalqni asosan ibodatlarni asliga uyg'un holda davom ettirayotganini nazarda tutgandim....

Barchangizga diqqat-e'tiboringiz uchun katta rahmat  : )

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Oktyabr 2009, 17:59:04

Oldinlari xayolim bilan yashar edim... Bolalikda bir xayoliy olamim bor edi...
Bir olamki, musaffo, beg'ubor, tashvishlardan holi, qo'rquvlardan-andishalardan toza bo'lgan bir olam. Bu olamda ancha yashadim, mamnun edim. Go'zalliklar ichida edim... Keyin ba'zilari maslahat berdilar: inson voqelikka ochiq bo'lishi kerak. Sen ham realist bo'lishing kerak, real olamda yashagin.

Istamagan holda real olamga chiqdim, mavjudiyatimni shu voqelikda davom ettirishni boshladim. Nimagadir bu real olam mening xayol olamimdan boshqacha edi. Sekin-sekin o'z olamimdan menga mulk bo'lib qolgan yaxshi tuyg'ular, hissiyotlar, oliyjanob hislar meni tark qildi. Bundan o'zim ham qiynaldim: nahotki men yanglishgan bo'lsam? Nahotki real olam shunday va shunaqa bo'lishi kerak? Nahotki xayolot olamim faqat va faqat bir sarob edi? Shu va shu kabi tushunchalar ostida mavjudiyatimda mazmun qolmadi.

Keyin yana xayolim so'qmoqlarida keza boshladim. Ancha lat yegan bo'lsada, balki biror so'qmog'ida yo'l ko'rsatadigan biror tosh-belgi qolgandir deb. Ancha o'ylangandan keyin tushunib yetganday bo'ldim...

Anglab yetdimki, biz xayol olamimizni tark etib o'zimiz real deb o'ylagan olam aslida boshqalarning xayol olami ekan. Har qanday real olam aslida bir jamiyatni tashkil qilgan shaxslarning xayol olamlarining tashqaridagi akslari yig'indisi ekan. Hozirgi "real olam" deb ataganamiz voqelik ham bu qadar zolim, kir va g'arazli bo'lishi, bu asl hayot shunday bo'lishi kerakligidan emas, balki shu "olam"ni tahskil qilib turgan shaxslarning xayol olami buzuqligidan ekan.

O'zimizning xayol olamimizni tark qilganda borib boshqa insonlar xayol olamining kengaygan shakli, tashqariga aks etgan ko'rinishi ta'siriga tushar ekanmiz. Ularning xayol olami shunday kir ekanligidan, ularning atrofidagi "real" - aslida esa "uzaytirilgan" xayoliy olamlari ham kirli bo'ladi. Biz esa aldanib, real olam shu ekanda deb ham o'zimizning beg'ubor xayol olamimizni tark qilib, ham bu kir dunyoda azoblanib yuribmiz ekan.

Shunday ekan, biz bu soxta "real" olamlardan voz kechaylik! O'zimizning beg'ubor, sof, musaffo, imon bilan yo'g'rilgan xayol olamimizni qaytadan tikab, bu olamimizni atrofimizga ham yoyishga harakat qilaylik! Bugundan boshlab maslagimiz, kasbimiz, maqsadimiz, shiorimiz shu bo'lsin: "Beg'ubor, sof va musaffo xayollarga to'la bir dunyo qurmoq!!!"

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Oktyabr 2009, 18:17:56

Ehhh shu oraga tushmay deb o'tib ketmoqchi edim  ma'zur tutasizlar  iloji bo'lmadi  :)

Iqtibos
Kunimizda İslom Dinini yashayotgan va sunnatni davom ettirayotgan barmoq bilan sanarli o'lkalardan biri Turkiya, bu esa Jumhuriyatning hozirgi kundagi bergan mevasi va natijasidir!

E'tirozim faqatgina shu jumlaga nisbatan halos.Kapalak hondan uzrlarim yuqoridagi jumlani biroz bo'rttirib yuboribdilar.Sunnatga amal qilib  davlat boshqarayotgan hukumat hozirda yer yuzida yoq.Davlat va hukumatni insonlar o'ylab topgan nizom bilan boshqarilar ekan bunda hech qanday sunnatga amal bo'lmaydi.Endi sunnat so'zini  yol deb lug'aviy mazmuniga baho berilsa to'g'ri kimnidir mayli Ataturk mayli boshqasini yo'li ekani aniq.Ammo islom sunnati emas bu davlatni boshqaruv uslubi.Demak bunda islomiy boshqaruv yoq bu diyorda....

"œДунё ишларида сзингиздан устунларга смас, балки сзингиздан пастроқларга қаранглар! Бу ишингиз Аллоҳ берган неъматларни оз санамаслигингизга сабаб бслади" (Имом Термизий, "œЖомеъ", II жузъ, 24-бет

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Oktyabr 2009, 21:50:04

Assalamu alaykum.
Bugun yana bir bora qizlarni kuzatdim...
Ularni berayotgan savollarini va bergan javoblar qanday tas'ir qilishini, o'zlarini tutishlarini kuzatdim. Va ularning bu ahvoliga achindim va ota-onalaridan nafratlanib ketdim.
Qizlar oddiy narsani ham bilmaydi.
Qur'oni kariymni qanday tilda o'qilishini (nozil bo'lganini) bilmaydi. Qur'onni tushunishlik uchun, Injil va Tvarotni o'qish kerak deganda dodlavorgim keldi o'ziyam...
Allohim, biz bandalaringga rahm qil. Bizni farzandlarimizni, o'zimizni, birodarlarimizni, ahli oilalarimizni har bir musulmonni chin musulmon holida yashab shunday vafot topishini nasib qil. O'zingni Rahmating va Mag'firating keng. Bizlarni O'zingni qahringdan O'zing asra...Amiyn.

Qayd etilgan


Robiya  04 Noyabr 2009, 14:47:48

 :as:

Mail.ru dan kim qanday foydalanyabdi (yohud atrofimizdagilar)

Bismillohir rahmonir rahiym. Rasulolloh s.a.v "Har bir erkak va ayol ilm olishi farzdir" degan ekanlar. Ilm Taraqqiyot negizidir. Zamonamizning taraqqiy topishida ilmning urni katta albatta. Albatta Islom taraqqiyotga qarshimas, agar undan tug'ri va oqilona foydalanilsa. XXI asrga kelib, ilm, fan va texnika rivoj topib hayotimizga hohlaymizmi yuqmi komputer, internet degan vositalar kirib kela boshladi. Biz bulardan qanday foydalanyabmizu, qanday uzimizga kerakli biror yahshi narsani urganyabmiz? Hammamizga ma'lum internet olamida "mail.ru", uzbekcha tarjima qilib aytadigan bulsak "milliy pochta hizmati" degan tarmoq bor. Bu tarmoqdan har kim turlicha foydalanadi, kimdir uziga kerakli narsa bilan mashg'ul bulsa kimdir qandaydir bemani narsalar bilan ovora!
 Men "mail.ru"ga a'zo bulgan kezlarimda menga "znakomstva", "noch v klube", hullas shunga uhshash bir qator "soobshestva" larni "reklama" qilar edi... Hozir bulsa "Qiyomat", "Iymon", "Ohirat havo yullari", "Ibratli kelin fazilatlari", va shunga uhshash bir qator ajoyib loyihalarga "da'vat" qilmoqda! Hush, bu gaplarni aytishimdan maqsad nima? atrofimizda bitta shu tarmoqdan ham yahshi, ham yomon foydalanadigan odamlarning borligi! Bu kabi qiyomat, tarbiya va din haqidagi loyihalarni tashkil qilayotgan birodarlarimizdan yaratgan egam ALLOH rozi bulsin! Mana shunaqa bir biridan ajoyib, a'zo bulib, u yerdagi maqolalarni uqigan odamga ibrat buladigan soobshestvalarni kupaytirsak naqadar yahshi? Islom haqida ilmi bulmagan, tarbiya ostonasini hatlab utmagan, ertalabdan kechgacha ibodatga boy vaqtini internet cafelarda utkizadigan tengdoshlarimiz uzlariga loaqal bitta yahshi gapni olsa kerak?
  Yaqinda mail.ru ni miri "dunyosi" ni aylanib bir tengdosh qizimizni a'zo bulgan soobshestvalari orasida "Shohruh-olis orzu" nomli loyiha borligini kurib avvaliga hayron buldim! Bu loyihaga tashrif buyursam u yerda shunday gaplar yozilgan edi: "Hurmatli uzbek rep qirolining fanat va fanatkalari kelinglar SHOX ga ovoz beramiz uni qullab quvatlimiz kuklarga kutaramiz ...va h.k" Beihtiyor qulog'im ostida Ulug'bek qori akamizning: "Micheal Jaksonni nechta xotini borligini bilasan, Payg'ambaring (s.a.v) haqida nega bilmisan?" degan gaplari jarang socha boshladi! Ushanda u kishining nega bunday "ko'cha" tilida gapirganiga hayron bulgan bulsam, hozir bu gaplar naqadar to'g'ri ekanligiga amin bulgan edim! Darhaqiqat Payg'ambarimiz (s.a.v.) haqida qanchalik bilamiz? Usha fanat va fanatkalarga uzlarini rap tili bilan etadigan bulsam:
 Bidir bidir bidir, holiyam hozir
 Nima kamchiliging bormi?
 Shoxruhni tanishdan oldin,
 Payg'ambaring haqida bilishing keremasmidi?
 Asabimga tegma, hozir san bilan gaplashgani umuman holim yuq...
   Olis "orzu"! Qiziq?! Qanchalik olis? Konsert berganda Istiqlol saroyiga boring ushetda kuras, bulmasa Tarona studiyasiga borsangiz ushetda ham bor! Rosa u taraflarga uta olmasangiz bitta telefon qilib menedjeri bilan gaplashingda, etgan pulini bering, uyingizga kelib ertalabdan kechgacha qushiq aytib raqsga tushib beradi! Naqadar olis-a?! 5km yoki undan ham yaqinroq! Usha sizlar tasavvur qilayotgan olis orzu (uni orzu deb atab bulmas) qanchalik yaqin, siz yaqin deb uylagan ibodat sizdan qanchalik olislashib ketayotganligini tasavvur qilyabsizmi? Ostidan anhorlar oqib turuvchi bog'lari bor, ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o'zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr-sharobli anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor Jannatni orzu qiling! Yaratgan egam ALLOHning nurli jamoliga nazar solmog'likni orzu qiling birodarlar!
 Eng dahshatlisi va achinarlisi bu soobshestvani tashkilotchisi (sozdatel) "fanatka" ekanligida edi! Erta indin, qaysidir oilada kimningdir suyukli rafiqasi buladigan, qizlarimiz orasida bunday fanatkalardan ibratli kelin chiqishiga kim kafolat beradi? Nahot ular homiladorlik vaqtida, qornidagi tug'ilajak farzandiga Qur'oni Karim oyatlaridan tilovat qilib berish urniga Rap qushiqlardan hirgoyi qilib bersa?! Astg'firulloh! Ana unda tug'ilajak gudakni kelajakdagi hayotini tasavvur qilavering! Men bu gapim bilan kimningdir shahsiyatiga tegmoqchi emasman. Lekin oramizdagi qizlar ichida shunday "fanatkalar"ni kupayib ketayotganligi achchiq bulsa haqiqat! Hozirgi kunda tez-tez uchrayotgan yosh oilaladagi kelin bilan kuyovning ajralib ketishiga, oila deb atalmish muqaddas koshonaning parokandaga yuz tutishiga, tengdoshlarimizning manashunday notog'ri muhitda tarbiya topayotganligiyu, shunaqangi bemani soobshestvalarni kupayib ketayotganligi sabab bulmayabdimi? Bunday soobshestvalar bittamas kup! Nahot ular hayotni usha qushiqchilarni klipidaqa deb uylashsa? Ahir usha klipda ham qiz kimgadir hiyonat qilgan, yigit qizni tashlab ketganku? Ular bu kliplardan uzlariga qanday ibrat qidirishmoqda?
  Donishmandlardan biri:
 "Illat izlaganga, illatdur dunyo,
  G'urbat izlaganga, g'urbatdur dunyo.
  Kim neni izlasa topgay begumon,
  Hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo.." degan ekan. Darhaqiqat biz hozirgi hayotimizda qanchlik hikmat, ibrat va hidoyat izlayapmiz va bu izlaganlarimizga qanchalik erishyabmiz? Erishganlarimiz yulida qanchalik amal qilyabmiz? Kelinglar, hayotga boshqacha, teran ko'z bilan boqaylik!
  Hurmatli qalbida iymoni kuchli, mo'min birodarlar, dinimiz Islomni to'g'ri  tushunadigan va shariat ilmlaridan habardor bulgan oka ukalar va opa singillar! Yuqorida nomlari tilga olingan diniy va tarbiyaviy ibrat buladigan soobshestvalarni kupaytirishda davom etaylik, yaratgan egam ALLOH uchun! Zero ALLOH Uzi yulida qilayotgan ishlarimizga va yahshi amallarimizga ko'pdan ko'p ajru savoblar ato etsin, va bu yulda bizlarni sobitqadam aylasin! Mehribon va Rahmdil ALLOHdan suraylikkim, bu loyihalarga a'zo buladigan birodarlarimiz qalblarini hidoyat nurlari bilan yoritsin!
  Yaratgan egam ALLOHdan barchamizga kuchli iymon, qalblarimizni iymon va mehr-muhabbat nurlari bilan tuldirishligini, basirat ko'zlarimizni esa hidoyat nuri bilan ochishligini surab qolaman! Duolaringizda bizni ham qushib duo qiling. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu! Shohruh Mirzo.

Qayd etilgan


Robiya  07 Noyabr 2009, 11:35:55

 :as:

Yaqinda televizorda bir mashhur oshpaz haqida ko'rsatuv bo'ldi, juda katta qiziqish bilan kuzatib bordim. O'z mahoratlarini ham ko'rsatdilar, savollarga ham juda chiroyli javob qildilar. Havasim keldi rossa... Lekin... Lekin...

Jurnalistning: "O'zingiz oshpazsiz, uyda rafiqangiz ovqat tayyorlaydilarmi, yoki buni ham o'ziz qilasizmi?"

Javobni eshiting: "Uyda asosan rafiqam tayyorlagan ovqatlarni xush ko'raman. 8- Mart, Yangi yilda farzandlarimni xursand qilish uchun yaxshi yaxshi ovqatlar qilib beraman............"  ??? ??? ??? ???

Xulosa o'zingizdan, azizlar...

Qayd etilgan


Kumush  07 Noyabr 2009, 11:43:28

:as:

 "Uyda asosan rafiqam tayyorlagan ovqatlarni xush ko'raman. 8- Mart, Yangi yilda farzandlarimni xursand qilish uchun yaxshi yaxshi ovqatlar qilib beraman............"  ??? ??? ??? ???

Xulosa o'zingizdan, azizlar...
Буни ҳеч ҳам ёмон томонини ксрмаспман. Фарзандларини, аҳли аёлини  хурсанд қилиш учун байрамларда сзи овқат тайёрлар скан. Молодея, зср одам скан.

Qayd etilgan


Robiya  07 Noyabr 2009, 11:50:01

:as:

 "Uyda asosan rafiqam tayyorlagan ovqatlarni xush ko'raman. 8- Mart, Yangi yilda farzandlarimni xursand qilish uchun yaxshi yaxshi ovqatlar qilib beraman............"  ??? ??? ??? ???

Xulosa o'zingizdan, azizlar...
Буни ҳеч ҳам ёмон томонини ксрмаспман. Фарзандларини, аҳли аёлини  хурсанд қилиш учун байрамларда сзи овқат тайёрлар скан. Молодея, зср одам скан.

Xulosa o'zingizdan...

Qayd etilgan


Ansora  07 Noyabr 2009, 18:41:43

Tashqaridan qo'y ovozi keldi ozgina oldin. Yashasinnn Qurbon yaqinlashyabdi:)

O'zbekman-da baribir, to'yib to'yib go'sht yeyish uchun sabrsizlanyabman.
 
Rabbim o'sha kunlarga barcha Mo'min Musulmonlar qatorida bizlarni ham yetkazsin inshollohhhh....

Bu yil Turkiyada Qurbonliklar ancha qimmat ekan, insonlar ham xozirdan olishyabdi, Qurbon uchun niyyat qilganlarini....

Rabbim Allohga yaqinlashish uchun Qurbon kesish niyyatida yurgan barchamizga bu amalni nasib etsin insholloh.

(Qurbon- so'zi "qurb" yani yaqinlashish negizidan keladi...)

Qayd etilgan