Oxirgi vaqtlarda antiislom harakatlari juda ko'payib ketti. Har xil yo'llar bilan islomga qarshi chiqishga harakat qilmoqdalar. Hali qarasangiz, qur'onni o'zgartirishga harakat qiladilar, hali qarasangiz Muahmmad (SAV) "tosh otadilar". Yaqinda "youtube.com"da bir qorining qiroatini ko'rib qoldim, ishonasizmi qur'on qiroatidan oldin muzika qo'shvorilgan.
Eng yomoni ular o'zimizning oramizdan bo'lganligidir. Sof o'zbek tilida Allohning tilidan yolg'on so'zlaydilar (Astag'firulloh). Aslida o'zini o'rnini bilgan, haqiqiy imon sohiblariga zarracha ham ta'sir qilmaydi ularning da'vatlari. Lekin hamma ham unaqa emasda. Shuning uchun ehtiyot bo'laylik birodarlar, qo'limizdan kelgancha boshqalarni ham ogohlantiraylik. Alloh hammamizni "sirotal mustaqiym"dan adashtirmasin.