Bugun ko'chani narigi betidagi faqat tuxum (optom) sotiladigan magazinga bordim. Odatda boshqa joydan olar edik, lekin katta marketda birdaniga tuxumni narhi ancha oshibdi. Balki yonimizdagi do'konda haliyam narh o'sha-o'hsadir, deb ataylab u yerga bordim. Ular ham narhni ortirishibdi

Lekin marktedagiday emas. Sababi esa qish kelgani emish. Hammasi bahona, hamma narsani narhi oshdi, tuxumchilar ham darrov ortirishdi tabiiy holda

Nonni esa qo'shni binoning 1 chi qavatidagi do'kondan oldim. Buni ham qaynotamdan o'rgandim. U kishi yaqinimdagi do'konda bor narsani (agar narhi ko'p farq qilmasa) uzoqdan olgani or qilaman, derdilar. Sababi, do'kon sohibi ko'rib qolsa hafa bo'ladi....Nonni narhi asosan bir hil.
Qo'limda 1 korobka (30 dona) tuxumni ko'rib do'kon egasi darrov "uzr qanchaga oldingiz", deb so'radi. Men ham narhini aytdim. U bo'lsa darrov, "siz qanday marka olganingizni bilasizmi", dedi. Men ham "ha bilaman, bu markani 3-4 yildan beri bilaman", dedim. Sohiblari dindor insonlar ekanligini eshitgandim chunki. Agar men tanimayman, desam yana ham yomonlashga tayyor edi...
Do'kon sohibi esa, javobimdan mamnun qolmadi, chunki o'zi ham boshqa markaning tuxumini sotar ekan. "Sizga bu tuxumdan 2 dona olib ishlatib ko'rishingizni tavsiya qilaman", dedi. Uning narhi yana ham baland edi.
Bu tur tijoratchilarni hech tushunmayman. O'zini molini sotish uchun illo boshqa molni yomonlaydiganlarni!
Meni ham odatim shu, agar mol sotmoqchi bo'lgan odam raqibini molini yomonlay boshladimi, agar olgan molim sifatsiz bo'lsa ham uning moliga qayrilib qaramayman.
Shu o'rinda ma'ruzalardan birida eshitgan bir voqea esimga tushib ketdi.
Bir do'kon sohibi, qarshisidagi do'kon sohibi ertalabdan beri hech narsa sotmadi, deb haridorni uning do'koniga jo'natadi.....
Bunday halol tijoratda barakat ham bo'ladi albatta....