Bugungi kun mulohazalari  ( 1483519 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 296 B

Ansora  17 Yanvar 2010, 15:00:23

Bugun tv kanallaridan birida Mustafa Akkadning (Moustapha Akkad) hayoti va ijodi haqida ko'rsatuv bor edi. Bu kinematograf esga olinganda menimcha birinchi bo'lib, "Da'vat-The Messaj" va "Risola" filmlari esimizga kelsa kerak. Asli Suriyaning Halep shahrida dunyoga kelgan kinematografning asosiy umri o'qish va ishi tufayli Amerikada o'tadi. Lekin hayotiga İordaniya, Ammonda 2005 chi yilda nuqta qo'yiladi. 11 Noyabr kuni Mustafa Akkad va qizi qolgan otelni Al-Qoida terrorist guruhi bombalaydi...Ma'lum bo'lishicha Al-Qoida o'lganlar ichida Mustafa Akkadning ham borligini eshitgandan keyin dunyodan uzr so'raydi! Huddi Mustafa Akkad inson, boshqalar inson emasday!  

Mustafa Akkad İslom dinini tanitish uchun o'ta zahmatli bo'lgan "The Messaj" va "Er-Risale" filmlarini suratga olishga kirishadi. Ham moddiy ham ma'naviy juda ko'p qiyinchiklarga ushrashiga qaramay bu ikki film Dunyoda juda katta qiziqish bilan izlanadi. İkkala film aslida ayni stenariydan olingan bir hil film, faqat birida Gollivudning mashhur aktyor va aktrisalari, ikkinchisida esa Arab aktyor-aktrisalar o'ynaganlar.

Bu filmning musiqasini yozish uchun Fransiyalik mashhur muzikant Maurice-Alexis Jarrega murojaat qilinadi. Muzikant esa, "Men filmni ruhini his ilishim uchun hech kim bo'lmagan joyda, cho'lda qolishim kerak" deydi va 2 oy tek boshiga cho'lda qoladi....Va o'rtaga takrorlanmas musiqalar chiqadi. Har safar bu musiqalarni eshitganimda etlarim jimirlab ketadi.
Marhamat siz ham eshiting:

http://www.dailymotion.com/video/x5bb39_the-message-cayry-film-muziyi-entry_music

Bir tarafdan esa "Er-risola" flmini suratga tushirishda Mustafa Akkad o'zi qolgan oteldagi elektrik ishlariga qaraydigan bir odamni Haz.Vahshiy roli uchun taklif qiladi. Rol juda qisqa bo'lganlgi, ijrochidan o'ta muhim iste'dod talab qilinmagani uchun Salim (Haz. Vahshiy rolidagi odam) ham qabul qiladi.Askarlar orasidan chiqib Haz. Hamzani o'ldirishi kerak bo'lgan joyda askarlar Haz. Vahshiy rolidagi odamga o'ldirishi uchun hech ruhsat berishmaydi, 4 marta suratga olishda ham Haz. Vahshiy askarlarni orasidan qutilib chiqa olmaydi. Ohiri Mustafa Akkadi, 5 chi marta urinishdagina bu holatni suratga ola oladi.

Kino olinganidan 1 yil o'tib, butun dunyoda ko'rsatila boshlaydi. Bir kuni Mustafa Akkadni telefoni jiringalaydi.

---Aloo- deydi, Mustafa Akkad.
---Men Haz. Vahshiy rolida o'ynagan Selim.
---Ooo qalaysan, debdi Akkad.

Salim bo'lsa birdan jahl bilan:
---sening dastingdan men ishsiz qoldim, "Haz. Vahshiyni nimaga o'ldirding", deb hamma mendan yuz o'girdi.....!!! İshimdan haydaldim, hech kim ish bermayabadi menga:(

"The Messaj" va "Er-risola" filmlari 1976 yilidan boshlab bir yil davomida Turkiyadagi kinoxona v tv kanallarida to'htovsiz ko'rsatilgan ekan....

Bu filmning Turk tilidagi nushasini to'liq holda http://video.google.com/videoplay?docid=7594997196094983941#  adresidan tomosha qilishingiz mumkin.

Qayd etilgan

Mahdiyah  19 Yanvar 2010, 06:27:51

1 haftadan beri barcha NEWS larda shu xabar
"Gaitida yer silkinishi sodir bo'ldi, shuncha-shuncha odam o'ldi..."
Xolat juda achinarli...
Bir to'da o'lik ko'chada sasib yotibdi...
Hech kim ko'ma olmaydi...
Hech kimni hech kim bn ishi yo'q...
Hayot uchun kurash!

Eng achinarlisi esa... ovqat tarqatilayabdi... hammaga yetmasakan... zo'r kuchini ko'rsatib 1 ta ovqatga 20-30 odam urish janjal bn erishayabdi...
Kuchi yetmaganlar bir chetdaaaaa.....
Qanchadan qanchasi silkinishdan tirik qolgan bo'lsada... ko'chada suvsizlikdan... ovqat yo'qligidan o'lib ketayabdi...

Bir ozdan kn o'sha kanalning REKLAMAsida bir momiqqina, "yuvilgan, taralgan" mushukcha chiqib, xo'jaynisiga surkalib... erinibgina ovqatini yoniga borayabdi
Unga uzatilgan WHISKAS ni hidlay-hidlay sekin asta yeyishni boshladi....

... ALAM QILARKAN....

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  19 Yanvar 2010, 10:29:25

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Bugungi kun mulohazalari ... 2010 yil 19 yanvar.

Bugun ishdan keldim. Kech soat 23:15. Uy har doimgidek tinch, hech kim yo'q. Bir piyola choy ichdim, kompyuterni yoqdim. Pod'ezdda qo'shni bolalarning g'ovur-g'uvuri eshitildi. Men turgan uyda asosan talabalar, yosh oilalar istiqomat qilishi sababli bunaqa shovqinlarga o'rganib ketganman. Avvaliga unchalik e'tibor bermadim, tasodifan miyamda bir o'y charx ura boshladi. Tepamda g'ala-g'ovur, nima balo yana yig'ilishim bayram qilishayapti shekilli. Miyamga kelgan o'y mening yolg'izligim-u, ularning bayram qilishi edi. O'zimga savol berdim. Men yolg'izmanmi? Mening yonimda hech zog' yo'q, kunning sovuqligidan xira pashshalar ham daf bo'lishgan. Demak men yolg'izman! Oldimdagi stol ustida pala partish yoyilib yotgan kitoblarim, devorda imilllab harakatlanayotgan bejirimgina soatim, burchakdagi yotog'im, uning ustida olib qo'ysang turaman bo'lmasam yotaveraman deb yastanib yotgan ruksagim va shunga o'xshash mayda-chuyda narsalar qurshovida ham yolg'izman. O'zimning sevimli narsalarimga ega bo'lsamda, baribir yolg'izman. Demak men sensizligim uchun yolg'izman. Shuncha "narsa"m bo'la turib ham yolg'izman. Bundan chiqdi narsa menga hamroh bo'la olmas ekan-da. Bundan chiqdi, hamrohim bo'lsa yolg'iz bo'lmas ekanmanda. Men yolg'iz bo'lmasligim uchun kimdir kerak ekan-da, nimadir emas. Kim, nima demasdan bor o'rtoqlaringa, odamlarga qo'shil demoqchimisiz. Ha, bordim ham deylik, qancha vaqt birga bo'laman 2 soatmi, bir kunmi, bir haftami? Qancha? Baribir ajralamizku, ko'rishguncha deb. Yana yolg'iz qoldim. Shundaymi? Odamning o'nta-o'n beshta hamrohi bo'lsin, baribir u yolg'izdir. Odamga hamroh emas, do'st kerak. Do'stni ichingizdan izlang, tashqaridan emas, ko'chadan emas. InshoOlloh topasiz!
Men yolg'iz emasman, chunki mening do'stim bor. Men uni sevaman, qalb-qurim bilan sevaman. U hamisha men bilan, lekin ko'zi moy bosganlar uni ko'rmaydi.
Ollohning qudrati qarang-a, mana bir necha soatdirki tepamdagi shovqin - suron ham tindi. O'ynab - o'ynab charchagan bo'lishsa kerak-da ... Mana yana bir kunim ham tugadi. Soat millari ertalabki 5 tomon shoshilib ketyapdi. Endi uxlayman.

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan

Nurilla  20 Yanvar 2010, 08:14:11

Va nihoyat 10 kunlik ta'til ham tugadi.

Qayd etilgan

zuhrahon  20 Yanvar 2010, 20:59:07

Assalomu  alaykum  aziz  forumdoshllarim  anchadan  beri  forumga  kira  olmayotgan  edim.Mana  Olloh  shu  kunga  nasib  qildirgan  ekan  shu  yerdaman  yetkazganiga  shukur.To'g'risini aytganimda  kunllarimiz  juda  tez  o'tmoqda  bir  hillarda  o'ylab  qolman  bugun  o'zi  nima  ish  qildim  qanday  amal  qildim  kimga  foydam  tegdi  kimga  esa  zararim  kimning  ko'ynini  oldimu  kimning  ko'ynini  og'gritim  deb  o'ylab  qolaman  shunday  kunllarim  ham  bo'ladiki  har  kunim  bir  hil  o'tmoqdaaaaaaaaaa  deb  o'zim  o'ylab  qolaman.Lekin  bir  kunimni  yoqatyotganimni  o'limga  tobora  yaqinlashib  borayotganimni  his  qilaman  va  ko'cha  derazasidan  ko'chani  tompsha  qilaman.Odamllar  shoshib  nimadirllarni  yoqotib  qo'ygan  insonllarde  uyoqdan  buyoqa  o'tishardi  chehrallari  esa  harhil  kimdir  jig'ibiron  kimdir  esa  shoshgan  kimdir  hayolchan  kimdir  g'amgin  va  yana  ozgina  tabbasum........

Qayd etilgan

Shokir63  22 Yanvar 2010, 02:38:56

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Bugungi kun mulohazalari ... 2010 yil 19 yanvar.

Bugun ishdan keldim. Kech soat 23:15. Uy har doimgidek tinch, hech kim yo'q. Bir piyola choy ichdim, kompyuterni yoqdim. Pod'ezdda qo'shni bolalarning g'ovur-g'uvuri eshitildi. Men turgan uyda asosan talabalar, yosh oilalar istiqomat qilishi sababli bunaqa shovqinlarga o'rganib ketganman. Avvaliga unchalik e'tibor bermadim, tasodifan miyamda bir o'y charx ura boshladi. Tepamda g'ala-g'ovur, nima balo yana yig'ilishim bayram qilishayapti shekilli. Miyamga kelgan o'y mening yolg'izligim-u, ularning bayram qilishi edi. O'zimga savol berdim. Men yolg'izmanmi? Mening yonimda hech zog' yo'q, kunning sovuqligidan xira pashshalar ham daf bo'lishgan. Demak men yolg'izman! Oldimdagi stol ustida pala partish yoyilib yotgan kitoblarim, devorda imilllab harakatlanayotgan bejirimgina soatim, burchakdagi yotog'im, uning ustida olib qo'ysang turaman bo'lmasam yotaveraman deb yastanib yotgan ruksagim va shunga o'xshash mayda-chuyda narsalar qurshovida ham yolg'izman. O'zimning sevimli narsalarimga ega bo'lsamda, baribir yolg'izman. Demak men sensizligim uchun yolg'izman. Shuncha "narsa"m bo'la turib ham yolg'izman. Bundan chiqdi narsa menga hamroh bo'la olmas ekan-da. Bundan chiqdi, hamrohim bo'lsa yolg'iz bo'lmas ekanmanda. Men yolg'iz bo'lmasligim uchun kimdir kerak ekan-da, nimadir emas. Kim, nima demasdan bor o'rtoqlaringa, odamlarga qo'shil demoqchimisiz. Ha, bordim ham deylik, qancha vaqt birga bo'laman 2 soatmi, bir kunmi, bir haftami? Qancha? Baribir ajralamizku, ko'rishguncha deb. Yana yolg'iz qoldim. Shundaymi? Odamning o'nta-o'n beshta hamrohi bo'lsin, baribir u yolg'izdir. Odamga hamroh emas, do'st kerak. Do'stni ichingizdan izlang, tashqaridan emas, ko'chadan emas. InshoOlloh topasiz!
Men yolg'iz emasman, chunki mening do'stim bor. Men uni sevaman, qalb-qurim bilan sevaman. U hamisha men bilan, lekin ko'zi moy bosganlar uni ko'rmaydi.
Ollohning qudrati qarang-a, mana bir necha soatdirki tepamdagi shovqin - suron ham tindi. O'ynab - o'ynab charchagan bo'lishsa kerak-da ... Mana yana bir kunim ham tugadi. Soat millari ertalabki 5 tomon shoshilib ketyapdi. Endi uxlayman.

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Yolg'izlik yog'iz Allohga yarashadi. Hamma narsaning juftini yaratgan Yolg'iz Zot  Udir. Haqiqattan ham siz aytgandek bizlar kimlar uchundir va qolganlar biz uchun o'tkinchidir. Ammo yolg'iz Allohimgina abadiy do'st va boqiydir.

Ishongan dunyomiz ham, yashab turgan dunyomiz ham biz tark etadi, shuning uchun u bizni tark etmay turib, biz uni tark etishimizni Alloh bizga nasib etsin. Albatta biz dunyoni kasban emas, qalban tark etamiz, shuni bizga nasib ayla Allohim.

Alohim Sening menga bergan eng buyuk ne'mating, Seni  borlgingni bilishim, har narsada ismlaringning jilvalarini ko'rishim bo'lsa, bu ne'matning shukronosini qanday ado eta olish mumkin... Allohim Senga O'zingning qudrating va buyukligingga loyiq hamdlar bo'lsin.

Qayd etilgan

Mahdiyah  22 Yanvar 2010, 07:27:10

Yaqinda dugonam Qozog'istonga borgan bir tanishidan mana shu "O'zbekka pul kerak qozoqqa QUL..." digan gapni eshitibdi.
Uning aytishicha "Qozog'istonda, ko'chada shunaqa yozilgan katta yozuvni ko'rib qoldim... shunaqangi alam qildi... alam qildi..." dib aytib beribdi.

Hammaning rizqi turli joyda bo'lishi mumkin...
Lekin bu kabi gapni chiqishiga nima sabab ekan dib rosa o'ylandim...?

Qayd etilgan

siddiqa  22 Yanvar 2010, 08:44:27

ha bu gapni men 2 yilxcha oldin eshitgan edim ,qandaydir bozorda yozib qo'yishgan safarmishunaqa ,bu kabi holatlarga o'zbeklarning o'zi ko'proq aybdor deb o'ylayman ,
ko'pchilik qozog'istonga ish un ketishadi qora ish un .ayni pahta mavsumida bu rivojlangan u yerda naqd va ko'proq to'laydi deb ketishadi bu ku to'g'ri bo'lishi mm lekin qadrlariga yig'lab qaytadilar ,
yaqinda bir voqaeani eshitdim Sirdaryodan bo'lganim un chegara bizga yaqinroq , eshitib turaman voqealarni yaqin ,Qozog'istonga bir bola ishga ketgan va uni hujjatlarini olib qullikka sotib yuborishgan ,
dahshat !!!!!!!!!!!!!!!bu ayni oddiy haqiqat ,noqonuniy chegaradan o'tishganida ,ancha odamni otib qo'yishgan ,aslida bilishimcha ogohlantirish 3 bora berilib keyin oyoqqa otiladi lekin ular naqd yuragiga otib ,o'zga yurtdan risq izlaganni o'ldirib qo'yishdi .gapirsa gap ko'p ..............

Qayd etilgan

Mr.Twister  22 Yanvar 2010, 15:06:58

Assalamu alaykum

Bugun men ham xuddi Abdulaziz akaning birinchi postlaridagi kabi post qoldiraman.
Men ham o`qishning eng qiyin vaqtida turibman, ya'ni sessiyada. Bugun ham sessiya bahonasida o`qishga keldim, eng qo`rqib turgan fanim Oliy Matematikadan baho olish kerak edi. Aksiga olib domlamiz 5 qo`yib bermayman deb turgandi. Nima qilish kerakligini so`ragandim 4 ta misol berdi. Ularni ishlab ko`rsatib "endichi" degan nazarda domlamga tikilgandim, "yo`q" deganday nigoh bilan vedemstni qo`liga olib "Jami" degan bandiga 88 ball deb yozib qo`ydiyu, zachotkamga ham "88" sonini qo`yib qo`ydi. Bu esa eng qiyin fanlardan biri bo`lgan Oliy matematikadan 5 olganimni bildirardi... Xursandligimdan baqirib yuborganimni bilmay qolibman.
Alhamdulillah, Ollohning o`zi qo`lladi. O`zingga o`zing bilgan adadingni shuncha martoba ko`p hamd-u sanolar bo`lsin... Amin

Qayd etilgan

G_u_l_i  23 Yanvar 2010, 08:44:09

Shu kunlarda yonginamda turgan insonlarga yordam berolmasligimni bilib yuragim siqilyapti, faqatgina duo, undan nariga o`tolmaslik battar dilimni g`ash qilyapti.............
 :'( :'( :'(

Qayd etilgan