Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Bugun meni tasodifan bir fikr chulg’ab oldi. Qayerdadir o’qib qoldim yoki bo’lmasa televizorda ko’rdim.
Zamon o’zgarib boryapti, odamlarda na insof, na iymon qoldi. Odamlar iymonini sotib dang’illama uylar, qo’shsha-qo’shsha mashinalar olishyapti. Iymonini sotib-a! Iymonsizda insof bo’ladimi degan mubolag’alar har qadamimizda uchrab turibdi.
Iymon sotiladi. Bahosi kelishilgan narxda. Ey, axli Islom. Iymon xaridorlari bormi, kep qoling, op qoling bugun bor erta bunaqa imkoniyat bo’lmaydi. Shunaqa imkoniyat bo’lib qolganda, iymonsizlarga Xudo berardi. Yoki noto’g’rimi?
E’tibor bering-a! Iymonini sotadigan bor ekan, demak uning xaridori ham bo’lishi kerak. Buning xaridori kim ekan-a? Shu kungacha bir necha iymonini hattoki sariq chaqaga ham sotgan iymonsizlarni ko’rdim, ammo uning xaridorlarini ko’rmadim. Hech joyda iymon bozorini ko’rmadim.
Haqiqatdan iymon sotilarkan, biroq sotib olib bo’lmas ekan. Nimaiki sotsang, barchasini bir kun kelib qaytib sotib olar ekansan, lekin iymoningni sotsang uni qaytib ololmas ekansan.
Puli ko’p birodarlar, agar kimda kim iymonini sotmoqchi bo’lsa, shu zahotiyoq aytgan bahosiga sotib oling. Bunaqa imkoniyat har kimga ham berilavermaydi. Iymonga shunaqa boy bo’lingki, har bir ko’rgan iymonsiz to qiyomat kunigacha sizga havas qilib o’tsin ... .
Ollohim iymoningizni baquvvat qilsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!