Bugungi kun mulohazalari  ( 1481759 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 ... 296 B


Akbarjоn  02 May 2010, 21:40:53

Svet o'chib qolganida shamning shulasida  hayolga berilib o'tirishning  ham o'ziga yarasha gashti bor ekan
shamga qarab o'tirsangiz hayotning ko'p ibratlarini o'zingizda his qilarkansiz
-  sham yonadi, yonadi, alangalanadi va bir vaqt kelib so'nishga o'tmishga aylanishga mahkum, ming harakatda bo'lganimiz bilan bir kun kelib o'tmishga aylanishimiz turgan gap, shundy ekan umrimiz davomida sham kabi ziyo tarataoldikmikan, xech bo'lmasa ozroq nur sochib bir adashganga yo'l ko'rsatish, hech bo'lmasa o'zimizni adashishdan saqlay oldikmikna

- yorug'lik chekinganda, zimiston tun atrofni qurshab olganida shamga extiyoj sezrkanmiz, qolgan vaqtlarda bechora shamni nazarimizgada ilmas ekanmiz, qachonki unga xizmatimiz tushgandagina uni alohida kursiga o'tqazib, dasturxinimiz o'rtasiga qo'yib termilamiz ekan, keraksiz bo'lganida javonda chang bostirib tashlab qo'yarkanmiz, kerak bo'lib qolsachi ezozlab xatto alohida joy berib unga diqqat bilan razm  solib o'tiramiz, yorug'ligidan bahramand bo'lib

- Shamning yana o'ziga xos tomoni, uning shulasi ko'p narsalarni o'ziga maftun qilib qo'yarkan, bir kapalak keldida atrofida parvona bo'ldi, aylandi - aylandi o'zini shu cho'g'ga urib qulab tushdi, tanasini kuydirib oldi, yarador bo'lganligini ko'rib uning xato qilayotganligini anglashimiz xamin qadar osson-u, ammo, Dunyoning shulasida aylanib - aylanib uning alangasiga o'zimizni urayotganligimizni va buning natijasida nafaqat vujudimizni balki oxiratimizni kuydirib qo'yish xavfi yotganini anglashimiz juda qiyin ekan.

Birgina shamdan shuncha fikr shuncha mulohaza olish mumkin ekan
Svetning o'chgani bor yo'g'i 20 minut davom etdi, lekin shu yigirma minutda anchagina muloxaza qilishga ulgurdik, ammo ushbu mulohazalarimiz dunyoning jilvasida xotiramizdan faromush bo'lib ketmasmikan

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 May 2010, 05:50:05

Musulmon musulmon haqida yaxshi o'ylagani uchun ham,xudkushlar musulmonlarni o'ldirib yuribdi bemalol...

gap yo'q,anti-islomistlar,din dushmanlari va balo battar davlatlar qilishadi shu narsani,lekin tuppoy musulmonlarni o'zlarini qilig'ini ortidan qolgan musulmonlarda qo'rquv o'yg'ongan...

Muslima bgmni o'rnida boshqa bo'lganda ham shunday hol ro'y berardi...


Hristian hristiandan ham o'layabdi, faqat musulmonni qo'lidanmasku.
O' qayerdadur registan AQShda terroristlarning hujumi haqida diagramma joylagan edilar. Musulmon terroristlar juda oz % da edi. BBC dayam boshqa NEWSlardayam faqat musulmonni ko'ramiz terorist sifatida.

Gapizga qo'shilaman.
Musulmonni tuppoy diyishni xohlamimanu, lekin hammasi musulmonlarning ILMsizligidan, ILMni o'rganmasligidan kelib chiqayabdi, bu albatta musulmonlarni aybi.

Boshqalarni maqsadi esa musulmonni hammaga terrorist dib ko'rsatish.
Musulmon musulmonni terrorist dib ko'rdimi, demak ular maqsadini 100% zo'r uddaladilar.

Qayd etilgan


Muslima.bgm  03 May 2010, 10:49:00

Hurmatli Akbarjon. Man hijobli deb ta'kidlab yozganimni sababi moskvadagi portlashni sababchilari bo'lgan ayollarni qora hijobda bo'lgan rasmini ko'rib yozgandim. Bundan tashqari man ham HIJOBDAMAN. U qizning g'alati hatti harakati va qora hijobda turgani mani qo'rqitgandi. O'rangan ayollarga ohirgi paytda judayam etoborliroq bo'lib qolganman (O'zim ham o'rangan bo'lishimga qaramay)

Qayd etilgan


Muslima.bgm  03 May 2010, 10:57:59

Yana bir gap. Ohirgi 1-2 oylarda Har bir metro bekatining chiqish joyida militsiya hodimlarining turganini poytahtda yashaydiganlar bilishadi. Ular ham etibor bersangiz yuk ko'targan odamlarga va o'rangan ayollarga ko'proq etibor berishayapti.(Soqolli amakilarga ham). Islom davlatida yashaymiz Allohga shukr. Lekin musulmon davlatida musulmon kiyimidagilarni nazorat qilishi ham achinarli holku.ChexMik, Mahdiyah aytganlariday shu kiyimda yomon ishlarni qilishayotgan ekan nega endi hijoblilardan shubhalanmasligim kerak......................

Qayd etilgan


XALIF  03 May 2010, 11:33:10

Turmushdagi eng ahamiyatli jumlalar
1. Siz haqsiz!
2. Bo'lishi mumkin
3. Sizni Alloh uchun yaxshi ko'aman.
4. Sizni yaxshi tushunaman
5. Qo'lingiz dard ko'rmasin
6. Siz yagonasiz!
7. Meni kechiring.
8. Sizning o';rningiz boshqa.
9. Hammasi yaxshi bo'ladi.
10. Siz men uchun Allohdan mukofotsiz.
11. Bu muammo emas!
12. Rahmat!
13. Si9zdan achchiqlanayotganim yo'q!
14. Haqqingizga duodaman.
15. Menga bir oz vaqt bering.
16. Siz unday qilmaysiz.
17. Omon bo'ling!
18. Ajoyib bo'libdi!
19. Haqqingizga rozi bo'ling!
20. Alloh sizdan rozi bo'lsin!

Irfon taqvimi 2010/ 1431(II)
shu 6 suz saxal notugrimi deymanda

Qayd etilgan


XALIF  03 May 2010, 11:54:14

birodar siz judaxam notugri tushunibsiz xarbir narsani 2 tomoni buladi siz yaxshi tomonini oling

Qayd etilgan


XALIF  03 May 2010, 12:04:56

Mahdiyah siz xam notugri tushunibsiz. Muslima.bgm taqvoli iymonli bir xijobli qiz shunday qildi demadilarku balki din dushmanlari shunday qilmoqchi ekanligini bildirmoqchi bulgandurlar

Qayd etilgan


Akbarjоn  03 May 2010, 14:03:10

Hurmatli Akbarjon. Man hijobli deb ta'kidlab yozganimni sababi moskvadagi portlashni sababchilari bo'lgan ayollarni qora hijobda bo'lgan rasmini ko'rib yozgandim. Bundan tashqari man ham HIJOBDAMAN. U qizning g'alati hatti harakati va qora hijobda turgani mani qo'rqitgandi. O'rangan ayollarga ohirgi paytda judayam etoborliroq bo'lib qolganman (O'zim ham o'rangan bo'lishimga qaramay)

:as:
men sizni tanqid qilib, sizga kesatib yozmagandim, siz xam meni notog'ri tushunman :) agar shunaqa mano kelib chiqayotgan bo'lsa uzr so'rayman

lekin siz xam xijobda ekansiz (Alloh rozi bo'lsin) faraz qiling jamoat joyda ketayotganizda atrifdagilariz, sizga bu qiz ishqilib terorist emasmikan, ishqilib bo'mbasi yo'qmikan degan nazar bilan qarashsa, alam qilib ketar ekan odamga
o'zi jamiyatning mikroblari yarimyalang'ochlar xisoblanadi, erkaklarni xam ayollarni xam buzadi
shu mikroblardan xoli qolgan jamiyat qatlamiga esa qo'rqinch bilan hadiksirash bilan nazarda bo'lishlik naqadar yomon xolat
aytmoqchi bo'lgan gapim shu edi, buni sizga tegshtirib gapirmadim, yana bir bora ma'zur tutasiz anglashilmovchilik holati uchun

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 May 2010, 08:17:49

"Qahqirlar vodiysi: Iroq" (Kurtlar vadisi: Irak) filmida yaqinlarining qasdi uchun bomba portlatib, o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lib turgan muslima ayolga Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiy shunday deydi:

Leyla, agar sen o'z joningga qasd qilsang, Allohga osiylik qilgan bo'lasan. Avvalo o'z jonimga qasd qilib yaxshilik qilayapman deb o'ylaysan, lekin buning oqibatida necha-necha gunohsiz insonlar ham qurbon bo'ladi. Bombani portlatganingda necha odam aziyat chekishini bilasanmi? Buni hech kim bilmaydi. Shunday ekan, bilginki, begunoh odamlarni o'ldirish jami insoniyat joniga qasd qilish bilan barobardir. Musulmonlarning aqliga shunday buzg'unchi fikrlarni kiritayotganlar o'z joniga qasd qilishni ham o'rgatadilar. Bu katta gunoh, qizim va u shaytonning sha'ridir. Men sening holatingni tushunib turibman. Lekin sening o'z joningga qasd qilishga ham tayyor turib, dunyo ahli "barcha musulmonlar terroristdir" deyishiga sabab bo'layotgan ishni qilmoqchi bo'layotganingga achinyapman.
Alloh bizga yordam bermayapti deb o'ylama, qizim. Bizning hozirgi, vaqtinchalik chorasizligimiz va kuchsizligimi payg'ambarimiz SAV tomonidan bashorat qilingandir. Biz birlashishimiz uchun ham aziyat chekishimiz kerak. Har bir o'z joniga qasd qilish esa chorasizlik va kuchsizligimizni orttiradi. Aynan shuning uchun ham dushmanlarimiz shunday holatlarning ko'p bo'lishini xohlaydilar. Ular bu narsalarni ataylab o'zlari tashkil etadilar.
Bizning yagona choramiz shudir: Alloh buyurganlariga labbay deyish. Biz Allohga duo qilishimiz kerak. Shundagina hotirjamlik bo'lamiz.

Qayd etilgan


muhibb  04 May 2010, 11:30:24

Kecha ishdan qaytayotib, avtobusga mindim. Avtobusda shunday oldimda 16-17 yoshlar chamasi, 2 ta bola va 1 qiz o'zaro gaplashib ketayotgan edilar. Suhbatlari atrofdagilarga eshitilar edi. Qisqasi,bolalar qizni "o'rayotgan" edilar. Qiz ham hayo qilmasdan, bemalol suhbatlashib ketar edi. yarim yo'lda, haligi bolalar tushib qolishdi. Qiz esa, yonginamda yo'lida davom etar edi. Nimagadir, vijdonim qiynalib ketdi. Qizni to'g'ri yo'lga chaqirmoqchi bo'ldim. Ammo atrofdagilardan andisha qilar edim. Shunda ajoyib fikr hayolimdan o'tdi. Telefonimda sms shaklida bir jumla yozdim:
"Qiz bola sal bosiqroq bo'lishi kerak!". va qizga tutqazdim: "Mana buni o'qingda!" Qiz o'qidiyu, qizarib ketdi. Yo'ldagi 4 bekatda kuzatib turdim, yerga qarar edi. Shkr qildim, qizlarimizda har tugul hayo ozgina bo'lsa ham qolgan ekan.
Allohim shunday qizlarga hidoyat nasib etsin.

Qayd etilgan