Bugungi kun mulohazalari  ( 1482018 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 296 B


ЖАМШИДЖОН  13 May 2010, 12:25:21

Assalomu aleykum!!!

Утган жумада биродар акаларимиз билан жумага борганди.  Кукон шахрини Шайхон диган масжидига. Уша шайхон масжидини имоми жуда чиройли ва инсонларга фойдаси тегадиган маруза килишади оллох рози булсин уша инсондан. Хуллас бориб утирдик кейин имом акамиз сигарет, ва Аос хакида маруза килиб колишди, шу пайтда йоши бир катторок акамиз имомга савол беришди. Имом нос билан сигарет харомми, бунга бирор далилиз борми диб колди. Аклли, такводор инсон билади нос билан сигаретди харомлигини, бунга далилди хожати йук. Шунда Имом акамиз жуда бир чиройли жавоб килишди.

Имом: Халиги савол берган одамга йузланиб носиз борми олдизда биродар дийишди,
савол:  бор
Имом: бир чимдин кулизга солиб огзизга солин
савол: солдим
Имом: енди носди йутин
савол: с кана йутаман харомку
Имом: а харом буса нимага чексбсиз носди.
Сигарет харом бумаса нимага бориб фарзандизга бермиз ё бумаса хотинизга - ота онезга бермисиз нимага уларди шу нарсадан хумор килишини хохламисиз. халиги савол берган одам ушу захоти нос идишини отиб йуборди купчилик шу марузадан тасирланди ва кими олдида сигарет буса хаммасини мусир идишга ташлаб кетишди.


Qayd etilgan


Muslima.bgm  17 May 2010, 15:56:00

2 kun oldin "Hachiko" laqabli it haqidagi filmni ko'rdim. Balki ko'pchilik ko'rgandir bu filmni lekin men 1 marta ko'rishim. Judayam yoqqan tarafi bu film hayotdan olinganligida. Filmni ohirida itning naqadar sadoqatliligini ko'rib ko'z yoshlarimni tiya olmadim. Chunki bunday sadoqatli insonlarni hayotda uchratish juda qiyin. Turmush o'rtog'i bo'laturib (uzoq safarga ketgan )unga hiyonat qilayotganlar qancha, do'stiga, ota-onasiga sadoqatli bo'la olmayotganlar qancha. U esa it bo'lsa ham olamdan o'tgan ho'jayniga sodiq bo'lib umrini ohirigacha u bilan uchrashgan ohirgi joyda uni kutdi. Mehr bersang mehr topasan degan gaplar bejizga aytilmagani shu kinoda yana bir bor tasdiqlangan deb o'ylayman.

Qayd etilgan


braupov  17 May 2010, 16:44:28

 :as:
Yoshligimdagi (2-3 yoshimda) oyim (yani onam) nonga saryog' surib ustidan asal surib berar edilar. Rosa maza qilib yer edim va men uchun dunyodagi eng totli narsa edi. uni xech narsaga alishmas edim......
Xozir ham nonga saryog' surib ustidan asal surib eyman lekin oldingi mazani bermaydi......
Manimcha oyim o'shanada o'z mexirlarini ham qo'shib berganlar shuning uchun ham mazasi totli bo'lgan bo'lsa kerak.
Barchaimizning onalarimizni ALLOH o'z panoxida asrasin.   
     
 

Qayd etilgan


Abu Muso  17 May 2010, 16:58:28

 :as:

InshaAlloh uylaninggu, o'sha mazani qayta his qiling...

Alloh sizga o'z menrini ayamaydigan rafiqa bersin!

Qayd etilgan


muhibb  17 May 2010, 17:05:59

:as:

InshaAlloh uylaninggu, o'sha mazani qayta his qiling...

Alloh sizga o'z menrini ayamaydigan rafiqa bersin!


Lekin ona mehri baribir boshqachada  ::) ::) ::)
Braupov do'stimiz bunday ne'matni ko'ra olmasalar kerak deb qo'rqaman :)

Qayd etilgan


Robiya  19 May 2010, 17:44:44

:as:

Bugun 7 sinf o'quvchilari bilan shahrimizning muazzam obidalarini tomosha qilgani, tariximizning ajoyib durdonalari tarixi bilan hamnafas bo'lish maqsadida sayohat uyushtirdik, alhamdulillah, hammasi ajoyib o'tdi... Bir narsaga amin bo'ldimki, kitobda o'qish boshqayu, ko'z bilan ko'rgan boshqa ekan... Kitoblarda o'qiganimiz Labi-Hovuz ansambli, Poyi Kalon, Masjidi Kalon, Minorai Kalon, Mir arab madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Ulug'bek madrasasi, Modarixon madrasasi... Ismoil Somoniy maqbarasi... Alhamdulillah, ajdodlarimizga ming ming rahmat, shunday ajoyibotlardan bahramand qilishgani uchun...

Meni xursand qilgani, qalbimni quvontirgani, ko'zimni kuldirgani HIJOBlilar, DO'PPIliklar yana ko'paymoqda...!

Alloh buyuk!

Alhamdulillah, alhamdulillah...

O'zi sobit qilsin!

Qayd etilgan


Ansora  20 May 2010, 11:39:54

A.alaykum. Barchangizga hayirli kunlar nasib bo'lsin inshalloh.

3.5 kun oldin Turkiyaning Zonguldak viloyatidagi ma'dandagi portlash natijasida 30 ishchi 540 metr yer ostida qolishgandi. Bugun 28 ishchining jasadi topilgan, 2 ishchining jasadi esa hali topilmagan.

3-4 kun bo'yicha ishchilarning oilalari, yaqinlari ming marotaba o'lib tirilishdi, ular bilan bog'liq xabarlar insonni yuragini ezib yubordi...

Turklar: "Non arslonning panjasida", deyishadi, rostdan ham shunday. Juda kam maosh olayotgan ma'dan ishchilari ertaga nima bo'lishlari bilmagan holda, har kuni uydagilaridan halollik tilagan holda ishga ketisharkan...Bu ishga majburlar, chunki Turkiyada ham ishsizlik kun sayi ortmoqda.

Alloh barchalarini rahmat aylasin, yaqinlariga sabr bersin...

Qayd etilgan


Sadulla  23 May 2010, 07:33:33

 :as:

Kecha kechqurun masjidga xufton namozini o'qigani chiqsam 3-4 yoshlardagi bi bolakay masjid ichida atrofidagi odamlarni tomosha qilib o'tiribdi.Negadir uni ko'rib xursand bo'lib ketdim.Bolakay bir atrofidagilarga qarar,bir yonida turgan kimningdir kiyimini ushlab bir narsalar qilardi.Biz jamoat bilan xuftonni farzini o'qidik va men beixtiyor orqada o'tirgan bolaga ko'z tashladim,bola o'zi bilan o'zi ovora bo'lib o'tirardi.Men sunnat namozini ham o'qib bo'lib yana bolaga qaradim, bola atrofidagilarni kuzata turib,birdan o'rnidan turdi va yonidagilarga taqlid qilib birinchi huddi ruku qilayotganga o'xshab egildi,keyin esa sajda qilayotganlarga qarab, huddi shunday qilishga harakat qildi.Men bunga qarab turib ich-ichimdan sevinib ketdim.Bu bolani masjidga olib kelganga ichimda rahmatlar aytdim.Yoshlikdan qalbi masjidga bog'langan bola kelajakda Ollohning suyukli bandalaridan biriga aylanishiga shubha yo'q.Barchaga farzandini qo'lchasidan ushlab,masjid sari odimlash nasib qilishini Ollohdan so'rab qolamiz.

P.S. Forumdagi ota-ona bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan userlarga biroz xasadim ham keldi. ;) ;) ;) ;) ;) ;) ;)

Qayd etilgan


Abu Muso  24 May 2010, 11:09:20

 :as:

Bugun kenja o'g'lim mendan qushning polopnini nima yeishini so'radi.

Bilsam kecha qandaydir qushning poloponini ko'chadan topib olibdi.

Mushugim bolalaganmasmi, uni mushuklardan saqlash uchun karton

qutiga solib, uxlaganda ham yonida olib yotibdi. Polopon chivin yeydi,

degandim, qarasam 10-15ta chivin ovlab kelibdi. Og'ziga tutsa yemabdi,

o'gzini o'zi qo'li bilan ochib chivinni tashlasa, yutib qo'yarmish...  ;D

Buvisi poloponinga suv ham tutyapsanmi, desa, bir piyola suv ko'tarib

kelib ichmayotganiga asabiylashyapti...  ;D


Bu holatlarni ko'rib beixtiyor bolaligim ko'z oldimga keldi... Qanday jonzot

bo'lmasin (hatto mayda hashoratlar ham) qo'limga tushib qolsa, darrov

uni boqib katta qilaman, derdim. Yashashiga sharoit yaratardim, butun

mashg'ulotim o'sha jonzot bo'lib qolardi. Mana oradan qancha yillar o'tdi...

Endi esa jonzotlarni emas, Alloh bergan farzandalrimni voyaga etqazyapman.

Bilsam, Alloh insonning yoshligidan ana shu otalik(onalik) tuyg'usini singdirib,

tarbiyalab borar ekan! Alloh naqadar Buyuk va Mehribon Zot!


Qayd etilgan


Robiya  24 May 2010, 16:06:15

:as:

Maktabda darslar kamaygani bois, sinflarda takrorlash darslari o'tilyapti...

O'tgan hafta payshanba kuni 5 - B singlarga tarixdan darsga kirdim... Mavzu: "Takrorlash".

Mavzular tugaganligi bois, nima qilsam ekan deb turgandim, shunda bir o'quvchim meni vaziyatdan opchiqdi: "Ustoz, 6 -sinflarga "Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!" qo'shig'ini yodlatgan ekansiz, bizga ham yodlating..." Xursand bo'pketdim... Tezda bo'rni olib, doskaga chiroyli qilib qo'shiq matnlarini yoza boshladim.

   Ilyos degan bola kim bilandir bahslashyapti"¦ Sekin ularni tinchlantirdim. Ilyos:

"œUstoz, kim bilandir urushgim kelyapti" deydidaa.. :)

"¦Hamma ko'chirish bilan ovora... Sekin qo'shiqni xirgoyi qilishni boshladim (ko'pchilik bu qo'shiqni eshitmagan, aytilishini bilishmas ekan). Sekin - asta bolalarni kuzata boshladim... Diqqatimni tortgani, Shaxboz ismli o'quvchim yig'layapti... Sekin ko'z yosh to'kyapti... Beixtiyor hayajonlanib ketdim...

Qo’shiqni tugatganimdan keyin "œurushqoq" o’quvchim Ilyos:

"œUstoz, bu qo’shiq zo’r ekan-da, urushgim ham kelmay qo’ydi" deydidaa.. :)

O'quvchilar yozib bo'lishib, qo'shiqni tinglab bo'lishib, endi aytishga tayyorlanishdi... Shunda men aytdim: "O'quvchilar, bunday qo'shiqlarni shunchaki aytib bo'lmaydi. Uni yurakdan ayting. Agar yurakdan aytsangiz, ko'zingizdan yosh quyiliiib keladi..."

Bitta o'quvchim savol berib qoldi:

"O'qituvchi, yig'laylikmi?" :)

"Sen o'zing istab yig'lamaysan, qalbingdan otilib chiqadi, agar yurakdan his qilsang. Qalbdan aytsang: O'ZBEKISTON HAQIQATDA MENI VATANIM, O'ZBEKISTONIM YAGONA......."

Sekin qo'shiq boshlandi...

O’quvchilar qo’shiq aytish bilan ovora, men ularni kuzatish bilan"¦ Yolg’on bo’lmasin 3-4 tasi yig’ladi, endi qanday ko’z yosh bilmadimu, harqalay ko’zidan yoshi chiqdi"¦

Qo'shiqni tugatgach, hamma bolalardan taassurotlarini so'radim... Bir-biriga so'z bermay gapiradi hammasi :)

Allohga shukr, yoshlarimiz Vatanni qadrini bilib o'syapti... Uning rivojida o'zining o'rni borligini his qilyapti... Xudo xohlasa, ravnaqi uchun xizmat qiladigan ajoyib kishilar bo'lib yetishadi...:)



Qayd etilgan