Kecha kechqurundan boshlangandi yana yomon xabarlar olishimiz.
İskenderun/Hatay shaharida dengiz quvvatlariga tegishli askariyaga terroristlar raketa bilan o't ochishgan, natijada esa 7 askar shahid bo'ldi (Rabbim rahmat aylasin) 6 askar esa yaralangan...
Saharlab esa G'azzaga yo'lga chiqqan oziq-ovqat-dori-darmon to'la yordam kemasiga İsroyil armiyasining hujum qilgani xabari Turkiya xaqlini oyoqqa turg'izdi.
Bugun namoyishlar Turkiyaning İstambul Taksim maydonida kun bo'yi davom etdi.
Aniq bo'lmagan xabarlarga qaraganda 17 tinchlik elchisi o'ldirilgan, 30 ga yaqin inson esa yaralangan. Kemadagi 600ga yaqin yo'lovchidan 300ga yaqini Turkiyani Vatandoshi bo'lib, o'ldirilganlardan qanchasi Turk ekanligini haliyam aniqlanmadi.
Kemalardan aniq xabar olinmayabdi, sababi İsroyil davlati butun operatsiyalarini yashirincha amalga oshiryabdi.
Dunyoning yirik davlatlari esa har doimgiday yana jimjitlar, Birlshgan Millatlar faqat İsroyilni ogohlantirishdan nariga o'tmaydi.
O'ylab qolasan, qani adolat, qani butun millatlar bir hil qadr-qiymatga ega edi???
Eng jiddiy javobni esa Eron Prezidenti Ahmedinajot bergan:
Bu voqea İsroyilni yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi....