Bugungi kun mulohazalari  ( 1482894 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 296 B


Ansora  24 Iyul 2010, 01:07:38

Chustiy, bu rasmlarni, hafta kunlariga ham qo'yishgandi, juda qiziq chiqqandi:)

Qayd etilgan


BelleQizcha  24 Iyul 2010, 05:33:10

muncha shirin bulaaa.. biran zor chiqibdi ayniqsa ohiridagisini oynashi boshqacha.

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Iyul 2010, 22:47:23

Bugungi Kun Juda Ham Yaxshi O'tdi allohga Shukur.Odatdagidek Ertalab Bomdodni O'qib Ishga Yo'l Oldim,Keyin Peshinga Bozor yonidagi Masjitga Kirdim,Keyin Soat uchlarda uyga Qaytib Kegandim Ayam Jiyanini Ko'rgani ketypamiz deyishdi,MMan Ham Juda ham Sog'inib Ketgandim Birga Ko'rgani Bordik,Bugun 20 kunlik Bo'bdi lekin Allohga Shukurki Kulishni Odamni Hursand qilib Yuborar ekan,Ko'z Tegmasin.Alloh Taolo Umri bilan bergan Bo'sin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Iyul 2010, 14:51:31

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

Inson o'zi shunaqa: yonimizda bizga bor muhabbati bilan mehr berayotganlarni ular bizga yaqinliklarida kam tafakkur qilamiz, ularning mehru muhabbatlarini kundalik bir oddiy qilinishi kerak bo'lgan e'tibordek qabul qilamiz. Vaqti kelib, bu mehr va muhabbat taftidan uzoqlashganimizda esa, o'sha mo'tabar, aziz insonlarimizni qo'msay boshlaymiz. Kunda aytiladigan "o'g'lim, yaxshi uxlab turdingmi?", "Qorning ochmadimi?", "Charchab qolmadingmi?" degan so'zlarning ham qanchalik qudratga ega ekanligini afsuski, ular oldimizda bo'lmagan paytlarda his qilamiz.

Ota-onanning farzandga mehri hech qachon so'nmaydi. Katta bo'lib, oila qurish yoshiga yetsak-da, biz uchun hamon "qo'zichog'im", "toychog'im" kabi erkalashlar ataladi. Ular bizni xuddi yosh bolalardek asrab-avaylashadi.

Bir kuni uyga borganimda so'rida erta uxlab qolibman. Kechroq uyqum qochdi. Dadam haliyam uyg'oqlar. Onamga gapiryaptilar: "Qo'zichoq rosa charchabdi, qarang, asal bo'lib uxlashini...". Men eshitib yotibman, biroz kulgim qistadi. Keyin dadam oldimga kelib: "Qo'zivoy, tur joyingga yotvol" dedilar. Men kulimsiragancha, o'z joyimga yotdim. Dadam esa nimadan kulimsiraganimni ham bilmasdilar...

Onalar... Ulardagi mehrning ta'rifi yo'q. Onalar... Ular shunday zotlarki, bizni o'ylab yig'laydilar, ozginagina mehrimizdan suyunib o'zlarini qo'yarga joy topa olmaydilar. Biz esa ularni kam eslaymiz. Qachonki boshimizga biron mushkul tushganda, o'sha mehri daryo insonimizni eslab qolamiz. O'sha beminnat, samimiy mehru muhabbatni qo'msab qolamiz...

Farzand onaning bag'ridan yaralgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zida biz yashirsak-da, ular bilib olaveradilar. Ba'zida og'rib qolganimda uyga telefon qilsam, onajonim: "qo'zichog'im, og'rib qoldingmi, yoki manga shunday tuyuldimi, bolajonim..." deya so'rab qoladilar. Yo'q, hammasi o'tib ketganini aytaman... Qayerdan bildilar ekan-a? Bir kuni ishdan kelayotib qornib qattiq siqib og'rib qoldi. Yurishga qiynalyapman. Qornimni changallagancha bekat tomon yuraman. Shunda xayolimdan o'tkazdim: onajonim yonimda bo'lganlarida hozir... Asal choy berib qornimni bog'lab qo'yardilar... Og'riq ham o'tib ketardi... Alloh-alloh! Shuni o'ylagan zahotim yarim soatdan beri meni azoblayotgan og'riqlar taqa-taq to'xtadi...

Onalarning bizga beradigan mehru muhabbatini qanchalik qaytara olayapmiz...? Hisoblashga, ijobiy javob berishga urinmang... Alllohim onalarni o'zi shunaqa bebaho qilib yaratgan. Ming chiransak ham ulardek mehr ko'rsata olmaymiz. Yagona umidimiz ularning xizmatlarini sidqidildan bajarish va roziliklarini olishdir.

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

18.06.2007

Qayd etilgan


Ansora  31 Iyul 2010, 11:46:03

AbdulAziz, barchamizning ichimizdagi gaplarni yozibsiz yillar oldin, Alloh rozi bo'lsin. Ham onamni sog'inib, ham bolamga tikilib ko'z yoshlarimni tiya olmadim)

Onalik- hech narsaga o'hshamasligini men ham o'z tanamda, fikrimda, xayollarimda his qildim, qilyabman alhamdulillah.
 
Abdulaziz Ensar bilan 24 soat birga o'tkazishimizga qaramay, uhlaganida shunaqangi sog'inamanki, tez tez borib tepasida tikilib turibman. Havo issiq bo'lganligi uchun kun soatlariga qarab xonamizni almashtiryabmiz kichkintoy bilan. Qaysi xonada uhlayotgan yoki yotgan bo'lsa men ham shu yerga joylashaman, narsalarim bilan. Uzoq turishga chidamay:)
Kechasi uhlagandan keyin yuziga to'yib to'yib qarab olaman. O'pishga inson achinadi, kichkinagina yanoqlar, ozor beradiganday bo'laverasiz...

İnson bolasi-hislar chambarida o'tkazarkan hayotini. Avvalo onam deysiz, keyin bolam, keyin nevaram...

Ona sevgisini, shafqatini ko'rdik alhamdulillah, endi navbat bizda. Rabbim barcha ayol-qizlarga onalik tuyg'ularini nasib aylasin iloyim...

(Ayni damda kichkintoy yumshoqqina bolishda tebranyabdi, orada malaklarni ko'rib kulimsirayabdi yana)

Qayd etilgan


UzMuslim  31 Iyul 2010, 14:33:35

Bugungi Kun Haqida Gapirib Bersam Ertalabdan Kayfiyat Ozgina Yo'qroq Bo'ldi Bomdodni O'qib Ishga chiqdim,Bozorda ham Nimagadir Boshim Og'rib Yurdi Lekin Soat 8larga Kelib Asab Umuman Qomadi O'ndan Keyin Esa Allohga SHukur Yaxshi Bo'lib Qoldim,Dori Ichdim Bu O'rinda ONam Havotr olib bir necha martda Tel qildilar.Onalarimiz Baxtimizga doim Sog' Salomat Bo'lib yurushsinde,Alloh TAolo Ularni O'z Panohida Asrasin.KeyiN UYga Keldim ,Peshinni O'qib Forumga Kirgandim Yana Kayfiyatim Buzilib Ketdi,Endi Toshkentga Ketishga Tayyorgarlik Ko'rib,Soa 3Larda Toshkentga Ketadigan Bo'lib Turibman..,

Qayd etilgan


Abdulhafiz  31 Iyul 2010, 21:32:19

Bizda bugun ertalabdan hammayoq tutun, quyuq tumandek uzoqroqni ko'rib bo'maydi hozirgacha davom etmoqda...
Xabarila bo'sa Rusiyaning ayrim hududlarida o'rmon yong'inlari davom etmoqda. Bizi qishloqga yaqin o'rmonlada ham hafta boshidan ba'zi joylarda oz-ozdan boshlangandi hafta o'rtasiga kelib ancha kattalashdi payshanba juma kunlari o'tni o'chirishda vertolyotlardan ham foydalanishdi... Hozir esa hammayoq tutun...
Allohim o't va suv balosidan asrasin.

Qayd etilgan


BelleQizcha  02 Avgust 2010, 01:18:39

assalom alaykum aziiz porumdoshlar,..
oilayam bir kichkina vatancha ekan.. kichkina vatandan ayrilsa odam qanchaa qiyinlada.. lekin Kotta vatandan odam ayrilmasin ekan.. Yana hohishsiz kelgan musofirlarga qiyin ekan..
 mana ikkinchi kunim new yorkda hohishsiz kelgan musufirlar ustida maruzalar yozib yuribmiz.. praktika uchun.. boshida eyy yoz kuniyam tinch qoyishmiydi didim..
lekin borganimdan kiyin shu aytgan gaplarimdan afsuslanib kettdim..
Og'zini ko'pirtirib VATAN VATAN dib yotgan odamlarni nafratlanib kettdim.. nega shu vatan diyishadi undan kora ozini vatandoshiga yordam bermiydi dib oyladim ichimdaa..
Qancha-qancha musulmonlar bu musufirilkda qiynalishgan, kiyin yo'liga tushib ketsa ham,, osha vatandan kora yaxshi yashayotgan bolsa ham yana ozini tugulgan joyini maqtiydi,. qoil qoldim......

o'n kishidan intervyu oldim.. oninchi qari inson Pokistonlik bolib musulmonlardan edi..,juda manoli gapirdi,,, ham kuldirdi ham yig'lattdii huddii Rahmatli dadamga oxshattdim,,..

ohirida Vataningizini sevasizmi yokiy new yorkni dib savol ettdimm.. menga bir pas qarab,,, ko'rsatkich barmog'i bilan tepani korsatdi men u vattani yaxshi korraman deb ayytdi..

bu gaplarim kopchik tushunmas lekin vatan ona yurt o'tkinchi gaplar ekan digim kelyapti lekin buuu ancha mulohaza boladigan gap;...

Belleqizchadan...

Qayd etilgan


braupov  02 Avgust 2010, 15:04:02

 :as:
Bir narsaga hayronman ko'pchilik og'zida bir gap imtixonda shapgalka o'xshmadi. nima deyishni ham bilmidi odam ''battar bo'pti desam'' hafa bo'lishadi, ''afsus'' desam kelajagimizga xiyonat qilgan bo'laman.............     

Qayd etilgan


Muhammadali  02 Avgust 2010, 15:22:51

Assalomu alaykum Brodarlar. Sizlarga bir brodarimdan eshitganim yaqinda bo'lib otgan voqeani yozib bermoqchiman.
Brodarimni aytishi boyicha bu hikoya quyidagicha:
Bir musulmon kishi bir olimning oldiga borib sorabdi?
- Ey ustoz man hayomtimni Rasulullohga tobelik qilish bn otkazmoqdaman. Men Rasulullohning (SAV) Ashoblari bilan mening ortamdagi farq nima ekanligini bilmoqchiman. Doimo besh vaqt namozdan tashqari nafl namozlarini oqiyman. Neki davlatim bolsa barchasini Allohni yolida faqiru fuqarolarga tarqatib yubordim. Doimo kechalari qoim bo’lib, kunduzlari soyimman (ro’zaman). Insonlarga qolimdan kelganicha yordam beraman. Hullas jamiyki yahshi ishlarni qilishda bardavomman. Manga aytingchi meni u sahobiylardan farqim nimada? — Debdi.
Olim odam — Farqingiz nimada ekanligini bilmayman — deb Javob qilibdi.
Savoliga javob ololmagan kishi uyga qaytibdi. Hufton namozidan keyin bir oz yonboshlab uyquga ketib qolibdi. Tushiga Muhammad Mustafo Sallolohu Alayhi Vasallam Kiribdilar. Rasulullohning o’ng taraflarida Abubakr Siddiq (R.A) chap tomonlarida shu kishining ozi yo’lda ketayotganmishlar. Bir payt katta tosh Rasululloh tomonga juda tezlik bn yumalab kelayotgan ekan. Haligi kishi — biror narsani topsamu Rasulullohga kelayotgan toshni yoliga tashlab uni harakatini to’htatsam — deb, kattaroq narsani yerdan qidira boshlabdi. Shu payt Abu Bakr siddiq (r.a) osha toshning yo’liga ozlarini tashlabdilar. Shunda Rasululloh (sav) haligi kishiga qarab — Menin ashoblarim bilan sening farqing manashundadir — debdilar.

Qayd etilgan