Bugungi kun mulohazalari  ( 1483625 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 ... 296 B

As-Samarqandiy  09 Dekabr 2010, 20:08:11

 :bsm:

Kun mulohazasi,  Hayot

Hayot - guyoki uzoq safarga chiqqan bir karvon. Biz insonlar esa usha karvonga ergashgan sayyohlarmiz. Yo'limiz olis. Manzil aniq. Ammo maqsad nima? Nima maqsadda bu safarga chiqdik?

Har bir ishning, har bir kishining maqsadi bo'lgani kabi, safarimizning ham maqsadi bor. Maqsadsiz odam manqurtdir.

Hayotimiz to'rt faslda iborat. Bahor, yoz, kuz va nihoyat qish. Bahorda g'uncha bo'lib ochilamiz, yozda yetilamiz, kuzda hazon bo'lib to'kilamiz, qishda qolgan hazonimiz ham chirib yo'q bo'ladi. Mana shu to'rt fasl butun safarimiz mobaynida bizlarga hamroh bo'ladi. Avvaliga bilmaymiz, bahor qanchalik beg'ubor ekanligini, bilmasdan o'tkazib yuboramiz. Bilamiz, yoz qanchalik g'animat ekanligini, bilib tursak ham shunchaki o'tkazib yuboramiz. Bilmaymiz, kuz qanchalik tez o'tib ketishini, yuraveramiz qarisak ado etamiz qarzimizni deb. Bilamiz, qish qanchalar qahri qattiq ekanligini, bilmaymiz unda kech bo'lishini, qarzlarni ado etishga.

Bu karvonning  bag'ri shunchalar kengki, unda yaxshiga ham, yomonga ham joy bor. Sen yomonsan tashlab ketmaydi, sen yomonsan deb yo'lidan adashtirmaydi. Yo'ldan chiqqan har narsaga ishonib ketadiganlar tog'ri yo'lidan adashib qolishadi. ...

Qayd etilgan

AbdurRohman  09 Dekabr 2010, 20:17:52

 :as:

Odamzot oldindan nima o'zi uchun xayrli bo'lishini xich qachon bilmas ekan. Bu narsa yolg'iz Allohga a'yon ekan.
Poytaxtga kelib ishga joylashish uchun rosa 4 oy sarson bo'ldim. Ishga joylashtiraman digan kishi qo'li juda ko'p joyga yetardi. Lekin negadir mani ishim, o'sha inson uchun juda oson bo'lgan ishim xicham hal bo'lmadi. Juda uzoq ovvoragarchiliklardan charchab, hammasiga qo'l siltadimda, Buxoroi sharifga yo'l olish taraddudiga tushib qoldim. Aynan Buxoroga ketaman digan kunim hali kishi bilan otam birgalikda ujin qiladigan bo'lishibdi. Manam bordim, yaxshi ovqatlandik, yaxshi suhbatlashdik. Gap orasida haligi odam "sani ishingni nima qilamiz" dip so'rab qoldi. Man esam endi buxoro ketmoqchiligimni hammasini "otkaz" qilishlarini aytdim. Shunda haligi kishi bir narsa esiga tushgandek "to'xtachi, bittasiga tel qivoli" didi. Ken telda kim bilandir gaplashdi (ayni paytda boshlig'im). Gaplashib bo'lgach hozir ishlab turgan joyimni adresini berib "Asadov Umar ismli kishiga uchrash" didi. Xullas o'sha kuni Buxoro ketmadim. Ertasi kuni esa bordim, Juma kuni ekan. Bordim suhbatlashdim, SubhanAllah, Allohni qudratini qarang bu gal mani juda taqvoli, ilmda ham, amalda ham bardavoom bo'lgan bir kishiga ro'para qildi. Propiska va shunga o'xshash problemalarni o'zi hal qilishi aytdi. Mana bugun 3-kun ishdaman. Allohga shukr, muhit ajoyib, kollegamiz zo'r, hamma bir birini juda hurmat qiladi, boshlig'imiz esa har bir ishchi havas qiladigan boshliq. Bu yerda "manga raqobatchi keldi" digan gap mutlaqo begona ekan. Hamma bir-biriga yordam qiladi, hamma bir-birini hurmat qiladi. Allohga beadad shukr. Ertaga inshaAllah boshlig'imiz bilan birgalikda Jum'a namozini o'qiymiz.!

Alloh barchamizga xayrli kasb va amallarni nasib etsin.  :amn:

PS: xoz shu narsalarni yozib turib, boshlig'imiz xonasidan taralayotgan Qur'on ovozini eshitib turib yanada ta'sirlanib ketvomman. Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan

AbdurRohman  09 Dekabr 2010, 20:24:33

:bsm:

Kun mulohazasi,  Hayot

Hayot - guyoki uzoq safarga chiqqan bir karvon. Biz insonlar esa usha karvonga ergashgan sayyohlarmiz. Yo'limiz olis. Manzil aniq. Ammo maqsad nima? Nima maqsadda bu safarga chiqdik?

Har bir ishning, har bir kishining maqsadi bo'lgani kabi, safarimizning ham maqsadi bor. Maqsadsiz odam manqurtdir.

Hayotimiz to'rt faslda iborat. Bahor, yoz, kuz va nihoyat qish. Bahorda g'uncha bo'lib ochilamiz, yozda yetilamiz, kuzda hazon bo'lib to'kilamiz, qishda qolgan hazonimiz ham chirib yo'q bo'ladi. Mana shu to'rt fasl butun safarimiz mobaynida bizlarga hamroh bo'ladi. Avvaliga bilmaymiz, bahor qanchalik beg'ubor ekanligini, bilmasdan o'tkazib yuboramiz. Bilamiz, yoz qanchalik g'animat ekanligini, bilib tursak ham shunchaki o'tkazib yuboramiz. Bilmaymiz, kuz qanchalik tez o'tib ketishini, yuraveramiz qarisak ado etamiz qarzimizni deb. Bilamiz, qish qanchalar qahri qattiq ekanligini, bilmaymiz unda kech bo'lishini, qarzlarni ado etishga.

Bu karvonning  bag'ri shunchalar kengki, unda yaxshiga ham, yomonga ham joy bor. Sen yomonsan tashlab ketmaydi, sen yomonsan deb yo'lidan adashtirmaydi. Yo'ldan chiqqan har narsaga ishonib ketadiganlar tog'ri yo'lidan adashib qolishadi. ...

To'g'ri yo'ldan adashishdan Alloh asrasin. Barchamizni O'zi ko'rsatgan yo'ldan yurishni nasib etsin. Bizlarni islomda va iymonda sobitqadam qilsin!!!  :amn:

Qayd etilgan

UzMuslim  10 Dekabr 2010, 07:40:51

 :bsm: :as:
Allohim Suygan Kun Jum'a Tongi Barchamizga Qutlug' bo'lsin,har Bir Kunimiz Mana shundey Fayz ila Boshlanishi Allohdan so'rab qolaman.Mana shu Kunlarga Yetkazganiga Alloh Taologa Shukuronalar Bo'lsin.

Qayd etilgan

Habib  10 Dekabr 2010, 15:13:36

Assalomu Alaykum
Borliq olamga bugungi ulug' kun muborak bo'lsin!
Jum'a namozidan keyin Allohni irodasi bilan 3 kishining janozasi o'qildi. 85 yoshli  onaxon, 71 yoshli otaxon va 58 yoshli otaxon(Vallohu A'lam) ekanlar marhumlar. Alloh rahmat qilsin.
Masjid atrofida juda ko'p odamlar yig'ilib turishdi. 3 mayyitning holati ham ularni masjidga kirib Jum'ani ado qilishga turtki bo'lmadi shekilli..
Alloh asrasin!

Qayd etilgan

AbdurRohman  10 Dekabr 2010, 15:28:43

Alloh hidoyat bermasa bandalari harakatlari befoyda, hatto o'lim ham ta'sir qilmagan. Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin  :amn:

Qayd etilgan

Ansora  10 Dekabr 2010, 16:50:00

 :as:

Bugungi kun juda boshqacha kun bo'ldi. Hayajonlar bilan to'la. Sababi O'zbekistonimni-uyimni, onajonimni nafasi keldi. O'g'limga atab olgan sovg'alari, Vatanimni mayiziyu o'rik qoqisi keldi:) alhamdulillah. Ko'p marotaba sovg'a olganman, lekin buni ta'riflash juda qiyin. Kargo hodimi omonatlarimni berdi, men esa hayajondan, bir on avval qutini ochishni istasam ham qo'llarim harakat etmasdi...Bu bir jonsiz quti emasdi, ichi yaqinlarimni ko'z yoshlari, sog'inch-hasratlari bilan to'la qalb edi:(

Oh onajonim-a bolajonimga atab tikkan ko'rpachangizni har qoviganingizda bilmadim qanchalar yosh to'kdingiz, unga atab allalar aytgandirsiz, bilaman...
Jonim singlim men uchun olgan kiyimlaringni kiyganimni ko'ra olmaganing uchun qanchalar xafa bo'lib ko'z yoshlaringni ichingga yutgandirsan azizam...rozi bo'l...

O'g'lim bu kiyimlarni kiysa Podishox, Sultonday bo'ladi, inshalloh:)
Uyqusidan tursin, uni qancha antiqa sovg'alar kutyabdi.

Oh bolajonim sen esa hech narsadan xabaring yo'q pishillab uxlayabsan.

Bir bilsang edi, seni qanchalik yaxshi ko'rgan buva, buving, xolayu tog'alaring bor...

Rabbim nasib qilsinda, tez orada ularni ko'rish nasib qilsin, ana shunda o'zing his qilasan qanchalar sevilganingni...

Allohim, bu kuningni yuzi suvi hurmati barcha ota-ona, tug'ishganlarimizni panohingda asra, ulardan rozi bo'l...

Qayd etilgan

Solihatun  10 Dekabr 2010, 17:50:25

Bugun juda g`alati kun bo`ldi ???

Auditoriyammi topomadim  ;D

Qayd etilgan

Nurilla  10 Dekabr 2010, 18:25:25

Bugun manga juda zo'r kun bo'ldi. Muborak kun Jum'a kuni, 1,5 yoshlik jiyanim bilan 1 soat bo'lsa ham mazza qilib o'ynadim. Yoshligim esimga tushib ketti. Jum'a namozini o'zgacha huzur bilan o'qidim. Akammi damaslarini 15 bo'lsa ham mazza qilib haydadim. Hullas, kunim zo'r o'tti.

Qayd etilgan

Aqoid  10 Dekabr 2010, 19:35:41

Bugungi kunni bir birodarimizni zahmatga qo'yish b-n o'tkazdim. Oshna go'zal hulq egasi ekanligiz bizni benihoya quvontirdi. Bizga ham yuqsin deb duo qip qo'ydik.

Qayd etilgan