Bugungi kun mulohazalari  ( 1482212 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 ... 296 B


Ansora  14 Fevral 2011, 13:46:56

Azizlar, bu kecha Mavlud qandili ekan. Payg'ambarimiz (S.A.V)ga bag'ishlangan duolarimiz qabul bo'lsin inshalloh...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Fevral 2011, 17:00:50

YO'L O'YLARI

Shaharda nima ko'p? Damas. Shunga yarasha yo'lovchi ham ko'p.
Kattalarimiz ta'lim berarkanlar: "O'g'lim, mana mashinaga ham ega bo'ling. Yo'lda ketarkansan yo'l chetida turgan qariyalar, xomilador ayollar va bolalarni olib, manziliga xolis eltib qo'y. Baraka topasan" deyishadi.
Lekin... hozirgi yosh "shofercha"lar yuqoridagi o'gitga amal qilish tugul, yo'l chetidagi yo'lovchilarga yomg'irda suv, quruq kunda chang sepib ketadigan bo'lishgan.
Hozir ham "Damas"da kelarkanman, ikki yosh bolakaylarning qo'lida ikki yuz so'mlikni hilpiratgancha mashinani to'xtatayotganliklarining guvohi bo'ldim. Ne qilsin? Bu puli borligining, yo'lkirani albatta to'lashining dalolati. Shunday qilmasa, "Damas" to'xtamaydi. To'xtasa ham, ko'zi alanglagan ba'zi "shofercha"larning "puling bormi o'zi?" deyishidan zada bo'ladi...

* * *

Otang bozor, onang bozor. Dunyoni ko'rmoqchi bo'lsang, bozorga kir.
Bozor eshigidan ichkariga kirarkanman, odamlarni kuzataman. Xursand holda chiqib ketayotgani kam topiladi. Kimdir o'zini "dehqonman" deya aldagan olib-sotardan norozi. Kimdir ustiga eng yaxshilarini terib qo'yib, menga ezilganini berdi deya sotuvchidan norozi. Kimdir esa  o'zidan norozi. Muncha go'l bo'lmasam? Xuddi shu mahsulot mana bu yerda ikki barobar arzon ekan-ku? Hozirgi zamonda xushyor bo'lmasang eng arzon bozordan ham eng qimmat narhga savdo qilasan. Xullas, o'sha har tur insonlar uchraydigan ko'hna sharq bozori.
Bir akaxonni uchratdim. Xursand holda, yuzlarida kulgu bilan bozordan chiqyaptilar. Taglarida nogironlar aravachasi, orqasidan bolalari yetaklab olgan. Lekin chehrada bu ko'rgulikning asari ham yo'q, boshda munchoqdek marg'ilon do'ppisi, yuz nur sochmoqda.
Bozorga kirayotgandagi barcha o'ylarim uchdiyu-ketdi. Men ham tabassum qila boshladim...

Qayd etilgan


dust  15 Fevral 2011, 17:41:00

Kechegi yog'ingarchilyni oqibatida bugun o'quv yurtimizga teyishli bog'cha yopilibdi ,sababiga qiziqsam ustozla bog'cha binosi bambuktan qurilgan va kechegi sel sabab bino suvga tolgan dib etishdi.Darstan ozod vohtimda borib ko'rdim .Yog'ingarchili sabab yig'ilgan suv bogcha binosini yarmigachen suv qoplagan.Bog'chaku bir necha kun ishlamidi Suv tortilib yerla qurisa yana ishluvrarkan.Amo bog'cha roparaside oddi halqla yashidigan bambuktan tiklangan binolada yashidigan oilalachi. :'( Har oilada kamida ikta uchta yosh bolachala.Yig'ilgan ko'lme suvda 5-6 nafar 3-4 yoshli qiz va bolachala suv sepish o'ynavotti kuzatib turib yure ezilmasliyini ilojisi yo. :(.Yanayam alamlisi kechegi yog'innan yig'ilgan bu "ko'lcha" qurib ulgurarmikan hoz yana yomg'ir boshladi shiddat minan.Bu halqqi bunde nochorlari qancha ko'p bo'sa puldorlari kim o'zarga ichi to'lsa to'lmasa maktab yo qandedir o'quv dargohi qurishlikka mukkasidan ketkan.Voholanki bor o'quv yurtlari o'qishshi istovchila minan to'lmedi bazilari qurilib bitkazilganidan beri bosh yotib nurashshi boshlagan.Yanayam hayratlanarlisi bu yurtta deyarli benamoz insonni uchratmisz hammasi "dindorli" dovosida.Bu faqir halqlani haqqi kimdan soraladi dib oylanib qayttim. :-[

Qayd etilgan


Ansora  15 Fevral 2011, 19:44:08

Navoiy g'azallarini joylar ekanman, doimo hayratga tushaman...

Men-ku tayyor g'azallarni joylayman, deb bazan adashib ketay, deyabman:)

Hazrat g'azallarni yozar ekanlar, hech bir g'azalni ikki marta yozgan paytlari bo'lganmikan ajabo...

Qayd etilgan


AbdurRohman  16 Fevral 2011, 11:24:56

Imom Navaviy aytadilar: «Bilginki, tortishuv goh haq, goh nohaq bo‘ladi. Alloh taolo aytganki:

«(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar» (Ankabut surasi, 46).

«...Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala — munozara qiling!» (Nahl surasi, 125).

«Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib-tortishurlar...» (Fofir surasi, 4).

GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy

Qayd etilgan


Habib  16 Fevral 2011, 14:46:33

Аллоҳга беҳисоб шукроналар бслсин.
Ҳамиша Ўзи қслласин!
Бугун тарозига чиқиб, оғирлигимизни слчатдик. 110 кг чиқдим. Кайфистим кстарилди. 10 килога вазн ташлабмиз. Ларҳезда ҳам гап ксп скан. Спорт билан шуғулланмасдан 10 кг ташладик. Агар спорт билан шуғулланиб, парҳез қилинса, Ҳабибни танимай қоларкансизлар, Валлоҳу Аълам.


Qayd etilgan


Ansora  17 Fevral 2011, 15:12:54

Internetda bir gap yuribdi:

Mel Gibson Musulmon bo'lgan emish. Sababi kino suratga olayotgan joyda uzoqdan azon ovozi eshitilib, juda ta'sirlanibdi. Dinimiz haqida o'rgana boshlab, Musulmon bo'lganmish....

Qani endi rost bo'lsa, Dinimiz bilan bog'liq Mel Gibson kinolar suratga olsa...

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  18 Fevral 2011, 10:25:38

Uraaaaaa!!!
bugun Toshkentga rostmanasiga, (endi!) qish keldiii!!
hammayoq oppoq qor! Daraxtlar egilib qolgan, archalar oq paltoni egniga ilgan, mashinalar tezligi susaygan, eng muhimi bolajonlar yuzda qor tabassumi!
umpalaqiton rampalaqiton:))))

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Fevral 2011, 10:42:38

Uraaaaaa!!!
bugun Toshkentga rostmanasiga, (endi!) qish keldiii!!
hammayoq oppoq qor! Daraxtlar egilib qolgan, archalar oq paltoni egniga ilgan, mashinalar tezligi susaygan, eng muhimi bolajonlar yuzda qor tabassumi!
umpalaqiton rampalaqiton:))))

Ko'zimizni kuydiryapsizlar...
Shartta chiqib rasmga olib tashlamadizmi?
Ikki qo'lni jag'imizga qo'ygancha termuliiib o'tirardik.
Bizdayam qor yog'saydi...
Kichkina o'rtoqchalarim "Qor! Qor!" deya ezilib ketishdi.
Maza qilib biz ham qorbo'ron o'ynardik...

Qayd etilgan


Habib  18 Fevral 2011, 11:14:57

Uraaaaaa!!!
bugun Toshkentga rostmanasiga, (endi!) qish keldiii!!
hammayoq oppoq qor! Daraxtlar egilib qolgan, archalar oq paltoni egniga ilgan, mashinalar tezligi susaygan, eng muhimi bolajonlar yuzda qor tabassumi!
umpalaqiton rampalaqiton:))))

Ko'zimizni kuydiryapsizlar...
Shartta chiqib rasmga olib tashlamadizmi?
Ikki qo'lni jag'imizga qo'ygancha termuliiib o'tirardik.
Bizdayam qor yog'saydi...
Kichkina o'rtoqchalarim "Qor! Qor!" deya ezilib ketishdi.
Maza qilib biz ham qorbo'ron o'ynardik...
Ассалому Алайкум
Чиндан ҳам, Лобархон айтганча бор. Қор ксзни очирмайдиган даражада ёғспти. Кеча кечқурун соат 20 ларда ҳам ой булутлар орасидан ксриниб, борлиқни нурафшон қилишга ҳаракат қилаётган сди. Тонгда бслса ҳаммаёқ оппоқ қорга бурканиб улгурибди.
АбдулАзиз, бир мошина қор жснатворамиз Аллоҳ насиб қилса.

Жумламизга осмондан тушган баракага бурканган, қутлуғ Жумаъ муборак бслсин!

Qayd etilgan