Assalamu alaykum. Allohga shukr yana ko'klamga yetishdik. Daraxtlar gullab, zaminimizga yashil libos naqadar yarashadi. Qushlar ham chug'urlashib qolishdi... Har yili musichalar derazamiz tokchasiga in qurib bola ochadi. Polaponi do'mboq bo'lib, qanot yozishni boshlashi hamono zag'izg'on, mayna "ilib" ketishadi. Bu yil yana in qurishni boshlab derazamiz tokchasiga qurilish materiallarini yig'a boshlashdi. Hayday desak, qo'rqamiz, mayli in quraversin desak yana har doimgidek bir xil holat guvohi bo'lishdan bezillaganmiz. 2 hafta tuxum bosib yotib, bolasi chiqqach uni parvarishlab, ovqatlantirib, zag'izg'on og'ziga yemish bo'b ketishini chetdan kuzatib turish judayam og'ir... Judayam ko'nglim bo'sh...