Assalamu alaykum!
Hammalaringga duoi salom !
Bugun birinchi marta bu forumga kirib óqidim va javob yozyapman. Davralaringga yahshilar qatorida qabul qilasizlar deb umid qilaman.
Assalamu alaykum va rohmatullohi.
Off:Forumga xush kelibsiz,postlaringiz davomli bo'lishini tilab qolamiz
On:Kecha televizorda bir reklamada talaba qizning ham o'qish,ham san'at,ham sport yo'nalishida faoliyat olib borayotganini ko'rsatib qolishdi.Shunda onamlar:"Zamonaviy qizlar deb mana shularni aytadi,yangi chiqqan xar hil kiyimlarni kiyib yurgan qizlar zamonaviy emas,zamon bilan hamnafas yurgan shunaqa tirishqoq qizlar zamonaviy bo'ladi.Bizda hamma zamonaviy qizlar deganda boshqa narsani tushunishadi "-deb qoldilar.Meni bu gap o'ylantirib qo'ydi.Onamning gaplari to'g'ri edi,mening ham bir kursdoshim o'tgan yili talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi(bizlarga ham nasib qilsin).Bu yil boshida biz bilan birga til o'rganish markaziga yozildi,undan tashqari to'quvchilik,pianino chalish kurslariga ham boradi.Onamlarga u haqida aytgan edim: "Ha mana shunaqalarni zamonaviy deydi"-dedilar.Meni ham zamonaviy qizlar haqidagi fikrim o'zgardi.Zamonaviylikka bunday ko'z bilan qarasak yaxshi bo'lardi,shunda "zamonaviylik" so'zi ijobiy so'zga aylanarmidi"qimirlagan qir oshadi deganlaridek"
.Kuningiz xayrli o'tsin forumdosh