Bugungi kun mulohazalari  ( 1481202 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 237 238 239 240 241 242 243 244 245 246 247 ... 296 B


AbdulAziz  20 Avgust 2012, 19:28:36

Eng ko’p kitob kiritilgan kun

Bugun o’zbek interneti tarixida eng ko’p o’zbek tilidagi yangi kitob kiritilgan kun bo’ldi. Ayni shu kun www.ziyouz.com portaliga 152 ta yangi kitob yuklandi. Portalimizdagi jami kitoblar soni 2135 tani tashkil etdi!  : )
Bundan oldingi rekord 2011-yil, 5-fevral kuni o'rnatilgan edi. O'shanda portalga bir kunda 81 ta yangi kitob yuklangan edi.

Qayd etilgan


Muhtoj  20 Avgust 2012, 23:16:48

Himmatizga balli aka, Alloh rozi bo'lsin. Ziyouz portali muxlislariga katta hayitlik bo'ldi bu kitoblar:)

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  23 Avgust 2012, 21:43:54

Бугун болаларни мактага тайёрлаш учун бозорга олиб бордим лекин бирорта сқиш анжомларини сотиб олмапмиз чунки бунга пул етмай қолди  :D

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Avgust 2012, 23:51:03

Forum nimaga bunchalik huvillab qoldi, faollar qani, obodonchilikka e'tibor berib turadigan qariyalar qayoqqa qarayapti : )
Telefondan kirib o'qilmagan mavzularni ochaman, bor yog'i ikki-uchtagina mavzuga yashil chiroq bor. Bunaqada forumdagi yoshlar tugul qolgan qutgan qariyalar ham kirmay qo'yadiku.
Muhammad Sohib deyilmish Namanganlik oqsoqol bor edi, erkak kishini nima yo'ldan uradi, birinchi o'rinda shu mashina. Muhammad Sohib ham Nexia degan tezyurar mashina oldiyu shu bo'yi forumga kirmay qo'ydi. Menikiday kam benzin yeydigan do'mboqqina Matiz olganida hozir bu ko'ylarga tushmasdi sho'rlik, to'g'rida, 6 soat GAZda o'chiritta turishni o'zi bo'ladimi. Mana men benzinni bezo'chirit 2-daqiqada olaman, bu O'zbekchasiga aytganda "shest sekund" bo'ladi.
Azizbek_mx nomli vunderkindimiz bor edi, ismi Abdulaziz, MX menimcha yaqin orada MATIZ MX olaman degani bo'lsa kerak. Shu do'stimiz ham o'qishga imtixonga kettiyu shu bo'yi bedarak yo'qoldi.
Mirolim degan xamshahar bor, onda-sonda raxmat tugmasini bosib shu bo'yi qorasini ham ko'rsatmay ketadi.
Lu' Lu' opa Ramazonda bir ko'rinish berib yana jim bo'lib kettilar. Latifalariga biz rahmat aytmaganimiz uchun shekili. Opa mahallamizga qaytavering, biz hamma postlaringizga rahmat aytamiz, shunchaki shapaloqday telefondan kirganimiz sababli "rahmat"ni ichimizda bosib ketyapmiz.
Mufazzala opa ochlik targ'ibotchilarini latifa bilan bir boplab keyin o'zlari ham ochlik tarafdori ekanligi esiga tushib uyalib kettilar shekili, ohirgi postida zikrni ko'paytirishni tavsiya qildi, bunga avval o'zlari amal qilishga o'tdiyu shu bilan ko'rinmay ketti.
MuhammadAmin va Mahdiyah kuyov-kelin hayit kuni qayoqqadir aylangani ketishdiyu shu bo'yi ulardan darak yo'q.
Aqoid aka ham so'nggi kunlardagi 50 gradusli issiqda g'isht quyib toliqib forumda post qoldirgani erinyapti.
Abu Muso aka baxor keldi deb soqolini qisqartirgani sartaroshga ketgandi, haliyam qaytmadi.
Admin AbdulAziz kitob qo'yish bilan ovora, rekord o'rnataman deb kechasiyu kunduz tinimsiz ishladi.
Donishmand aka hayit kuni antenna tuzatayotib yiqilib tushdiyov, uzuq-yuluq post qoldiradigan bo'lib qoldi, shunda ham faqat dehqonchilikka oid. Baribir bu aka forumga doim kiradi, o'zi aytganiday "erkak kishi bir ishni qilaman dedimi qiladi, forumga kiraman dedimi kiradi, shart emas har 10 kunda bir eslatib turish".
Chustiy bir varakayiga yana ikki xunarni egalladi, shunga forumga vaqti yo'q. Biri fotograflik, boshqasi sayyohlik. Yaqinda uylanadi, lekin tan olgisi kelmay hali Moskovga, hali Kiyevga, hali Samarqandga, indamasa Chorvoqqa borib dam olib kelyapti. Uyatsiz, kecha facebookda nima dedi, "Kievda qizlar bilan tushgan rasmlarimni qo'ysam, oshxona.uzga hech kim kirmay qo'yadi" deydimi, tanobini tortish kerak o'zi shu bolani, biladida oshxona.uzga faqat qizlar kirishini. Mufazzala opa Buxorolik kelinga bir qo'ng'iroq qilib qo'ying, o'qlovini kuyov Chustiyga to'g'rilab bir tushirsin, esi kiradi qoladi. Mana shunda forumda yana shirin-shakar taomlar rasmlaridan ko'rib turamiz.
Habib do'stimiz juda faol edi, Hindistonga bordi-yu buzildi, o'sha yerdan fotomodel bo'lib qaytdi. Buyam yetmaganday qayerdandir inglizchani o'rganib olibdi, endi Cho'pra va Kapurlar bilan gaplashib facebookdan bo'shamayapti.
Akbarjon indamas qariya, o'ylamanglar bu do'stimiz nos chekmaydi, indamasligi shunchaki kamgapligidan. Sirdaryoda yashaydi, bu joy o'zbekistondagi eng bahavo nuqtalardan, bahavo bo'lmasada ovbop joylardan. Akbarjon ham baliq tutgani tutgan, bir kuni delfinday baliq tutib olib shuni internetga joylabdi, haliyam xuzuri tarqamapti shekili jim bo'lib ketti shu qariya ham.

"Feleton"ni yozish asnosida ismi hayoldan ko'tarilgan keksalarimiz ham, dardimni tushunib, rahmatni bosish bilan kifoyalanmay forumga jon kuydirib turishar.

( Oqsoqollar o'qib zora forumni qo'lga olishsa, har kuni kirib turishlarini bilaman, "bugun onlayn bo'lgan foydalanuvchilar" orasida tanqidga olinganlarning atigi ikki-uchtasi yo'q, qolgani kunda-kunora ko'rinib turadi : ) )

"Qaytinglar" degan baner osib qo'yish qoldi.

Qayd etilgan


Abdullah Isa  24 Avgust 2012, 02:53:14

 :vsl3: men hayron qolaman. Do'zax borligini bilib turib gunoh qilish misoli huddi bilib turib qizib turgan pechka ichiga kirishga o'hshaydi.

Qayd etilgan


Donishmand  24 Avgust 2012, 10:20:58

Forum nimaga bunchalik huvillab qoldi...

Hammasiga MTS aybdor! ;)

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  24 Avgust 2012, 13:58:52

Toshkandagi Maktab va o'qish bozori qilmoqchi bo'lganlarga maslahat: Solnechniy, Bek baraka Chorsu hamda o'rikzor bozorlaridagi kanstovar narhlarini solishtigan holda shuni etamanki bu bozorlar ichida Solnechniy va o'rikzorda narhlar arzon ekan.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  24 Avgust 2012, 14:00:47

qo'yilare mts bechorani bungaham aybdor qilmelar bora deb umuman qaytme qo'ymasin. Mana biz bilayndan ham bo'lsa kirib turibmizu

Qayd etilgan


Музаффар  24 Avgust 2012, 18:18:35

Марғилонда жуда қисқа муддатли ёмғирдан сснг ажойиб камалак чиқди осмонга. Жудасм чиройли...... жудасм чиройли.....

Qayd etilgan


Donishmand  24 Avgust 2012, 19:05:07

Yaxshiga kun yo'q ekan
Yomonga o'lim...
To'g'ri, MTSga kun yo'q, Beelinega o'lim. :)
qo'yilare mts bechorani bungaham aybdor qilmelar bora deb umuman qaytme qo'ymasin. Mana biz bilayndan ham bo'lsa kirib turibmizu

O'sha "mash'um" kundan beri beeline ishlataman. Kun ora 3000-5000 so'm pul paynet degan ochofatga ketadi. Bu ham yetmagandek, odat chiqarvolibdi beeline: balansda 40 sent bor, telefon qilsangiz "qo'ng'irog'ingizni amalga oshirishingiz uchun hisobingizni to'ldiring" - deyapti bir "alvasti". Uning ustiga kun ora kamida bir marta gap eshitaman: -"Telefoningizga nega tushib bo'lmayapti, to'g'rilab qo'ying!"... USB modemmiku ishlatmay qo'ydim, baribir befoyda, tezlik - traktor!
Turib-turib "MTSjon, qayoqdasan? Chiqaqogin, qaysi go'rdasan? Qandoq qiliy seni topomasam ho-o-oy MTSjon?!" - devorgim kelib ketayapti.

Uzmobile yoki Perfektum ishlatay desam, shuning apparatini sovg'a qivoradigan bir odam uchramayapti, mobodo-da endi...

Shularning bariga MTS aybdor! Aybdor bo'lgandayam katta aybdor!!! Hali qaytsin...

Qayd etilgan