Bugungi kun mulohazalari  ( 1481940 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 256 257 258 259 260 261 262 263 264 265 266 ... 296 B


Муслимшухрат  18 Fevral 2013, 17:56:51

Assalamu alaykum!    Ha albatta! Bir insonni yahshi deyislik uchun ,u odam namoz o'qiydi deyishlik kifoya aslida. Lekin safarda odamning qanday odam ekanligi oshkor bo'ladi.

Qayd etilgan


_IYMONA_  20 Fevral 2013, 20:23:37

Yaqinda bir gazetada "ODNO" sababli ajrashib ketayotgan bir qancha oilalarning ayanchli taqdiri yozilibdi.
"Odnoklassniki" sayti sababli xiyonat ko'chasiga kirib ketgan oilali ayol, oqibatda guldek oilasi, shiringina farzandlari ota mehridan benasib qolishdi...
Alloh hech birimizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin.



Qayd etilgan


Khurshidkv  24 Fevral 2013, 12:46:55

Bugun bir jiyanimiz mehmonga keldida mandan sirli ohangda so'radi:
"Kenayi, 14 fevral - Sevishganlar kuniga Bahtiyor akam sizga nima sovg'a qildilar?" dedi. "14-fevral kofirlani bayramiku, biza unaqa bayramlani nishonlamimiza" deb javob qaytardim va yana bir nimalar demoqchi bo'ldimu o'zimni bosdim...
Ассалому Алайкум.
Бисмиллахир рохманир рохийм.
Шу жиснингизга, бу кун биз "Бубор Мирзо"ни сслаб, ёдга оламиз!, деб куннинг асл мохистини тушунтириб берсак, кандай булур срди...

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  27 Fevral 2013, 18:43:52

Bu yolg'onchi imomlarga o'rganolmadik,
O'zing bizni o'nglamasang o'nglanolmadik

Qayd etilgan


Музаффар  28 Fevral 2013, 13:42:35

ul vaqtki, bu obed, shirin sho'rva muddaosi,
tanovul qilsakim, vilka birla indyuk sho'rvosi,
qo'shib qatiq, ichib kola, non botirsam chinnisig'a
qalampirmas, dod degizgusi sho'rvaning bahosi...

(©) Muzaffar Margiloniy

Qayd etilgan


Muxsiya  28 Fevral 2013, 14:12:05

do'stlar yaxshilarni avaylang asrang
salom degan so'zning salmog'in oqlang
o'lganda yuz soat yig'lab turgandan
uni tirigida bir soat yo'qlang

Qayd etilgan


Donishmand  28 Fevral 2013, 16:13:26

ul vaqtki, bu obed, shirin sho'rva muddaosi,
tanovul qilsakim, vilka birla indyuk sho'rvosi,
qo'shib qatiq, ichib kola, non botirsam chinnisig'a
qalampirmas, dod degizgusi sho'rvaning bahosi...

(©) Muzaffar Margiloniy
Bunaqa zo'r ilhom faqat och qolganda keladi. Tinchlikmi, yoki tsexingizga non-pon jo'natvoraylikmi?

Qayd etilgan


Best friend  28 Fevral 2013, 22:30:10

Dardli satrlar...

Suyunaman cho'chib uyg'onganimdan,
Bolalik - yoshligim tushar yodimga...
Zulmat hidi kelar ko'nglim, tanimdan,
Bir qatim nur kerak, nur hayotimga!

Quruq jismim qolgan, ketgan g'ayratim,
O'zim o't qalbimga bo'ldimmi zomin?
Hech kimni sevmasman, o'lgan hayratim,
Xudo rahmat qilsin, yoshligim. Omiyn!

Qandoq bolaydim-a, oydin tasavvur,
Tong kabi musaffo, rangin tuyg'ular.
Hayol surish qolgan, ketmish tafakkur,
Endi bosinqirash bo'ldi uyqular...

Quvonch-ku daf bo'lgan... Iztirob ham yo'q!
Kalaka qilish chun kularman xolos.
Hayf menga dor, sirtmoq. Hayf ketadir o'q,
Bu bulg'onch muhitda men ham bir iflos.

Do'st deyman, do'st demish odam kerakmas,
"Xo-xo"lagim kelar sevgi deb yozsam.
Bir sovuq hissiz tosh, yo'q bu yurakmas.
Odam bo'lsam ekan o'zimni ossam.

Bolalar, bolalar... asabim o'ynar,
Ko'rsam siqilaman, bo'lmas ko'rmasam.
Ularning borligi garchi shod aylar,
Ota ekanligim dilga solur g'am!

Darvoqe', otam bor, bechora otam.
Turishim shu bo'lsa, u zot kimimdir?
Yolg'on nechun kerak, bu hokisor odam
Uzoq ko'rib yurgan bir yaqinimdir.

Yaqinlar adadi oshar o'ndan sal,
Ulardan o'zimni tutarman uzoq.
Hali hech qaysiga duch kelgan mahal:
"E, bormisiz?...", deya ochmadim quchoq.

Barchasi jigarim, ammo begona.
Ular yaqinlarmas, gala gumrohlar.
Yomon tushdim, qattiq adashdim yana,
Ulug' yo'lda topdim pastkash xamrohlar.

Ulug' zot qulimiz, derlaru biroq
Nafs yor boshlig'iga dastyordir bular.
Beozor musicha va'z o'qigan chog',
Ish qilar chog'ida g'irt ilon bo'lar.

Etagin tutmasang olar yoqangdan,
Osh yesa, tilida "bismilloh" tayyor,
Hamd aytadi qachon chiqsa bu "jang"dan,
Faqat esnaganda aytar istig'for.

Hayronman, nahotki tengimdir shular?
G'alati bir to'da ichidaman, bas,
Shartta ketay desam, dushmanmas bular,
Ketmay desam, biroq do'stim ham emas.

Qani? Qayda qoldi kechagi jahdim?
Bilmadim bu qalbda bugun nima bor.
Muslimman deyarga sig'maydim haddim,
Kofir nomidan-da or qilaman, or!

Jur'at yo'q baxtliga qalbim ochgani,
O'z o'yiga banddir jami yo'yganlar.
Men umid qilganlar behad yosh hali,
Birma-bir o'lyapti meni suyganlar.

Hafsalam pir bo'ldi ko'rgan kunimdan,
Kun sayin yo'qolgay jilosi, sehri.
Oqibat topmadim og'alarimdan,
Kattalikka o'xshar inilar mehri.

Vujudim sog'lomdir, biroq dil mayip,
Qilt etgim kelmayur, turarman shunday.
Birov salom desa, kunday jilmayib,
Hayir degim kelar, xo'mrayib tunday.

Do'stlarim bor edi, ularga bir kez
Harflar tanitdim, o'rgatdim oyat.
Lek qaytib ketishdi haq yo'lidan tez,
Ulardan ko'p edi umidim g'oyat.

Bolamday suyukli edi-ku ular,
Xozir ham qalbim bir qalqiydi ko'rsam.
Shayton birla ulfat bo'lishdi bular,
Demak, shaytonga dars beribman men ham.

Bir kunda besh mahal bordir haqorat,
Yurakda qatma-qat, katta gar o'chim.
Nima degan odam bo'ldim nihoyat,
Bitta ayolga ham yetmasa kuchim?

Aylanadi boshim suvga qarasam,
Oqqim, oqqim kelar osmonga qarab.
Aslim shu bo'lsa-da, negadir hecham
Tuproqqa ko'milgim kelmaydi, yo Rabb!

Yo Rabb, tili acchiq bir bandadirman,
Yig'lamoq o'rniga erta - kech kulgan,
Shundoq yuzi qora, sharmandadirman,
Kibr ila birovlar g'iybatin qilgan.

Kimniki so'kibman, yaxshi barisi,
Men o'zim yomonman, yo'q mendan yomon.
Pichinga til burmam bundan narisi,
So'kib bo'lmas, Sening xalqing-ku inson.

Xo'p nodon ekanman, axir Sen bor-ku,
Bo'lmasmi o'zinga hasratim aytsam.
G'amxo'rim bir O'zing - Parvardigor-ku,
Har ne bo'lay endi haq yo'ldan qaytsam.

Tong otar bir muslim yanglig' bo'lib, pok,
Toza libos birla o'qiy Bomdodni.
Oq yuz ila boqay yuziga be pok,
So'ng qutlab qo'yayin nurli hayotni...

Xayrulla Hamidov nutqidan

Qayd etilgan


Хадича  28 Fevral 2013, 23:06:56

Shunday she'rni bizgayam ilinganingiz uchun rahmat. Ichdan bir hayajon bilan o'qidim. Qaysidur so'zlar huddi qalbimni so'zidek...

Yaxshilap o'qisa,oddiy so'zlar tagida  turli ma'no kelib chiqadi. Qanaqa ma'no ekanligi esa odamlani dunyoqarashiga bog'liq bir tomondan...

Rahmat...

Qayd etilgan


Музаффар  28 Fevral 2013, 23:48:31

ul vaqtki, bu obed, shirin sho'rva muddaosi,
tanovul qilsakim, vilka birla indyuk sho'rvosi,
qo'shib qatiq, ichib kola, non botirsam chinnisig'a
qalampirmas, dod degizgusi sho'rvaning bahosi...

(©) Muzaffar Margiloniy
Bunaqa zo'r ilhom faqat och qolganda keladi. Tinchlikmi, yoki tsexingizga non-pon jo'natvoraylikmi?
с ака, у илхом ксчада, бир ташкилот олдида узундан узоÒ› навбат кутиш жараёнида келиб Ò›олди.

Qayd etilgan