Ota-onamizga qanchalik yaxshilik qilsak shuncha oz!
Assalomu alaykum
O'g'limni hatti-harakati meni yig'latdi.
Tushlik ovqatini tayyorlab stolga olib keldim, o'g'lim qoshig'ini qo'liga olib yeya boshladi. Bu orada men oshxonaga borib, o'zimni kosamni olib keldim, yerga o'tirdim. O'g'lim birdan menga qaradi: -Anne sog'uk, dedi. Keyin yerga, men o'tirgan tarafga qaradi. Men o'g'lim sovqotdi shekilli, oshxonani oynasini ochgandim, shundanmikan, deb o'ylab sog'ukmu og'lum, dedim va nonimni tishladim. O'g'lim o'rnidan turib, unga ancha og'irlik qiladigan to'shakchani tortqilab kela boshladi. Men ana shunda tushundim, nima demoqchi bo'lganini, haliyam ko'zlarimga va qulog'imga ishona olmasdim. Darrov o'rnimdan turib to'shakchani oldim va tagimga soldim.
-Anne, dedi, yey sog'uk yeye otuyma, buna otuy....
Tishlagan nonim bo'g'zimda qoldi, zo'rg'a yutdim...chunki ko'z yoshlarim ularni yutishimga halaqit berardi...
O'g'lim esa men to'shakka o'tirgandan keyin o'rniga borib o'tirdi, yana ovqatini yeya boshladi.
Ko'zimdan duv duv yosh oqardi, birdan nima qilishimni bilmay qolgandim. Ota-onamni o'yladim, demak ularni o'ylaganimizda, ularga zarra qadar yaxshilik qilganimizda ular shunchalik bahtiyor bo'lishar ekan-da derdim holos...
Hali 3 yoshga kirmagan bolam meni sovqotishimni o'ylaganida bizday katta farzandlar nima qilishimiz kerak ota-onamizni xursand qilish uchun, ah ah...
Bu xodisani umr bo'yi unutmasam kerak..
Alloh barchamizga mehr-shafqatli farzandlar nasib etsin iloyim...