Bugungi kun mulohazalari  ( 1482100 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 265 266 267 268 269 270 271 272 273 274 275 ... 296 B


NANO  09 May 2013, 21:44:11

Tepada yana 2 ta amalini berib qo'ygan okalarimiz post qoldiriwibdi :)


P.S


Bo'ydoqlik ruleeeeeeeeeeeeeez

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  10 May 2013, 05:06:58

Tepada yana 2 ta amalini berib qo'ygan okalarimiz post qoldiriwibdi :)

P.S

Bo'ydoqlik ruleeeeeeeeeeeeeez
Nimasi rulit? Uylanganda bilasiz nikoh qanchalik rulitligini, "afsus, ertaroq uylansam bo'lmasmidi" deb qolasiz. Farzand ko'rgandan keyingi hayotni aytmay qo'yavering. Bo'ydoqlikda oila uchun ertangi kun tashvishi bo'lmaydi, uylanganda keyin esa bir necha barobarga ko'payadi. Lekin bu zararga emas foydaga ishlaydi, shu tashvishlarni ham ajoyib bir gashti bor. Bo'ydoqlikdagi tashvishsiz hayotdan ko'ra, nikohdagi turli tashvishlar bilan o'ralashib yuradigan hayot ancha shirin. Erkak - oila boshlig'i sifatida kim uchundir zarur ekanligi, hayot juda omonat ekanligini yaxshi tushunib yetadi. 
Mayda gaplarni to'xtatingda sandiqdagi pulni olib to'yni boshlang.

Qayd etilgan


Muxsiya  10 May 2013, 11:28:56

Vovbu yigitlar uchun alohida bo'lim bor deb eshitgandim nima yopilib ketdimi :)

Qayd etilgan


bir_qizcha  10 May 2013, 11:44:28

Assalomu alaykum!
Zaynab (opa?),Judolik diyori haqida yozganlarizni o'qib javob yozgunimcha o'zimga sig'may ketdim.
Ushbu kitob,aynan tarifini keltirganizdek ta'sir qilgan menga ham.3,4 kun avval ham dugonalarimga Sultonmurodning boshidan o'tkizganlari,ayolining sabrlari haqida gapirib bergandim.
Chet davlatlarda yurgan har bir odamga anchayin dalda beruvchi,ibrat oluvchi tomonlari bor.
Yozuvchidan Alloh rozi bo'lsin.Voqealar tafsiloti bilan Vatan sevgisi nima ekanini yoritib bergan.
Mo'min Mirzo 4-kitobi hali chiqmagan degandilar bir mavzuda.Kitob davomini intiqlik bilan kutyabmiz.
Agar sotuvda bo'lsa,saytga joylashinglarni iltimos qilib qolardim

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  10 May 2013, 14:13:53

Kitob do'konlariga tez-tez chiqib turaman, Judolik Diyori yangisidan darak yo'q.
Qachon chiqishini Nigora Umarova opa bilishi kerak, taniydiganlar bir xat yozib ko'rsalar yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


Donishmand  10 May 2013, 16:37:32

Yangi o'zbeklarning yangicha irimi: Yo'limizdan it o'tdi, osh yerkanmiz bugun! (Oshni itga nima aloqasi bor?)

Qayd etilgan


Salsabil  10 May 2013, 23:00:39

Sizni duo qilish uchun tahajjudga turadigan do`stingiz borligi... Ajoyib tuyg`u...

Qayd etilgan


Aqoid  11 May 2013, 06:44:01

yaqinda bir kishidan  xuddi shu gapni eshitgandim. Mabodo biz tanishmasmizmi?

Qayd etilgan


Salsabil  11 May 2013, 19:23:49

Demak mandan boshqa, shunaqa o`rtog`i bor  baxtli inson borakan...

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  12 May 2013, 09:08:42

Hozir forumda 7 ta foydalanuvchidan 4 tasi yashirin ekan, yashirinish mo'da bo'ptimikan men ham yashirinvosammikan  :1
Kottalaga uyat bo'p ketadi yashirinish okam. :)

Qayd etilgan