Bugungi kun mulohazalari  ( 1482223 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 267 268 269 270 271 272 273 274 275 276 277 ... 296 B


siddiqa  15 May 2013, 15:08:01

O'g'lim Ibrohimni noto'g'ri ovqatlantirib ichelariga azgina zarar yetkizilishiga sabab bo'ldim. Doktor kuchliro dorini manga yozdi sutdan bolaga boradi deb . O'zi po'mpog'masmi issig'i chiqib yuzlari  kulchadey qizarardi.duo o'qiyman yig'liman,shunda ya Robbi shu dardni manga ber derdim.  Xo'jeynim tog'ri duo qil deb ranjidilar.oradan bir soatlar o'tib doktor manga deb yozgan dori manga reaksiya berib ,qayt qildirib to'g'ri duo etishni o'qgatdi. Robbiy ta'nimizga shifo ber.

Qayd etilgan


Ansora  15 May 2013, 15:39:19

 :asl3:


siddiqaxon bormisiz? Demak oglingizni ismlari Ibrohimjon ekanda, judayam chiroyli ism qoyibsizlar. Ismlariday aziz bolsinlar. Alloh shifosini bersin sizgayam, oglingizgayam. Shu yerdan yozdim majburan, chunki sizga yozgan shaxsiy xatlarimga javob ola olmadim uzr:( Omon bolinglar bas...

Qayd etilgan


siddiqa  15 May 2013, 18:03:45

Opajon bergan va'dami rasm qib jo'natomadim.insh yo'lda hammasi.

Qayd etilgan


Muxsiya  15 May 2013, 21:27:34

Kecha mp3lar yuklanadigan saytlardan biriga kirgandim forumi borligiga ko'zim tushib qiziqsinib kirdimu hayratdan yoqa ushladim. Ziyouz chindan ham ziyo istagan qalblar uchun ekan. Ko'ngilxushlik yoki boshqa narsa istaganlar uchun. Forumimizning saviyasi ancha yuqoriroq ekaniga amin bo'ldim. Xullas men mehmon sifatida kirgan forumda faqat qizlar uchun degan mavzu bor lekin kirish chegaralanmagan. Undagi mavzularni ko'ringa
Forumdagi yigitlardan sizga qaysinisi yoqadi va nima uchun?
Yigitiz bilan munosabatiz hozirda qande?
"Yoqimtoy" qiz bo'lish sirlari ... Boshqa bo'limlarda esa qizlar va yigitlar o'ta bemani mavzularni muhokama qilishmoqda. Astag'firulloh agar o'sha postlardan bittasini bizni userlar yozsa bormi admin bir umrga ban qiladi. Avatarlariniku aytishga hojat yo'q. O'z forumimiz va forumdoshlarimga hurmatim yanayam oshdi. Admin akamiz va uning "qaychi"si ham bor bo'lsin bizni keraksiz postlardan "asraydi"

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 May 2013, 05:12:36

O'tmishga nazar - kelajakka nur...


O'tgan damlarni eslab, eski postlarimga qarab o'tirdim. Forumga a'zo bo'lganimga sal kam uch yil bo'pti... Uch yilda dunyoqarashlar, fikrlar, harakter... hammasi o'zgargan. Meni ZiyoUz o'zgartirdi...


Men o'zgardim, harakterim o'zgardi, ko'rinishim, yurish-turishim, fikrlashim, dunyoqarashim, hamma hammasi... Tuyg'ular o'sha-o'sha... Nimadir yetishmaydi...


Doim nimadir kamlik qiladigandek go'yo, nimanidir unutganman yoki nimagadir erisholmaganman... Nimanidir qidirib topolmayapman... Balki o'zimni qidirayotgandirman...


O'tib ketgan lahzalarni sog'inarkan odam... Yangi a'zo bo'lgan paytlarim, o'ylamay-netmay yozaverishlar :) reyting uchun kurashlar :D harakatlar, har kirganda "rahmat"larni sanashlar... Forumdoshlar bilan diydorlashuvlar, aka-opalarning mehribonlarcha maslahatlari, yo'lyo'riqlari... Vatan sog'inchi...

Vatan sog'inchi...

Gohida Muhammad Yusufdek oh urgim keladi:


...Shuhratga o'ch bo'lsam kerak men gumroh,
Yolg'on bo'lsa kerak dilda nolam ham...

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 May 2013, 05:18:10

ONAMGA


Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!..


Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..


Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi, ayt?...


Sha`ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Muxsiya  16 May 2013, 16:10:43

Vatan diydorini tez kunlarda nasib qilsin

Qayd etilgan


Muxsiya  17 May 2013, 22:00:03

Bugun bir ayolni ko'rdim ko'rinishidan 8-9 oylik homilador 5 yoshlardagi o'g'lini yetaklab olgan. O'g'il tinmay xarxasha qilyapti meni ko'taring deb. Ayol esa qande ko'taraman o'g'lim o'zi sumkalar og'ir bo'lsa deydi. Qani o'g'il quloq solsa onasiga aytayotgan "chiroyli" so'zlarining ma'nosini o'zi ham tushunmasa kerak. Lekin sensirayotganini menimcha tushunadi. Hayronman bolaga ota-ona bunaqa gaplarni bolaga o'rgatmaydi qayerdan o'rganadi. Kim aybdor uni bunday tarbiya olishiga?

Qayd etilgan


Tistak  17 May 2013, 23:36:10

Bundan bir foyda yo'q. Chunki u oilada qanday muhit,qanday sharoit,bola kimlar bilan do'st,qanday muhitda o'sayotgani,qanday kino ko'rayotganiyu yoki nimadan suv ichayotgani bizga noma'lum...

Bolaga tarbiya berish-u,unga mos muhitni ta'minlashdek mas'uliyatli vazifa bormikan boshqa...


Iqtibos: DewDrop;57799
Anjir yemagan odam anjirni ta'rifini aytmay qoya qolsa- de!


Ushbu fikr yuqoride postga munosib javobde ko'rindi negadir :)

Qayd etilgan


azizbek_mx  18 May 2013, 00:48:08

Iqtibos: DewDrop;57799
Anjir yemagan odam anjirni ta'rifini aytmay qoya qolsa- de!


Demak siz anjir tatib ko'rgansiz, va sizningcha yuqorida hikoya qilingan bolaning oilasi to'g'ri yo'lda, ular bolaga to'g'ri tarbiya berishyapti shundaymi?
yana qanday tushunish mumkin?

Men Xadichaxonni himoya qilmoqchimasman. Uning fikrini himoya qilyapman, chunki to'g'ri gapirdi.

To'g'ri, yoshiga yarashmas balki, ya'ni hali yoshlik qilar. Lekin bir kun kelib (inshaalloh) farzand tarbiya qilar, ona bo'lar, xullas bu borada fikr bildirishga haqqi bor.

Umuman, do'st achitib gapiradi, degan maqolni pesh qilib kelsangiz bir tomondan haq bo'larsiz. Lekin do'stga achitib gapirish boshqa, zaxarhanda qilib gapirish boshqa.

Har xolda "ko'ngil" degan atama inson zoti qatori, sizga ham begona emas deb umid qilaman.

Agarki siz sunnatga shunchalik amal qilishga, taqvoga intilayotgan ekansiz, bir mo'min insonning ko'nglini ranjitishdan ham parhez qilsangiz sizga foyda bo'lar edi.

Zero,
Iqtibos
Buyuk g'alabalarga matonat ila erishiladi, undanda buyuk g'alabaga mehr-muhabbat ila, eng buyuk g'alabaga esa sabr-toqat ila.


Sog' bo'ling

Qayd etilgan