Bugungi kun mulohazalari  ( 1481968 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 274 275 276 277 278 279 280 281 282 283 284 ... 296 B


Abdumuhaymin  07 Iyun 2013, 23:04:25

Yozgan postizga men ham qo'shilaman.

Qayd etilgan


NANO  08 Iyun 2013, 05:19:04

Мс‹ доиграем до коняа назначенного нами роли!  ;)

Qayd etilgan


Ansora  08 Iyun 2013, 10:41:47

 :asl3:


M. Adham aylanib aylanib tilingizda bir dunyo zahar va etagingiz to'la tosh bilan qaytibsizda...


Odam ayniqsa Musulmon odam har bir gapini o'ylab yozadi!


Otaturkni aslo tanimaganlar nima deydi- Voy Turklar kofirni yaxshi korarkan-da, Turkiyani lideri kofir ekan-da!


Siz doimo Musulmonchilikka urgu berasiz, sizga bir savolim bor- Musulmon oilasida tugilgan va Musulmon ekanligini inkor qilmagan odam haqida "kofir" deyish bilan bogliq dinimiz nima deydi? Shuni bir eslatsangiz!  


Yoki sizga Otaturkni ozi kelib, "Musannif uka, men Musulmonmasman", dedimi? U bilan birga yashadingizmi? Yoki olgandan keyin soroq savolida birga boldingizmi?


Undan tashqari nechta kitob tugatdingiz Otaturk haqida? Garchi tarixni odamlar xohlagancha yozadi, tarixam uyalib ketadi bazan bu xatolarni korib...Turkiyada esa har xil odam bor- birov yaxshi koradi, birov emas. Otaturkni kofir ekanligi va uni nima qilish kerakligini har kuni minglab odam kiradigan saytda ahmoqona gaplar bilan yerga urish sizga qolmadi!


Madomiki shunchaki mard, qorqmas ekansiz, nimaga yaqinlargacha har kuni gazetaday yozayotgan xabarlaringizni tohtatdingiz? Demak oz kelajagingizni oylab, muxolifona fikrlar sanalishi mumkin, o'yi ila tabdir oldingiz hatti harakatlaringizga shundaymi?


Siz agar shunchalik mard ekansiz, chiqing Turk matbuotida va Otaturk haqida yozing! Faqat Ozbek saytidan yozish osonroq va bir millatni boshi, xalqi (yarmi bolsa ham)sevgan inson haqida kofir, deyish eng qulayi shundaymi?


Fitna bu emasmi uka?


Men sizni ilk boshlarda 30-40 yoshlarda, dono, har bir gapini oylab gapiradigan odam, deb oylardim. Keyin qaradim hali tuki qotmagan jojaxoroz ekansiz...


Oybek, Hamza haqida ham kofir, deyishingiz qolgandi ozi. Fikrlaringiz "shirinligidan" ochirilgan, bolmasa link berardim osha mavzularga! Yoki siz Musulmon bolib tugilgan insonlar haqida "kofir" deyishni yaxshi korasizmi? Ehtiyot boling uka!


Alloh biladi songgi nafasimizda qanday olamiz! Va Alloh biladi siz kofir degan insonlarni taqdirini.


Siz ham hafa bolmaysiz, men ham "yumshoq gaplar" yoza olmadim fikrlaringizga qarshi!

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  08 Iyun 2013, 23:55:28

Uh, yomon emas Ansoraopa, yomon emas, och biqiniga soling :) . Musannif aka o'zlariga yetgan fakitlar orqaliy shunday hulosaga kelganlarda.. Ansoraopa yumush bolmasa iltimos sizdan, otaturk haqida o'zizdagi malumotlardan joylasangiz, yoki linki bosayam.

Qayd etilgan


Salsabil  09 Iyun 2013, 01:11:23

 Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: Nabiy (s.a.v.): "Mayyitlarni haqorat qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo'ldilar", dedilar.
 Buxoriy rivoyati

 Hullas qanaqa odam bo'lishidan qat'iy nazar uni muhokama qmasligimiz kere...

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  09 Iyun 2013, 03:28:18

Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: Nabiy (s.a.v.): "Mayyitlarni haqorat qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo'ldilar", dedilar.
 Buxoriy rivoyati

 Hullas qanaqa odam bo'lishidan qat'iy nazar uni muhokama qmasligimiz kere...
Haq gap. Jahil chiqqanda aql ketadi, Alloh sabir bersin barchamizga.

Qayd etilgan


Secret  09 Iyun 2013, 07:31:08


 1 soatlarcha bo'ldiki forumdagi 128 mehmonga bittaaa o'zim termulib o'tiribman  ::)

Qayd etilgan


Donishmand  12 Iyun 2013, 19:22:54

E'tibor bermabman, men ham maza-bemaza postlarim bilan olti yulduzlik marranu urib qo'yibman vey! Ancha katta bo'lib qolibman - "Super member!"


Osh qibbersammikin...  ;)

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  12 Iyun 2013, 19:38:46

E'tibor bermabman, men ham maza-bemaza postlarim bilan olti yulduzlik marranu urib qo'yibman vey! Ancha katta bo'lib qolibman - "Super member!"


Osh qibbersammikin...  ;)

Tavba, tavba. Ana yoshlarga o'rnagu mana yoshlarga o'rnak. Fan texnika asrida yuribmizku kattalarimiz yulduz sanaaab yurishibdi)))

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Iyun 2013, 11:33:56

hozirgina Tasvir gazetasinig yangi sonida Hindiston haqidagi maqolani o'qib dahshatga tushdim. Hind kinolarida o'zlarini o'ta madaniyatli va badavlat qilib ko'rsatishayotgan bir paytda real hayotda bo'layotgan voqealarni ko'rib hayron bo'ldim hindistonda odamlar yashayaptimi yoki odamsifat maxluqlarmi

Qayd etilgan