Bugungi kun mulohazalari  ( 1481835 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 275 276 277 278 279 280 281 282 283 284 285 ... 296 B


Muhammad Sanjar  14 Iyun 2013, 13:57:27

hozirgina Tasvir gazetasinig yangi sonida Hindiston haqidagi maqolani o'qib dahshatga tushdim. Hind kinolarida o'zlarini o'ta madaniyatli va badavlat qilib ko'rsatishayotgan bir paytda real hayotda bo'layotgan voqealarni ko'rib hayron bo'ldim hindistonda odamlar yashayaptimi yoki odamsifat maxluqlarmi

Hindistonda o'qib yurgan paytlarimda men ham hind gazetalarida yozilayotgan jinoyatlarni ko'rib hayron qolardim. Lekin aholi soniga ham e'tibor qiling, salkam 1 milliard 300 million... Shuncha aholi orasidan yaxshisini ham topishingiz mumkin, yomonini ham, boylarini ham uchratasiz, qashshoqlarini ham, o'ta madaniyatliyu, o'ta madaniyatsizlarini ham...

Hindiston haqida so'z ketganda ko'pincha "diversity" so'zi ham qo'llaniladi, ya'ni rang-baranglik, turli-tumanlik, xilma-xillik...

"There are many Indian's within India" der edi Hindistonlik domlamiz, ya'ni, "Hindistonda xilma-xil hindlar yashaydi". Kimlardir zamondan 200-300 yil orqada qolib ketgan, kimlardir zamon bilan hamnafas yashaydi, yana ba'zilar zamondan oldinga ham o'tib ketgan. Har xil odam bor u yerda. Yaxshisini ham uchratasiz, yomonini ham...

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Iyun 2013, 15:52:16

e'tibor berib qarasam porumchilar asosan juma kuni faolliklari ancha oshar ekan

Qayd etilgan


Sadulla  19 Iyun 2013, 09:48:48

Assalomu alaykum.

Kecha futbol 1-taym tugagandan keyin ish bilan ko'chaga chiqib o'yin tugashiga 20 daqiqalarcha qolganda bir internet kafega  o'yin natijasini bilish uchun kirdim.Aksiga olib ularda internet ishlamayotgan ekan,lekin qo'shni xonada bolalar futbol ko'rishayotgan ekan.Internet kafe adminidan yutayotganimizni eshitib xursand bo'ldim,lekin narigi o'yinda Eronning qo'li baland kelayotganini eshitib kayfiyatim tushib ketdi.Men holatimni ko'rib turgan bola:"Nima bo'ldi pul tikkanmidingiz ?- deb so'rab qoldi.Rad javobini eshitib,xafa bo'layotganimga xayron bo'ldi,o'sha payt bolaga qarab "O'zbekmisan" devorgim keldiyu o'zimni bosdim.O'zbekiston termasi o'ynayotganda har qanday o'zbek ham o'z yurti sha'ni uchun qayg'urishi oddiy hol emasmi!? Ba'zida shu oddiy narsani tushunib yetmaganlarga hayron qolaman.

Qayd etilgan


Muxsiya  19 Iyun 2013, 12:13:41

Pul emas yurt sha'ni, obro'si, iftixori tikilgan har qancha puldan aziz bahosi yo'q tuyg'ularku bular.

Qayd etilgan


IRFON-2012  20 Iyun 2013, 08:36:31

Ey inson! Sen olgan lazzatlar qani? Hammasi o'tib ketdi. Hammasi qandaydir kichik muddatlar uchun edi. Necha marta nafs uchun gunohga qo'l urding? Undan olgan vaqtinchalik foydang qani? Bir onda o'tib ketib bo'ldi. Amal daftaring, saxifang qora bo'lgani qoldi holos! Rohatlari o'tkinchi-yu, xisob-kitobi abadiy bitilajak ammallarda haliyam davom etmoqdasan! O'zing o'tirgan shoxga bolta urmoqdasan, oz qoldi, bir kun xalok bo'lasan. Xuddi boltaning gursillaganiga ishtiyoqmand bo'lib, takror-takror zarba berayotgan nodonga o'xshaysan. Shox singach, senga hech qanday yordamchi topilmas va hargiz najot topmaysan! Yelkangdagi ikkita farishtadan ham uyalmasdan osiylik qilaverasan. Naqadar uyatsiz, naqadar bexayo bo'lding! Qayoqdagi bir begona, gunohkor, osiy bandadan ham uyalasanku, nega begunoh farishtalardan uyalmaysan? Qalblardan ham xabardor bo'lgan Allohdan uyalmaymasmi? Har xil narsalarni o'ylaysan, qalbingni ichiga videokamera o'rnatilganda mana shularni o'ylarmiding? Holbuki Alloh qalbingni eng tiniq kameradan ham yaxshiroq ko'rib turadi.

Qayd etilgan


Ansora  26 Iyun 2013, 19:05:34

 :asl3:


Forum suv sepganday jim jit, tinchmi hamma:)


Ramazonga oz qoldi, 3-4 kundan beri dahshat issiq bizda, Ramazonda salqin bo'lsin-da ishqilib,
Allohim rahm ayla biz qullaringga...

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  26 Iyun 2013, 19:28:10

:asl3:


Forum suv sepganday jim jit, tinchmi hamma:)


Ramazonga oz qoldi, 3-4 kundan beri dahshat issiq bizda, Ramazonda salqin bo'lsin-da ishqilib,
Allohim rahm ayla biz qullaringga...

Iyaaa. Opa shuda Allohning rahmati. Tashnalik va ochlik ziyoda bo'lsa inshaAlloh savobi ham ziyoda bo'ladi))

Qayd etilgan


Ansora  26 Iyun 2013, 19:45:37

Allohning marhamati keng, U "Rahimdir, Rahmondir" Balki havolarni salqin qilgan holda, savobni ham mo'l mo'l berar...


Ota-onam, Qaynotam, qaynonam qarib qolishdi, ularni oylayman Ramazonda qiynalishmasin, deb...

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  26 Iyun 2013, 21:48:56

Aytganiz kelsin

Qayd etilgan


Музаффар  27 Iyun 2013, 21:03:54

· Биз "илгор", "тараккиётнинг юкори чуккиси", "мисли куринмаган" деб уйлайдиган давримизда, аслида, слектроника жихатдан илгормиз холос, =>маънавий, ахлокий жихатдан илгариги барча даврларга нисбатан ута кашшокмиз. Тарихни укиганим сари замонамизнинг обрусига шубхам ортспти...

Qayd etilgan