IXTIROLAR  ( 31979 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:02:44

Hammamiz gazeta jurnallarda krossvord yechishni yoqtiramiz. Ilk krossvordni esa 1890 yili Italiyalik Dje Airoldi yaratgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:15:09

IXTIROLAR
Ilk kino ovozsiz bo'lganidan xabaringiz bor. Ular faqat tasvirdan iborat bo'lgan. Birinchi ovozli kino esa 1900 yil Fransuz Leon Goman tomonidan yaratilgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:15:21

IXTIROLAR
Hammamiz aniq vaqtni bilishni xoxlaymiz. Biz ishlatadigan elektron soatlar 1930 yil Penvud Numekron tomonidan yaratilgan ekan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:15:34

IXTIROLAR
Saksafon cholg'u asbobi haqida ko'p eshitganmiz. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni Saks yaratgan bu cholg'u asbobi keyinchalik Saks ovozi-Saksafon deyila boshlangan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:15:46

IXTIROLAR
Modalar bozorida jinsi kiyimlar ko'p uchrab turadi. Ilk jinsini 1874 yil AQShlik Levi Strauss va Yakov Devis ixtiro qilgan. Xayolizga darrov LEVI'S firmasi keldimi? Haqiqatdan aynan mana shu firma xozir ham jinsi ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:15:58

IXTIROLAR
Basketbol sportiga 1891 yil AQShlik Jismoniy tarbiya o'qituvchisi Jeyms Naysmit tomonidan asos solingan. U o'quvchilarini qiziqtirish maqsadida 2 ta olma savatini tepaga ilib qo'ygan va ajoyib o'yin ixtirochisiga aylangan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:16:14

IXTIROLAR
PC. Bu nom bizga yaxshi tanish. Ya'ni Personal Computer. Ilk shaxsiy kompyuter nusxasini 1978 yil AQShlik Stiven Djobs va Stifen Voznyaklar yaratishgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:16:24

IXTIROLAR
Ilk kinomotografiyaga 1895 yil aka-uka Ogyust va Lui Lyummerlar asos solishgan. Ularning millati fransuz edi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:16:34

IXTIROLAR
Xozir sizning qo'lingizda nima bor? Albatta mobil telefonda! Ilk Mobil telefonni 1940 yil AQShning "Bell telefon laboratories" komponiyasi yaratgan ekan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:16:44

IXTIROLAR
Yoshligimizda va hatto xozir ham mazza qilib sayr qiladigan vilosipedni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan.

Qayd etilgan