2008 yil - Muhim sanalar  ( 40772 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


shoir  05 Fevral 2008, 13:52:52

1 sentyabrO‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni — umumxalq bayramining 17 yilligi (1991).
Mamlakatimiz mustaqilligi qo‘lga kiritilgan kun davlatimizning bayram kuni deb e’lon qilinib, ushbu kun har yili tantanali ravishda nishonlanadi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:53:29

2 sentyabr — Bilimlar kuni (O‘quv yilining boshlanishi)
Shu kuni ertalab Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘ladi. Birinchi sinfga borgan o‘quvchilarga Prezidentimiz sovg‘alari topshiriladi. So‘ngra barcha sinflarda Mustaqillik darslari o‘tkaziladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:53:40

1 oktyabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni-umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
 Ushbu bayramni o‘tkazish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda xalqimizning ustoz -murabbiyga bo‘lgan munosabatlarining eng yaxshi namunalari misolida o‘quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylarining hayoti va faoliyati haqida quyidagi maqolalardan foydalanishingiz mumkin:

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:53:51

21 oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun (1989)

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:54:10

23 oktyabr — Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.
Xalqaro maktab kutubxonalari assotsiatsiyasi taklifi bilan har yili oktyabr oyining to‘rtinchi dushanbasida butun dunyo maktab kutubxonachilari bilan birgalikda maktab kutubxonalari kuni nishonlanadigan bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:54:46

8 dekabr — Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 16 yilligi (1992)
O‘zbekiston xalqlarining asriy manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi asl demokratik Konstitutsiyamizga ega bo‘ldik.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:55:04

10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kunning 16 yilligi (1992)

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:55:30

2 sentyabr — Matematik olim, pedagog, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qori Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich (1897—1970) tavalludiga 111 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:55:50

17 sentyabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, noshir, tarjimon, dramaturg Abdulla Qahhor tavalludining 101 yilligi (1907—1968)

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:56:12

11 oktyabr — Dramaturg, rejissyor, teatr arbobi Mannon Uyg‘ur (Abdumannon Majidov 1897—1955) tavalludiga 111 yil to‘ladi.

Qayd etilgan