Ilm va ziyo > Intellekt

2008 yil - Muhim sanalar

(1/15) > >>

shoir:
1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni — umumxalq bayramining 17 yilligi (1991).
Mamlakatimiz mustaqilligi qo‘lga kiritilgan kun davlatimizning bayram kuni deb e’lon qilinib, ushbu kun har yili tantanali ravishda nishonlanadi.

shoir:
2 sentyabr — Bilimlar kuni (O‘quv yilining boshlanishi)
Shu kuni ertalab Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘ladi. Birinchi sinfga borgan o‘quvchilarga Prezidentimiz sovg‘alari topshiriladi. So‘ngra barcha sinflarda Mustaqillik darslari o‘tkaziladi.

shoir:
1 oktyabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni-umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
 Ushbu bayramni o‘tkazish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda xalqimizning ustoz -murabbiyga bo‘lgan munosabatlarining eng yaxshi namunalari misolida o‘quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylarining hayoti va faoliyati haqida quyidagi maqolalardan foydalanishingiz mumkin:

shoir:
21 oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun (1989)

shoir:
23 oktyabr — Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.
Xalqaro maktab kutubxonalari assotsiatsiyasi taklifi bilan har yili oktyabr oyining to‘rtinchi dushanbasida butun dunyo maktab kutubxonachilari bilan birgalikda maktab kutubxonalari kuni nishonlanadigan bo‘ldi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version