2008 yil - Muhim sanalar  ( 40717 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  05 Fevral 2008, 13:59:52

12 iyul — Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy (1878 —1934) tavalludiga 130 yil to‘ladi.
Abdulla Avloniy Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. A.Avloniy shoir sifatida she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf -odatlar haqida bo‘ladimi, xoh muhabbat yoki maktab, ma’rifat haqida bo‘ladimi, hammasida inson va tarbiya, ahloqiy go‘zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:00:15

Shu yil o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Elbek — Mashriq Yusupov (1898 —1938) tavalludiga 110 yil to‘ladi.
Elbek shoir, tilshunos va folklorshunosdir. Ijodi 1917 yildan boshlangan. Dastlabki she’rlari «El bayrog‘i», «Turon», «Turk so‘zi» «Ulug‘ Turkiston» gazetalarida va «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida bosilgan.
U tarixiy o‘tmishga murojaat etganida ham, zamonaviy mavzularda qalam tebratganida ham ibratli voqealarni tasvirlashga, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi va axloq-odobini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni ko‘tarishga intilgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:00:31

25 oktyabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov (1928) tavalludiga 80 yil to‘ladi.
P. Qodirovning bir qancha asarlari kitobxonda o‘zgacha taassurot qoldirgan. «Uch ildiz», «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar (Bobur)» romanlari bilan o‘zbek nasrini boyitdi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:00:52

26 oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO ga (1993) a’zo bo‘lgan kunga 15 yil to‘ladi.

YUNESKO Ustavi ga ko‘ra,«... irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga» ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:01:07

10 dekabr — Inson huquqlari kuni (1948) BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Deklaratsiyaning 60 yilligi.
U muqaddima va 30 moddadan iborat bo‘lib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga ko‘maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari e’lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:01:35

4 sentyabr — Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1050) tavalludining 1035 yilligi.
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, tarix kabilarni chuqur o‘rganib, katta ilmiy meros qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng ham astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini chuqur biladigan olim bo‘lmagan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:01:57

2008 yilda Sharqning buyuk ma’rifatparvar olimi Abu Nasr Farobiy (873—950) tavalludiga 1135 yil to‘ladi.
Farobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin: 1) Yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; 2) Fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog‘liq.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:02:16

7 noyabr—Taniqli tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandiy (1413—1482) tavalludiga 595 yil to‘ladi.
Temuriylar saroyida uzoq vaqt xizmat qilganligi, uning temuriylar davlatida xorijiy diplomatik munosabatlarni olib borishda muhim rol o‘ynaganligi bizga ma’lum. Uning «Matla’i sa’dayn» nomli asarining qimmati juda bebahodir. U o‘ta mashhur hisoblanib, bir qancha tarixnavislar tomonidan yuksak e’tirof etilgan. Uning ayrim qismlari bir necha marta frantsuz, ingliz, rus, fors va boshqa tillarda chop etilgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:02:32

O‘zbek shoiri, tarixchi olim, ma’rifatparvar Munis Xorazmiy (1778—1829) tavalludiga 230 yil to‘ladi.
Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan.
Shoir va tarixchi olim Munis Xorazmiyning she’riy asarlarida ham, tarixiy kitoblarida ham ma’rifatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:02:58

Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi (to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) tavalludiga 810 yil to‘ladi.
Jaloliddin yoshligida ko‘proq tog‘asi Jahon Polvon tarbiyasida bo‘lib, uning diniy va dunyoviy ilmlar olishiga, adabiyot va san’atni, musiqa sirlarini o‘rganishiga alohida ahamiyat berildi.

Qayd etilgan