Hurmatli "ZAKOVAT" muxlislari diqqatiga!!!
Agar siz ham "Zakovat" intellektual klubiga a'zo bo'lmoqchimisiz?! Siz ham bilimdonlar hayotiga qo'shilishni xoxlaysizmi? Dunyoning sirli savollariga yechim topmoqchimisiz? Unda bunday imkoniyat sizda bor!!!
Jamoa bo'lib "ZAKOVAT" o'yinlarida o'ynamoqchi bo'lganlar uchun har hafta shanba kuni soat 17:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) eshigimiz ochiq.
U yerda siz "Zakovat" klubining barcha jamoalari orasida o'ynaysiz, siz ham o'zingizni bilimlar dunyosida his qilasiz. Bir oylik badal to'lovi bir jamoa uchun 15.000 so'm.
Xozirda har hafta ichki chempionatlar ketmoqda. G'olib jamoa 10.000 so'm bilan taqdirlanadi. Marhamat, bilimni qadrlaydiganlarni kutamiz.
Yakka tartibda tuganmas ilm xazinasiga ega bo'lishni xoxlaganlarni esa Bilimdonlik kurslariga taklif etamiz. Har hafta seshanba kuni soat 15:00 da Milliy Universitet Madaniyat saroyida kutib qolamiz.