E'lon!!!
Hurmatli "Zakovat" intellektual o'yini muxlislari!!!
23-24 fevral kunlari "Kamolot" YIH bilan hamkorlikda "Zakovat"ning 3-Respublika Festivali bo'lib o'tadi. Bunda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jamoalar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib borishadi.
Festivalning 1 va 2-o'rin sohiblari Televizion o'yinda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Ma'lumot uchun oldingi festivallar g'olibi Buxoro viloyati jamoasi hisoblanadi.
Siz ham qiziqarli o'yinlar guvohiga aylanmoqchi bo'lsangiz marhamat qilib tomoshaga tashrif buyurishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz festival 23 fevral kuni soat 15:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) boshlanadi. Final qismi esa ertasiga b24 fevral kuni ertalab soat 9:00 dan boshlanadi.
Oldin xabar berib o'tganimizdek,
"Yoshlar yili" munosabati bilan o'tkazilgan
3-Respublika "Zakovat" Festivali ko'ngilli darajada bo'lib o'tdi. Unda Respublikamizning turli viloyatlari va Toshkent shahridan
21 jamoa ishtirok etdi.
Bular quyidagilar:
1. "Ziyoli yoshlar" (Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus Davlat Universiteti)
2. "A-Z" (Andinjon viloyati Andijon shahar)
3. "Tafakkur yog'dusi" (Andijon viloyati Shahrihon tumani 2-ixtisoslashgan litsey)
4. "BuxDU (Buxoro Davlat Universiteti)
5. "Fidokor" (Buxoro shahri)
6. "Evrika" (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri)
7. "Navoiy " (Navoiy Davlat Pedagogika Instituti)
8. "Iqtisodchilar" (Navoiy viloyati)
9. "Muhandis" (Namangan viloyati)
10. "Afrosiyob" (Samarqand viloyati)
11. "Registon" (Samarqand viloyati)
12. "Al Hakim at-Termiziy" (Surxondaryo viloyati)
13. "Angren" (Toshkent viloyati Angren tumani)
14. "Intellekt" (Farg'ona viloyati)
15. "Xorazm" (Urganch Davlat Universiteti)
16. "Xaker" (TATU Urganch filiali, Xorazm viloyati)
17. "Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi)
18. "Yurist" (Toshkent Davlat Yuridik Instituti)
19. "Arxitektor" (Toshkent Arxitektura va qurilish instituti)
20. "Texnika Yulduzlari" (Texnika Universiteti)
21. "O'zDJTU" (O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti)
Festivalga bir necha o'zgartirishlar kiritildi. Xususan bu yilda, oldingi festivallar kabi Saralash bosqichi, Yarim Final, Final o'yinlari o'tkazilmadi. Barcha g'oliblar 5-tur natijasiga ko'ra aniqlandi. Har bir turda 12 tadan savol berildi. Jami
60 ta savol. Hamma jamoalar 60 ta savolda ishtirok etdi.
2-o'zgarish, Festivalda endi faqat 1 va 2-o'rinlarni egallagan jamoalr emas, balki kuchli uchtalikka kirgan jamolar ham televizion o'yinda qatnashish huquqini qo'lga kiritadigan bo'ldi. Demak, festivalda g'olib bo'lgan 3 jamoa TV da chiqish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Bir so'z bilan aytganda Festivalga kiritilgan bunday ijoyib o'zgartirishlar kiritilishi va mukammal tashkillashtirilishi uning ajoyib tarzda o'tishiga zamin bo'ldi.
Sizlarning e'tiboringizga Festival haqida
fotoreportaj tayyorlab taqdim etaman.
P/S: Ba'zi suratlar sifati pastroq chiqqani uchun oldindan uzr.
Siz Festivalda kim g'olib chiqqanini bilmoqchimisiz??? Unda maqolani oxirigacha o'qing va tomosha qiling!!!