So'rovnoma

Siz "Zakovat" Intellektual ko'rsatuvini tomosha qilasizmi?


Ha, ashaddiy muxlisiman
  12 (32.4%)
Ha, qiziqaman
  6 (16.2%)
Ba'zida, vaqtim bo'lganda
  9 (24.3%)
Yo'q, ba'zida ko'zim tushib qoladi
  4 (10.8%)
Men umuman televizor ko'rmayman
  5 (13.5%)
Shunaqa ko'rsatuv bormi?
  1 (2.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 34



"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar  ( 99145 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 B


Y_U_R_I_S_T  02 Sentyabr 2008, 22:50:32

OLIY LIGA-2008

FINAL

Zakovat TERMA JAMOAsida o'ynagan bilimdonlar:

Furqat QURBONOV - jamoa sardori
Bobur YOQUBOV
Jobir AHMEDOV
Rustam JABBOROV
Xushnudbek XUDAYBERDIYEV
Nizomiddinxo'ja NIG'MONOV

Hisob:

3:6


OLIY LIGA-2008 o'yinlari CHEMPIONI:

TELETOMOSHABINLAR jamoasi

Qayd etilgan


Shoxjahon12  03 Sentyabr 2008, 12:06:30

OLIY LIGA-2008

FINAL

Zakovat TERMA JAMOAsida o'ynagan bilimdonlar:

Furqat QURBONOV - jamoa sardori
Bobur YOQUBOV
Jobir AHMEDOV
Rustam JABBOROV
Xushnudbek XUDAYBERDIYEV
Nizomiddinxo'ja NIG'MONOV

Hisob:

3:6


OLIY LIGA-2008 o'yinlari CHEMPIONI:

TELETOMOSHABINLAR jamoasi
Dastlabki yillari juda qiziqardim "Zakovat"ga... Hozir esa unchalikmas.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  03 Sentyabr 2008, 13:51:54

Echki haqidagi foto savol juda oson edi. Topolmadinglar. :)


Lekin videosavolni  (musiqa maktablarida ovozni mashq qilish)jamoaga berishi kerak edi. Boshlovchi nimagadir bergisi kelmadi :) Hammani ruhi tushib ketdi shunda. Aniq bilindi.

Omad tilaymiz yangi mavsumda!


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  20 Oktyabr 2008, 02:21:58

"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBINING YANGI KITOBI SOTUVDA!!!!!!!!!!!!!!

A.ABDULLAYEV. "DAQIQA QADRI"





Qayd etilgan


Zamiraxon  20 Oktyabr 2008, 17:14:53

Assalomu alaykum! Zakovat yangi chiqqan payti Farrux ismli o'yinchi bo'lardi. Keyin qayergadir chet elga ketganini eshitgandim. O'sha o'yinchi haqida ma'lumot ololamanmi?
Yodgor ismli o'yinchi ham ko'rinmay qoldilar.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Oktyabr 2008, 00:40:09

Assalomu alaykum! Zakovat yangi chiqqan payti Farrux ismli o'yinchi bo'lardi. Keyin qayergadir chet elga ketganini eshitgandim. O'sha o'yinchi haqida ma'lumot ololamanmi?
Yodgor ismli o'yinchi ham ko'rinmay qoldilar.

Assalomu alaykum.
Avvalambor mulohazangiz uchun tashakkur.
Farrux Fayziyev Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti Magistraturasini tugatib, xozirda ishlayaptilar. Yana qaysidir gazetada ham ishlaydilar.

Yodgor 1 yillar oldin uylangandilar. Xozir ishlayotgan bo'lsalar kerak. Yana biror ma'lumot olsam albatta xabar beraman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Oktyabr 2008, 08:37:09

Assalomu alaykum! Savollarimga aniq va to'liq javob berganingiz uchun minnatdorman.
Agar malol kelmasa yana ikkita savolim bor edi: Zakovat ko'rsatuvi bo'ladigan studiyaga borib o'yinni bevosita kuzatish uchun hech qanaqa shartlar, tadbirlar yo'qmi? O'yin bo'ladigan joy qayerda?
2-savolim: "zakovatchilarimiz"ning saytlari, forumlari yo'qmi? Ular bilan bilvosita yoki bevosita muloqot qilish mumkinmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Oktyabr 2008, 01:25:04

Assalomu alaykum! Savollarimga aniq va to'liq javob berganingiz uchun minnatdorman.
Agar malol kelmasa yana ikkita savolim bor edi: Zakovat ko'rsatuvi bo'ladigan studiyaga borib o'yinni bevosita kuzatish uchun hech qanaqa shartlar, tadbirlar yo'qmi? O'yin bo'ladigan joy qayerda?
2-savolim: "zakovatchilarimiz"ning saytlari, forumlari yo'qmi? Ular bilan bilvosita yoki bevosita muloqot qilish mumkinmi?

1-savol: Bizda "Zakovat"ning ikkita to'garagi bor. Biri individual, yakka tartibda tayyorlanuvchilar uchun. Har seshanba soat 15:00 da O'zMU Madaniyat saroyida (Beruniy).
Ikkinchisi jamoaviy, 6 kishi bo'lib tayyorlanadiganlar uchun. Har shanba soat 17:00 da "kamolot" Respublika binosida. (O'rda)
Mana shu ikkita to'garak a'zolari suratga olish jarayoniga taklif qilinishlari mumkin.

2-savol: Aynan mana shu masala ustida xozir ish olib borilmoqda. Xozirda Zakovat sayti ishga tushdi. www.zakovat.mtrk.uz  Ammo xozirda texnik ishlar ketmoqda. Tez orada mana shu sayt orqali aloqaga chiqish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Aslini olganda Ziyouz Forumi orqali ham bitta Zakovatchi bilan suhbatlashayapsiz. :-)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2008, 21:27:37

Yosh oilalar o’rtasidagi breyn-ring musobaqasi g’olibi Andijonlik oila

       Muqaddas tushunchalardan biri bo’lmish oila tarixi uzoq ibtidoiy davrga borib taqaladi. Aynan inson hayotini ta’minlash uchun oilalar qurish kerakligi anglab yetilgan. Albatta oilada bo’lajak voris oila ustunlari, ya’ni ota-onadan ta’lim, xulq-atvor va umuman komillikka erishish tarbiyasini oladi. Bekorga oila muqaddas dargoh deb aytilmaydi. Bejizga yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan 1998-yil "œOila yili" deb e’lon qilinmagan edi.
     "œYoshlar yili" munosabati bilan "œZakovat" Intellektual klubi "œKamolot" YIH bilan hamkorlikda "œYosh oilalar — jamiyat negizi" loyihasi asosida Respublikamizning viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog’iston Respulikasidan kelgan yosh oilalar orasida 27 noyabr kuni Breyn-ring musobaqasini tashkil etdi. Undan ko’zlangan asosiy maqsad oilalar o’rtasida bahs tashkil etish emas, balki oila a’zolarining bilim saviyasini oshirish, ularning barkamollikka erishishlariga imkon qadar o’z hissasini qo’shish edi. Zero, sport inson sog’lig’i garovi bo’lsa, aqliy mehnat uning ruhiy kamolidir. Breyn-ring musobaqasi natijalariga ko’ra Andijon viloyatidan kelgan Sobirovlar oilasi 1-o’rinni, Navoiylik Ubaydullayevlar oilasi 2-o’rinni, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan Ahmedovlar oilasi faxrli 3-o’rinni egalladi. Eng asosiysi yosh oilalar o’rtasidagi hamkorlik, ularning fikr almashishi kabi vazifalar ham amalga oshdi. Chunonchi, "œZakovat" Intellektual klubining asosiy maqsadi ham bilimga chanqoq, intiluvchan insonlarni yaqinlashtirish va jamiyat hayotiga shu orqali ko’proq hissa qo’shishni ta’minlashdan iboratdir.
 
Breyn-ring musobaqasida ishtirok etgan yosh oilalar:

1. Qoraqalpog’iston Respublikasidan Matjonovlar oilasi
2. Andijon viloyatidan Sobirovlar oilasi
3. Buxoro viloyatidan Axmedovlar oilasi
4. Navoiy viloyatidan Ubaydullayevlar oilasi
5. Namangan viloyatidan Mirzayevlar oilasi
6. Samarqand viloyatidan Voseyevlar oilasi
7. Sirdaryo viloyatidan Daliyevlar oilasi
8. Surxondaryo viloyatidan Jumayevlar oilasi
9. Toshkent viloyatidan Yesidinovlar oilasi
10. Toshkent shahridan Kultashevlar oilasi
11. Farg’ona viloyatidan Fayzimurodovlar oilasi
12. Qashqadaryo viloyatidan Shirinovlar oilasi


Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2008, 21:38:38

Reyting o’yinlarida 100 ochko bilan Bobur Yoqubov jamoasi mutloq g’olib bo’ldi

        29 noyabr kuni 2009 yil kuz oylarida ekran orqali bo’lib o’tadigan Oliy Liga Saralash bahslarida qatnashish huquqini qo’lga kiritish uchun o’tkazilgan reyting o’yinlarining eng so’ngi 10-turi o’tkazildi. Ushbu tur barchasiga oydinlik kiritdi. Yakuniy natijalarga ko’ra Bobur Yoqubov jamoasi roppa-rosa 100 ochko to’plagan holda birinchi o’rinni egalladi. Ular eng yaqin ta’qibchilari bo’lmish G’anisher Rahmatullayev jamoasidan 5 ochko ilgarilab ketishdi. Shuningdek, ekran orqali bo’lib o’tadigan Saralash o’yinlariga yana uchta jamoa ham yo’llanma oldi. Bular Jobir Ahmedov, Parlament va Bobur Imomov jamoasi.
     Qolgan natijalar bilan tanishing:

Davomini o'qish


Manba: www.zakovat.mtrk.uz

Qayd etilgan