Bahri bayt  ( 867543 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 06:01:03

Necha kunki yuq oromim,
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga:)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:01:12

Ajal bukar belimizni,
So‘ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So‘rganlarga salom o‘lsin.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:01:23

Nurab tushdi iroda-zindon,
Erkka chiqdi bu suz-"Sevaman!"
Men junatdim uni sen tomon,
Simyogochlar karvoni bilan.

Simyogochlar karvoni ketdi,
Tun bag'rini sekin oralab...
U su'z tongda shahringga yetdi,
Eshigingni bordi qoralab.

Shitirladi hovling tu'la kuz,
Shitirladi xazonlar - jonli.
Ostonada kichkina bir su'z-
Sen seskanib yig'lading, jonim.

Ru'parangda u bosh egdi jim,
Horib keldi- uzoq edi yu'l...
Sen yoshingni arta bilmading.
"Salom" deb ham uzatmading qu'l.

Men kutaman... Kuz bu'lar abas,
Qor, izg'irin bilan bu'zlashib-
Senchi nega tentiraysan mast?,
Xotiralar bilan su'zlashib. :)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:01:32

Bu dunyo arzimas fido bo'lishga,
Bandasan, urinma xudo bo'lishga.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:01:41

Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:01:57

Навога айланган хар нигох-
Нурлари силайдир куксимни.
Силайдир... Титрайдир у ногох...
Пардалар коплайдир кузимни.
Узиккан юрагим бетокат.
Айрилик вахмидан рух бежой
Хаёл-бор умиддан бахраманд...
Багримга отилиб кирган ой.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:02:04

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:02:17

Qoshlar, kipriklar qirov,
Yuraman hushsiz, hayron.
Qornim och, esga kelmas
Xaltamdagi g'ishtdek non.

Kuygan uylarda uvlar
Qish quyuni betinim.
Tanho kezaman.Yig'lar
Yuragimda Vatanim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:02:49

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim"¦

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:04

Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Qayd etilgan