Bahri bayt  ( 867384 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:10

Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:19

Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:27

Intizor har uy dilovar,
Dilkusholar bazmiga.
Gar oyoq qo'ysa qabohat,
Yig'lagay ostona ham.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:34

Meni unut deb so`rashingdan jonim
Nelarni anglashim kerak?
Sendan kechmoq uchun avval yorim men
Jonimdan kechmog`im kerak.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:41

Ko`zimga qatra yosh ilingan chog`lar,
Ko`ksim tikanlarga tilingan chog`lar,
Ayriliq azobi bilingan chog`lar,
Suyanchim sen bo`lding, aziz san'atim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:03:51

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:04:09

Izlab, izlaringiz ahtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon.
Sizsiz qandoq qilay onajon.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:04:20

Nechun falak menga bag’ri tosh keldi?,
Ishonganim g’animga yo’ldosh keldi.
Omad ketsa hamma kuldi ustimdan,
Faqat sizni ko’zingizga yosh keldi.
Oshno topdim va lekin do’st topmadim,
Oq ko’ngilli bir qora ko’z topmadim.
Shamollarga sovurdim gul so’zlarni,
Lekin sizga bir shirin so’z topmadim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:04:34

Mehringizga bir to`yay desam,
Erkalanib bir suyay desam,
Ko`ksingizga bosh qo`yay desam,
Sizni qaydan topay, onajon.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:04:44

«Ne uchun oy ma’yus sochar nur?»
Chechaklarni tutdim so`roqqa:
Ular dedi: guldan so`rab ko`r
Sahar payti kirganda boqqa.

Qayd etilgan