Bahri bayt  ( 870607 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 06:16:42

Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo`ltiqtayog`i bor, bir oyog`i yo`q,
Rustam aytib berdi: ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o`q.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:16:48

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:17:00

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o'ldi chu sayyod eshigingda.
(Mashrab)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:17:09

Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:17:44

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
(Alisher Navoiy)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:17:51

Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:18:40

Necha ming musulmon tunu kun uyg'oq,
Ka'ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o'pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

Shunchalik mukammal Alloh dargohi,
Mag'firat qil, deya dilni tig'ladim.
Har yonda taralar mo'minlar ohi,
To tongga qadarli yum-yum yig'ladim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:18:50

Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar,
G'iybat doston qilma, bo'lma xiylagar.
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman, deb,
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.
(Umar Xayyom)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:18:58

Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.

Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:19:05

Afsun bilan tarqat o'ylarim,
Toki chiqsin ko'nglimdan g'armon.
Toki o'sha shimol dilbarin
O'ylamayin, qilmayin armon.
   

Qayd etilgan