Bahri bayt  ( 867282 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 201 202 203 204 205 206 207 208 209 210 211 ... 255 B


Abdulhafiz  14 Oktyabr 2009, 07:05:12

Najot topgan qavm bo'ldilar shokir,
Bunda yo'q na nifoq, yo'q erur makr.
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr
Ko'rgim kelayotir sizni tushimda!
Mahmud Asror

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Oktyabr 2009, 07:10:19

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o'yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
O`g`limning to'yiga.

O, o'g'lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko'ra bag'rim o'ysang
Bo'lardi-ku, onajon.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 07:27:07

Namoz, ro’zam kam bugun,
Bosh egik, ko’z nam bugun,
Rahmating malham bugun,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.

Ra’no Rahmonberdi qizi

Qayd etilgan


siddiqa  14 Oktyabr 2009, 07:32:03

Hamon kezmoqdaman, do'stlar, kezib oxir bunda yetdim,
Do'stu dushman ichradirman, bilmam, sirim kimga aytdim.
Mardlar bilan o'ltirganda do'stlik sharobini ichdim,
Nomard bilan o'ltirganda mardlar g'iybatin eshitdim.
Jahonga keldim-u, ammo bilolmayman qachon ketgum,
Yig'ilgan do'stlar ichinda yana do'st-yorlar ko'rdim.

Jahonni kezdim, ey do'stlar, ajab hangomalar ko'rdim




Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 07:35:54

Mehmoni ko’p dunyo ekan, mezboni yo’q,
Nasibangdan ortiq senga osh-noni yo’q,
Nafsni bandi qilay desang, zindoni yo’q,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon

Nurmuhammad Shoyoqub

Qayd etilgan


siddiqa  14 Oktyabr 2009, 07:46:05

Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...

Usmon azim

Qayd etilgan


MSJON  14 Oktyabr 2009, 15:33:44

Zaif ololmasa kuchlidan haqin,
Tangri ulug’lamas bunday el, xalqni.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 16:53:40

Ilhomtalab shoirlaru oqinlar,
Takbirdagi toklarga bir boqinglar,
Xushu’ mayidan bir qultum totinglar,
So’ng dilning qalamdam oqishin ko’ring

Ra’no Rahmonberdi qizi


Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 17:30:12

Hayodanmas bo’yoqdan qizil yonoqlar.
E, voh, kunduzi-yu tunda gunohlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Bosgan qadamlardan unsa haromlar,
Avval tanib, so’ngra bo’lsa salomlar,
Bo’g’izda o’qilsa nurli kalomlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Ishlar deb qilinsa bandasi rozi,
Vijdonni ham yutsa insonning og’zi,
Nafs toshlaridan og’zi tarozi,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Qalblarda qiynasa qora jaholat,
Har taraf mo’minga qilsa malomat,
Bu nening xabari, nedan alomat-
Qiyomat yaqindir, yaqin-qiyomat!

Hasan Abdiev, Parkent.

Qayd etilgan


registan  14 Oktyabr 2009, 17:42:02

Zahmatli ish ekan ruboiy yozish,
Go'yoki igna ila bir chuqur qazish. :)

Qayd etilgan