Bahri bayt  ( 867668 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 202 203 204 205 206 207 208 209 210 211 212 ... 255 B


Hadija  14 Oktyabr 2009, 18:10:14

Haqni ihtiyor qil qodirsan agar,
Ota-onangni haj qildir muqarrar,
Topgan moling halol bo’lsin, avvalo,
Harom bo’lsa, yo’llaringda bor ajdar!
Yo’ldosh Eshbek

Qayd etilgan


registan  14 Oktyabr 2009, 18:22:30

Chiroyli yozibsiz sherni Yo'ldoshbek,
Hadijaga biroz e'tirozim bor,
"H" harfi ila boshlabdilar lek,
"Sh" harfida tugagan oxirgi xabar.

Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 18:24:31

Chiroyli yozibsiz sherni Yo'ldoshbek,
Hadijaga biroz e'tirozim bor,
"H" harfi ila boshlabdilar lek,
"Sh" harfida tugagan oxirgi xabar.

SubhanAllah, qoyil mahoratingizga... :) Buyog'i lotincha qarashlar bo'libdi, ayb bizda!...  ::)

Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 18:27:28

Shukrlar bo’lsinki, uchrab ustozlar,
Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.

To’lqin Lutfullayev, Mehnat faxriysi

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 19:11:59

Аеча минг мусулмон туну кун уйғоқ,
Каъба атрофини тинмай айланар,
Муроди табаррук масканни спмоқ
Саждага ҳар бири ҳар зум шайланар.

Олам уммон бслса, гирдоби шу жой,
Олам осмон бслса, меҳвари бунда
Миллиард мартабали жаҳон ҳойнаҳой
Кемадек қалқади битта тслқинда.

Ер бсйлаб тариқдай сочилган инсон,
Бир қушнинг олдига келиб тизилмиш.
Абасдир бу жойда миллат, ирқ, лисон
Замин йсриқлари бунда бузилмиш.

Бу жойнинг бор срур на Қорабоғи,
Аа Ўзган, на Ўшу Фарғонаси бор
Аллоҳнинг сзидир ёлғиз чароғи,
Чароғнинг ҳисобсиз парвонаси бор.

Ҳатто нафрат мушти бунда тугилгай,
Ахир сгонадир бу ерда мақсад.
Сиғинсанг гуноҳинг дув-дув тскилгай,
Иймонсиз бандага йсқ лекин шафқат.

Шунчалик мукаммал Аллоҳ даргоҳи,
Мағфират қил, дес дилни тиғладим.
Ҳар ёнда таралар мсминлар оҳи,
То тонгга қадарли юм-юм йиғладим.

A. Oripov. "Alloh dargohi" she'ri

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Oktyabr 2009, 06:38:10

Majnun uchun go'yo Layli,
Qalb huzurda namoz zayli!
Kafandin et judo mayli,
Ayirma joynamozimdan!

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 07:08:33

Nadomatda ko’z yoshimni jola qilsam,
Ham Rahmonu Rahimsan deb nola qilsam,
Afg’on chekib yuragimni lola qilsam,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.

Nosir Zohid

Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 16:36:21

Oshiqlik tumorin bo’ynima ildim,
Dilni so’z atalmish yarog’da tildim,
Ishq slogan imorat sari yo’l oldim,
Meni bedardlarga berma, Xudoyim!

Ko’ngulning chokini sitdim, sitildim,
Tavba surasiga yor-a, yukindim,
Dunyo libosini yechdim, qutildim,
Meni rahmsizlarga berma, Xudoyim!
Oygul Ubaydulla qizi

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 16:47:13

Mard qashqir o’ljasin oshkora yeydi,
Shum banda bir-birin pinhona "œyeydi",
Yuragim o’t tekkan o’tindek kuydi,
Ishq icham. Toza ishq. Ichmasam, o’lam


Gulbahor Abdulloh qizi


Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 17:00:01

Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab,
Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Hayrulloh

Qayd etilgan