Bahri bayt  ( 869354 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 203 204 205 206 207 208 209 210 211 212 213 ... 255 B


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 17:11:42

Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga...

H.Hamidov


Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 17:23:56

Arshning qubbalariga nomi nur-la yozilgan,
Ismi samoda Ahmad, yerda Muhammad bo’lgan,
Yetti qavat osmonda Haq jamolini ko’rgan
Avval-oxir yo’lboshchi, yo hazrati Muhammad!

Sizga nur yomg’irlari yog’arkan yeti qatdan
U tunda siz, din kelgan azal qadar uzoqdan.
Malaklar har zarraga mujda berarkan haqdan
U tunda siz tug’ilgan, yo hazrati Muhammad!
Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:59:10

Razolat hukm etgan makonlar ko’pdir,
Biri boshqasidan o’tadir, xo’pdir,
Bunda-chi, barchasi, barchasi to’pdir,
Men bozorni juda yomon ko’raman.

JaruleUzb-Mas'ud akamizni she'rlaridan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Oktyabr 2009, 05:52:10

Na sharaf, na shon istadim,
Na sadaf, na kon istadim,
Bari o’tkinchi, shu bois
Gavhari imon istadim.

Hoji Sadriddin Salim Buxoriy

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 11:25:55

Марҳабо, сй пайки султон марҳабо,
Ҳудҳуди мулки Сулаймон, мархабо.

Талъатинг фаррух, муборак мақдаминг
Қилди кулбамни гулистон, марҳабо.

Хсб келдинг, схши келтирдинг хабар,
Айладинг дардимга дармон, марҳабо.

Бслди мавзун қоматингдин мунфаил
Сарв нози боғи ризвон, марҳабо.

Қилғасен ул моҳ меҳрин ошкор,
Субҳ снглиғ пок домон, марҳабо.

Мужда келтирдинг висоли ёрдин,
Топти таскин дарди ҳижрон, марҳабо.

Кел бери, то хоки пойингни қилай,
Тстиёи чашми гирён, марҳабо.

А авшан айларман чироғи оҳин,
Ксзларимдур гавҳар афшон, марҳабо.

Бу кеча ҳижрон шабистонидадур
Анжуми ашким чароғон, марҳабо.

Қсй кафи покингни дийдам устина
Бир дам, сй сарви хиромон, марҳабо.

Аодира, ҳар ссзки иншо айладим,
Айди анга аҳли даврон, марҳабо.

Nodirabegim g'azali

Qayd etilgan


Abdulhafiz  18 Oktyabr 2009, 16:09:35

Ota ulug' duosi bilan,
Er basavlat vafosi bilan.
Azallardan qutlug' elimda
Ayol go'zal hayosi bilan!
Mahmud Asror

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Oktyabr 2009, 16:22:48

Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo’ldan ozg’onman, na insonman, na hayvonman.
Abas umrimni o’tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo’lni hayronman.
Amolimdan uyotqonman, gunah loyig’a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?

Rojiy Marg'inoniy

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Oktyabr 2009, 16:47:58

Adashtirma yo'lingdan,
Hech qaytmayin So'zingdan.
To'g'ri yo'lda sobitlik...
Bergin Rabbim, O'zingdan!

kamina
  :)

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 18:54:42

Navro‘z, qadaming gulga to‘lib, shod kezavergil,
Ozod Vatanim bag‘rida ozod kezavergil.
 
Har bir kelishing mehru safo, fayzu barokat,
Yurtimni etib doimo obod kezavergil.
 
Sen lolayu gul, zavqu sharaf, erku muhabbat,
Qalblardan olib qudratu imdod kezavergil.
 
Bir dunyo go‘zallikni namoyon etib elga,
Navro‘zim, o‘zing Moniyu Behzod kezavergil.
 
Majnunki agar senda go‘zal Layloni ko‘rdi,
Tog‘larda kutar Shirinu Farhod, kezavergil.
 
Dillarni mehr nuri ila ayla munavvar,
Har lahza etib yaxshilik ijod, kezavergil.
 
Yurtim — go‘zalim bag‘rin ochur oshig‘u shaydo,
Har yil yaratib yangicha bunyod, kezavergil.

Jumaniyoz Jabborov. "Navro'z qadami"

Qayd etilgan


Mas'ud  18 Oktyabr 2009, 21:29:22

Lahza-lahza suratin go'rsaydim ul shirin labing,
Man kabi, ey Besitun, ban ham qaror etmazmdim.

Yor-la ag'yori hamdamgo'rmaga o'lsaydi sabr,
Tarki g'urbat aylayub, azmi diyor etmazmidim.

Voizin kufrin banim rasvoligimdan qil qiyos,
Onda sidq o'lsaydi, ban taqvo shior etmazmidim.

Ul guli xandoni go'rmak mumkin o'lsaydi bango,
Santak, ey bulbul, gulistona guzor etmazmidim.

Dardimi olamda pinhon dudtig'im nochordir,
Ug'rasaydim bir tabiba oshkor etmazmidim.

Ey Fuzuliy, dog'i xijroni-la yonmish go'nglimi,
Lolazor ochsaydi, sayri lolazor etmazmidim.


Fuzuliy

Qayd etilgan